Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
132
odamni qo‘y. Yursa — birga yursin, yotsa — birga yotsin. Har bir nafas olishi kuzatuvda 
bo‘lsin. 
— Shu ehtiyotkorliging menga yoqmayapti, — dedi Kesakpolvon. — Axir odam ichketar 
bo‘lib o‘lib qolishi ham mumkin-ku? Birov axlatini titib, sening izingni toparmidi? 
— Kerak bo‘lsa juda topadi-da! Lekin mening izimni emas, sening achib-bijib ketgan 
ahmoq miyangni topadi. Keyin «Shu ahmoq miyani yeb zaharlanibdi», deb qo‘ya qoladi, 
— dedi Asadbek jahl bilan. 
Ularning maslahati pishmay turib, eshik qiya ochildi-da, boloxonadagi yigitlardan birining 
boshi ko‘rindi: 
— Xo‘jayin, bir odam so‘rayapti, — dedi u aybdor bola kabi dovdirab. 
— Kim ekan? — dedi Kesakpolvon zarda bilan. — Avval kimligini bilib, keyin 
kelmaysanmi, s-so‘tak! 
Kimligini bildim, aka: Maskovdan kelibdi. Xongir degan odamdan salom olib 
kelganmish. Xongirning kimligini xo‘jayin bilarkanlar... 
Xongireyning nomini eshitib, Asadbek bilan Chuvrindi bir-biriga sirli ravishda qarab 
oldilar. Moskvadagi uchrashuvdan bexabar Kesakpolvon esa ensasi qotib so‘radi: 
— Kimdan deding? 
— Xongirmi... Gapiga yaxshi tushunmadim. Tilidan o‘risga o‘xshamaydi. Gurzinmi 
deyman... 
— Bir o‘zimi yo sherigi bormi? — deb so‘radi Chuvrindi. 
— Bitta o‘zi keldi. 
— Chaqir, kirsin, — dedi Asadbek. 
Chaqirilmagan mehmonni Asadbek ham, Chuvrindi ham darrov tanidilar. Moskvadagi 
uchrashuvda Xongirey yonida turgan, artistlarday o‘ziga bino qo‘yib kiyingan, qaldirg‘och 
mo‘ylovli bu yigitni ehtirom bilan kutib olib, to‘rga o‘tqizdilar. 
— Qalay, Xongirey sog‘-salomat yuribdimi? — deb so‘radi Asadbek. 
— Ollohga shukr, — dedi mehmon. — Xongirey senga-da salomlar yubardi. O‘zing 
nechuksan? Sog‘misan, qardosh? 
Uning yosh bo‘la turib sensirashi uchovining g‘ashlarini keltirgan bo‘lsa-da, sir boy 
berishmadi. Nozikroq odamlar bilan Asadbekning o‘zi gaplashardi. A’yonlar u yoki bu 
masalaga ko‘z qarashlari bilan munosabatlarini bildirib turishardi. Bu safar ham an’ana 
buzilmadi. 
— Qo‘ng‘iroq qilganingda kutib olardik, Xongireyning odami biz uchun aziz mehmon, — 
dedi Asadbek uning savollariga javob bermay. 
— Kelib-ketib yurgan yerim. Bu joylar o‘z uyimday bo‘lib qolgan. Seni bezovta 
qilmoqning hojati yo‘qtur. 
— Qanday yumush bilan kelding? Balki yordamimiz tegar? 
— Yordammi? E, yo‘q, qardosh menga yordam kerakmas. Kerak bo‘lsa, bizlar senlarga 
yordam berishimiz mumkin. Men bu yerga Xongireyning ukasini ko‘rgani kelgan edim. 
Sen uni taniysan — Hosil. Uyida yo‘q, ofisida yo‘q. Safarga ketgan emish. Sen 
bilmaysanmi? Qaerga ketgan? — U shunday deb Asadbekka sinovchan tikildi. Asadbek 
undan nigohini olib qochmadi, tik qaraganicha kiprik qoqmay javob berdi: 
— Uning o‘z kallasi, o‘z oyoq-qo‘li bor, istagan tomoniga bora beradi. Mendan so‘rab 
o‘tirmaydi. 
— Sen uni yaqin orada ko‘rmadingmi? 
— Yaqin orada ko‘rmadim. 
— Eslab ko‘r-chi, qachon ko‘rgan eding? 
— Sen Xongireyning odamimisan yo prokurormisan? — dedi Asadbek kinoya bilan. U shu 
tarzda mehmon izzatini bilmayotganini ma’lum qilib qo‘ymoqchi edi. Mehmon bu 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling