Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- XXII b o b 1
www.ziyouz.com kutubxonasi
219 — Zo‘r uloqchi otlardan ikkitasini topish kerak. Narxi osmon baravar bo‘lsa ham sotib olamiz. — Nima balo, uloq chopmoqchimisan? — Meni davolagan tabib uloqqa ishqiboz ekan. Shunga sovg‘a qilamiz. — Yaxshi o‘ylabsan. Gap yo‘q, topamiz. — O‘sha tabibning otlarini kimdir otib ketibdi... Qaymoqqa bo‘kkan nonni huzurlanib chaynayotgan Kesakpolvon bir ho‘plam choy bilan luqmasini yutdi-da: — Jalil aytdimi? — dedi bepisandlik bilan. — Ha, aytdi. — Bekor aytibdi. Meni bilasan-ku, g‘ashimga tegsa o‘zini otaman. Otlari bilan nima ishim bor? — Jalilning gapi yolg‘onmi yo senikimi? — Uyingda Qur’on bo‘lsa ber, Qur’on ursin, agar yolg‘on gapirsam. Asadbek uning qasamiga ishonganday bo‘ldi. Ko‘nglidan «Hali bu gapga qaytamiz», degan fikrni o‘tkazib: — Qaymog‘ingni ye. Bir haftada zo‘r otlardan topasan, bu sening qo‘lingdan keladi, — dedi. Kesakpolvon uch kunda otlarni topdi. Abdurahmon tabibga yetkazdi. Ammo u otlarni olmadi, iziga qaytardi. Bundan g‘ashi kelgan Kesakpolvon ularni so‘ydirib, qazi qildirdi. XXII b o b 1 Jamshid «Xongireydan hech qanday topshiriq olmadim», deb yolg‘on gapirgan edi. G‘ilay o‘limi oldidan Hosilboyvachchani o‘ldirgan Elchinni otganini aytgan bo‘lsa-da, uning gaplariga uncha ishonishmagan, Hosilboyvachchani Elchin o‘ldirishi ular uchun haqiqatdan uzoq bir gap edi. Jamshidning vazifasi esa ayni haqiqatni bilish edi. Kesakpolvon kelib-ketgan kunning ertasiga Elchin yotgan kasalxonani qoralab borib kuzatdi. Keyingi kun oqshom chog‘ida Elchinni yo‘qlash maqsadida kelib, Asadbekka tegishli mashinalardan birini ko‘rdi-yu, o‘zini panaga oldi. Oradan o‘n-o‘n besh daqiqa o‘tgach, Zaynab ko‘rindi. Boshini egib yurib kelgan Zaynab hech qayoqqa qaramay mashinaga o‘tirdi. Jamshid haydovchini tanimadi. «Haydar akam aytgan yigit shumi?» deb o‘yladi. Jamshid «buyoqqa kirish mumkin emas», degan hamshiraning cho‘ntagiga pul solib qo‘ydi-yu, o‘z uyiga kirib borayotganday eshikni bemalol ochib, ostona hatladi. Elchining ko‘zlari yarim yumuq — uning o‘lik yoki tirik ekanini bilish mushkul edi. Elchin ko‘z oldini qoplagan xira parda orqali Jamshidni tanidi. Bu jingalak sochli yigitni unutish mumkin emasdi. Hozirgina Zaynab kelib ketdi. Tabib Elchinni behush deb o‘yladimi, «Eringizni uyga olib ketganingiz ma’qulmikin?» dedi. Elchin bu gapni eshitdi. «Ishim xurjun shekilli?» deb o‘yladi. Keyin Zaynabning ovozini eshitdi: — Agar erimga bir nima bo‘lsa, hammangiz quriysiz!.. Ovoz Zaynabniki... lekin ohang... Zaynab bu ohangda gapirmas edi... Elchin xotinining qalbdagi Kumushbibini osib, Asadbek qiziga aylanmoqchi bo‘layotganidan bexabar edi. Shu bois gap ohangi unga begona tuyuldi. Zaynab chiqib ketishi bilan... Jamshid kirdi. Elchin orada o‘tgan yarim soatni sezmadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling