Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
229 pisillagan o‘sha eski uy — otasidan qolgan yolg‘iz xotirani qo‘msab bormaganda, bilmadim, uni shu ko‘chada yurgan boshqa yovuzlardan farqi qolmasmi edi! Lekin u ham tirik inson, ojiz banda ekanini biz og‘ir xastalikka chalinib, mungli bir qiyofaga kirganida, qo‘li qisqaligini sezib qolganida yaqqol ko‘ramiz. Ayniqsa, Asadbekning o‘sha xastalik boshlanganda ko‘rgan tushi, ruhi shodlar va qabr azobini tortayotganlar diyorida kezib, onaizorining «oh»ini eshitib, qabri ustida olov tillarini ko‘rishi, xasta Samandarni, otasini uchratishi, ular bilan muloqotlari shunaqa jonli, ishonarli tasvirlanganki, o‘qib lazzatlanasiz. Muallif bizni Asadbek qalbining qahrdan xoli, armon to‘la puchmoqlarigacha yetaklab kiradi. «— Ada, — deb ajablanadi Asadbek. — Siz ham shu yerdamisiz? — Hammamiz birgamiz, toychoq, — deydi otasi jilmayib. — Yaqinda men ham kelsam kerak, — deydi Asadbek. — Kelasan... Men kutyapman. Senga chena yasab qo‘yibman... chenada uchishni sog‘indingmi? — Sog‘indim, ada. — Bolam, qiynalib ketdingmi? — deydi onasi. — Qiynaldim, — deydi Asadbek. — Kela qol, adang... yog‘och chena yasabdilar o‘zlari. Asadbek atrofga alanglaydi. Chena ko‘rinmaydi. Ba’zi qabrlar ustida charx urayotgan oq qushlarga ajabsinib qaraydi. — Bular qanday qushlar? — deb so‘raydi. — Bular... ruhlar... u dunyoda solih farzand qoldirganlar. — Siznikida olov ko‘rdim?.. — Oh, bolam... sen qabr azobi nima ekanini bilmaysan... — Sizlar bu dunyoda halol yashadingiz, umrlaringiz azob bilan o‘tdi. Yana qanday azob?.. —...Solih farzand — amali... —...Nima bu?.. Onasi javob o‘rniga «oh!» deb qo‘yadi. Qabriston etagida oq tuyalar ko‘rinadi. Tuya karvoni asta yurib, qabristonni tark eta boshlaydi. — Oq tuyalar ketishyapti, — deydi onasi afsus bilan. — Ularni qaytarish kerak, — deydi otasi. — Mozorlarimizdan avliyolar ketib qolishyapti. Odamlardan iymon ko‘tarilyapti. Asadbek avval ham eshitib edi bu gapni... Manzura aytib edi. Onasi ham aytyapti. — Tuyalarni qaytaraman, — deydi Asadbek. — Qaytarolmaysan, — deydi otasi...» Keyin Asadbekning atay Krasnoyarga — otasi tutqunda yotgan joylarni izlab borib, ovloq o‘rmon chetidagi mozoristondan qabrini topib, ziyorat etishi— uncha-muncha dunyo ko‘rgan, dunyo kezgan farzandlarning ham xayoliga kelmagan ish. U shu jihatlari bilan ham o‘z zamondoshlaridan bir pog‘ona yuqori turadi. Qalbi ham ayrim paytlari yumshab ketadi, olijanob ishlarga qodirday ko‘rinadi-yu, qalbiga bir vaqtlar tuxum qo‘yib ulgurgan yovuzlik uyg‘onib ketganda tamomila sitamkor va qasoskorga aylanadi. Uning Muhiddin otaga aytgan gaplarini eslang. «Men namoz o‘qimasam ham Xudodan qo‘rqadigan insonman. O‘lganimdan so‘ng do‘zaxda kuyishimni bilaman. Sizni bilmayman-u, ammo men sho‘ro hukumatidan butunlay noroziman. Do‘zaxda avval shu hukumat kuyishi kerak!» deydi u. Asadbek qanaqa murakkab shaxs ekani xuddi mana shunday nozik pallalarda butun bo‘y-basti bilan ko‘rinib ketadi. Uning tabibdan shifo istab borganida (xuddi Zelixon singari) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling