Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
130 — U odamlar boshqa, men boshqa. Aqling yetmasa valdirayverma. — Adasi... — Yana nima deysan? — Qudalaringiz «Qog‘oz yuborganmiz, kelsalar yaxshi edi», deb turishibdi. Bir o‘zingiz gaplashasizmi? — Yo‘q. O‘zing tushuntirib qo‘y. Bizning odatimizda kuyovning otasi kelinnikidagi to‘yga kelmaydi, de. Avval bu yerda to‘y qilaylik. Kelinlarni kutib olaylik. Keyin chaqirdi qilishsa, borarmiz. — Adasi, unaqa emas-ku? — Nimasi unaqa emas? — Kuyovning otasi boradi-ku?.. — Borsa borsin. Bo‘ldi, boshimni qotiraverma. O‘zing bir narsa deb qo‘y. Bir o‘rtanish, bir sog‘inish bilan boshlangan suhbat shu tarzda yakuniga yetdi. Go‘shak joyiga qo‘yilgach, Asadbek xo‘rsindi. «Baqirganim durust bo‘lmadi, ko‘ngli og‘ridi», deb afsuslandi. Asadbek yanglishdi. Bundan battar gaplarni eshitib ko‘nikib ketgan Manzuraning ko‘ngli erining baqirig‘idan emas, uning nochorligidan og‘ridi. Onaning ma’yusligini ko‘rgan o‘g‘illari baravariga: — Nima bo‘ldi? — deb xavotirlanishdi. — Adanglarning kelishlari qiyin emish, — dedi Manzura g‘alati ohangda. — Maskovda ming chig‘iriqdan o‘tkazishadi-da, — deb yupatgan bo‘ldi Abdusamad. — Adamning adalari «Xalq dushmani» deb qamalgan ekan-ku, — dedi Abduhamid. O‘g‘illarining gaplari Manzuraga yupanch bo‘la olmadi. Uning bezovta qalbi haqiqatni sezib turardi. Asadbek ko‘chaga chiqishni xohlamadi, ko‘ngli uyda yolg‘izlikni istadi. Boloxonadagi yigitlardan biri nonushta hozirladi. Xuddi dasturxon tuzalishini kutib turganday Kesakpolvon bilan Chuvrindi oldinma-keyin kirib kelishdi. Asadbek o‘rnidan qo‘zg‘almay, o‘tirgan yerida qo‘l berib ko‘rishdi. Kesakpolvon ko‘rishish uchun engashganida Asadbekning dimog‘iga qo‘lansa hid urilib, burnini jiyirdi-da: — Kechasi najasga botib yotganmisan, nima balo?— deb to‘ng‘illadi. — Bir bo‘lib qoldi, jahling chiqmasin, — dedi Kesakpolvon uzr ohangida. Asadbek uning avra-astarini ag‘darib so‘kmoqchi bo‘ldi-yu, o‘zini tutib, Chuvrindiga yuzlandi: — Mahmud, derazani sal qiyalab ochib qo‘y. «Keyingi kunlarda molday ichyapti, bunga bir balo bo‘lgan», deb o‘ylab, Kesakpolvonga qattiq tikildi. Kesakpolvon bu o‘tli qarashga dosh berolmay, bir qimirlab oldi. — Ha, muncha tikilib qolding? Nima, tushingga kirdimmi? — deb hazillashmoqchi bo‘ldi. — Seni tushida ko‘rgan odamning lablariga uchuqlar toshadi, — deb to‘ng‘illadi Asad. So‘ng ovozini ko‘tardi: — Qaerda bo‘kyapsan? — Bilasan-ku, gohida ko‘ngil qurg‘ur shunaqa tusab qoladi. Ko‘ngil tusagan paytda jig‘ildonning tormozi ishlamay qoladi. — E, jig‘ildoningga uray seni... — Bo‘ldi, bugungisi oxirgisi... Menga osilmasdan, yangi gaplarni eshit. Bosh qotirmasak bo‘lmaydi, — Kesakpolvon shunday deb Chuvrindiga qaradi. Chuvrindi bu ishorani kutayotgan edi, shu bois darrov muddaoga ko‘chib qo‘ya qoldi: — Bek aka, kecha Sharifni qamashibdi. — Qamashibdi? Kim qamabdi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling