Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
221
amakimnikidan telpon qilishdi, tez yetib borar ekansiz», dedi. Chuvrindi darrov 
mashinani orqaga burdi. Katta ko‘chaga chiqib, tezlikni oshirgan mahalda ro‘parasida 
yuk mashinasi ko‘rinib, chiroqlarini yoqdi... 
«Kamaz»dan tushgan Xumkalla old tomoni pachoqlanib butunlay yo‘q bo‘lib ketgan 
«Jiguli»ga picha qarab turdi-da, o‘zini sal narida kutayotgan mashina tomon yurdi.
3 
Dafn marosimiga kelganlarning barchasi tarqaldi. Qor aralash yomg‘ir sevalab turgani 
uchun domla ham «Taborak» surasini yarim qilib o‘qib qo‘ya qoldi. 
Odamlar tarqalishgach, Asadbek qabr boshiga keldi. Ikkita bir xildagi marmar tosh. 
Birida onasi, ikkinchisida Samandar — ukasi. Ularning yoniga ukadek aziz bo‘lib qolgan 
Chuvrindi qo‘yildi. 
Asadbek osmonning ko‘z yoshlari ostida picha turdi. Paltosi ivib ketdi. Yuzlarini, ko‘z 
yoshlarini qor aralash yomg‘ir yuvdi. 
«Bu yer mening joyim edi, Mahmud ukam. Sen kelding. Yoningda yana bir joy bor... 
«Mastlikda bo‘lgan», deyishyapti. Men bunga ishonmayman. Senga qasd qilganni xor 
qilmasam, otimni boshqa qo‘yaman. Qasos olmagunimcha yoningga kelmayman...» 
Kimdir qo‘lidan ushlab, tortdi. 
O‘girilib qaradi: Kesakpolvon. 
— Sen mening yuragimga tupurding, — dedi Asadbek. 
— Unday dema, Asad, agar shu mening ishim bo‘lsa — Xudo ursin! 
— Yo‘qol... 
— Asad... 
— Yo‘qol, dedim! 
Kesakpolvon uch-to‘rt qadam chekindi-yu, ammo yo‘qolmadi. 
ENG SO‘NGGI BOB 
Zohid, 1990 yil, 3 fevral. 
Prokuror imzo chekkanidan so‘ng ham Zohid ishonmadi: nahot adolatga yetishgan 
bo‘lsa?! Nahot Botirov «Ish»i shu tariqa yaxshilik bilan yakunlansa. «Ishkal»ning gapi 
nima bo‘ldi? «Topshiriq bilan qamaganmiz, eplay olmaysan» deb edi. Topshiriq bilan 
qamagani to‘g‘ri. Oqlanishi-chi? Said Qodirov aytmoqchi, o‘zgarishlarning mevasimi? 
Zamon shunchalik tez o‘zgardimi? 
Botirov o‘zining kiyimlarini kiyib, ko‘chaga chiqqach, «Alhamdulilloh, Olloh, o‘zing 
buyuksan, qudratlisan!» deb qo‘ydi. Zohid uni uyiga qadar kuzatib bordi. So‘ng 
quvonchini baham ko‘rish uchun Hamdam Tolipovni yo‘qladi. U topshiriq bilan chiqib 
ketgan, qachon qaytishi noma’lum edi. Shundan so‘ng ilk ustoz sanalgan mayor Solievni 
ko‘rgisi keldi. 
Mayor Soliev uning suyunchilik xabarini eshitib, qo‘lini siqdi-da: 
— Adolatga osonlik bilan yetib bo‘lmaydi, — dedi. 
Botirovning ozod etilishi Zohid uchun dastlabki muhim g‘alaba edi. 
Asosiy kurashlar hali oldinda. 
Bu — endi ertaning ishi... 
Asadbek, 1990 yil, 3 fevral. 
Asadbek qabristondan to‘g‘ri eski shahardagi uyiga bordi. 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling