Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
213 quvonib, qadahni urishtirib ichdi. XXI b o b I Rivoyat qilishlaricha, Muso alayhissalom Bani Isroil qavmi bilan Fir’avn zulmidan qutulmoq niyatida Misrdan chiqib ketayotganlarida yo‘llarini to‘sib turgan dengiz Ollohning qudrati ila ikkiga bo‘linib, barchalari undan eson-omon o‘tib olgan ekanlar. Quvib kelayotgan Fir’avn va uning lashkarlari o‘rtaga kelganlarida dengiz iziga qaytib, qo‘shilib ularni qa’riga yutgan ekan. O‘limi haq ekanini bilgan Fir’avn iymon keltirib «Men musulmonlardandirman — Ollohga bo‘yinsunuvchilardandurman», degan ekan. Asadbek ham Abdurahmon tabibnikida shu holda edi. Garchi u Fir’avn kabi o‘zini Xudo deb bilmagan bo‘lsa-da, Ollohning birligiga hamisha ishonib kelgan esa-da, iymon chegarasiga ancha kech yaqinlashgan edi. Fir’avn uchun aytilgan «Al ana va qod osoyta qablu va kunta minal mufsidiyn»* oyati karimasini balki Asadbek uchun ham eslamoq joizdir, vallohi a’lam? Bu kabi hukm etmakka bizda (huquq) yo‘qtur. Ammo Rasuli Akram janobimiz Ollohdan rivoyat etgan so‘zda buyurilganki: «Ya bani Adama! Iza vaqaat fil balai zakartani va iza kashaftuhu nasiytani kaannaka maa araftani».* Asadbek kabilar uchundir, deb fikr qilishimizning boisi shundaki, azon tovshini eshitganda, xususan Abdurahmon tabibnikida ibodatni ixtiyor etgan odam, xastaligi chekina borgani sayin yana asl holiga qayta boshladi. Bu g‘ofil banda shifoga yetishmog‘i bir sinov ekanini, bulutlar orasida ko‘ringan quyosh dillarni bir yayratib, so‘ng yana berkinishini, so‘ng ko‘p o‘tmay tun boshlanayajagini qaydan bilsin? Abdurahmon tabibnikida «Uyga borgach, har kuni masjidga chiqaman», degan qarorga kelgan Asadbek ahdiga vafo qilmadi, o‘z tashvishlariga berilib ketdi. Ayniqsa, Xongireyning sovg‘asi uni ko‘p o‘ylamoqqa, tadbir bilan ish yuritmoqqa majbur etdi. Jamshidning ozgina muddat bo‘lsa-da, Xongirey qo‘lida ta’lim olib qaytgani ham unga bir tashvish edi. Shu bois uning izidan odam qo‘ydi, qizini ham kuzatdi. Zaynab ko‘proq ota uyida bo‘lgani sababli uni ortiqcha kuzatishning hojati ham yo‘q edi. Lekin bu kuzatuv boshqa natija berdi: Kesakpolvonning Zaynab atrofida o‘ralashib yurishini Asadbekning o‘zi ham sezdi, yigitlar ham aytishdi. Hamisha buzuqlik botqog‘iga botib yuruvchi Kesakpolvonning Zaynab atrofida ivirsishidan Asadbek boshqa gumonga bordi. Shahar markazidagi uch qavatli imoratning yerto‘lasiga joylashgan idorasida Kesakpolvon bilan yolg‘iz qolganida shu mavzuda gap ochdi: — Zaynabning atrofida nima uchun o‘ralashib qolding? — dedi Asadbek unga qattiq tikilib. Kesakpolvon bir kunmas-bir kun shunday savol berilishini kutgani uchun dovdiramadi. — Men uning amakisiman. O‘z qizimdan a’lo ko‘raman. Bechora ezilib ketdi-ku? — Sening ishing bo‘lmasin. Ezilib ketgan bo‘lsa, qaraydigan otasi bor. — Mahmudga ham shunday deysanmi? — Mahmud men aytgan ishni qiladi. — Mahmud uni ignaga olib bordi. — Bekor aytibsan! — Sen yashirganing bilan devorlarning quloqlari bor. Bizga ham yetib keladi. O‘zing gap ochding, aytay: o‘g‘illaringni olim bo‘lishini istarding — bu o‘zingning ishing. Menda o‘g‘il yo‘q. Qizim yasan-tusandan boshqasini bilmaydi. Lekin Zaynab boshqacha. U sening yo‘lingdan bormoqchi. U senga o‘xshaydi. Aqlli, qo‘rqmas, qasoskor... |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling