Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


SO‘NGSO‘Z  Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik  www.ziyouz.com


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   231
SO‘NGSO‘Z 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
223
Alhamdulillahki, asarga so‘nggi nuqta qo‘yish fursati yetdi. 
Men qo‘rquv bilan ish boshlagan edim. Qo‘rquvning boisi — kimlardandir zulm ko‘rishda 
emas, balki yozganlarimning sizga maqbul bo‘lmay qolishida edi. Birinchi kitob e’lon 
qilingach, yozayotgan har bir satrimda siz, aziz o‘qig‘uvchilarning nafaslaringizni sezib 
turdim. Siz menga dalda berib turdingiz, Olloh sizlardan rozi bo‘lsin! 
Asarda shubhasiz, siz ishonmaydigan yoki hafsalangizni pir qiladigan yerlar bordir. 
Buning uchun uzr so‘rayman. Bu — qalamning ojizligi yoki fikr doiramning torligidandir. 
Xudo xohlasa, bu qusurlar keyingi asarlarda barham topgusidir. 
Bundan so‘ng ham Sizlar bilan yangi asarlar orqali ko‘rishmoq niyatim bor. Shar’iy 
niyatlarga Yaratganning o‘zi yetkazsin. Bir asarga nom bo‘lgan «Shaytanat» endi turkum 
nomiga ko‘chadi. Bu turkum asarda yana bir necha qissa yaratish umidim bor. Bular 
sizlarning o‘qiganingiz «Shaytanat»ning davomi emas, balki shu ruhdagi mustaqil 
qissalar bo‘ladi, inshoolloh. 
Menga bir narsa ma’lum: bu asarni o‘qib ma’qul deydiganlar bilan bir qatorda 
yoqtirmaydiganlar, undan kamchilik, xato qidiradiganlar bor. Shunday bo‘lishi tabiiy. 
Avvalo, hech qaysi asar barchaga barobar yoqa qolmas. Qolaversa, ojiz qalamim bilan 
bitilgan bu asar kamchiliklardan holi, degan da’vom ham yo‘q. Mening tanqidchilardan 
faqat bir o‘tinchim bor: qanday tanqid o‘qlari bo‘lsa, o‘zimga qarating. 
Men aziz, ardoqli kitobxonlarga bir necha yil mobaynida birga bo‘lganliklari uchun 
minnatdorlik bildiraman. Olloh barcha mo‘min bandalarini Shaytanat olamidan o‘zi 
asrasin. 
Bismillahir rohmanir rohiym. 
Qul a’uuzu birobbinnasi. Malikinnasi. Ilahin-nasi. Min sharril vasvasil xonnasi. Allazi 
yuvasvisu fii sudurinnasi. Minal jinnati vannas.* 
Omiyn ya Robbil Olamiyn! 
______________________ 
* M a z m u n i b u d i r: Mehribon va Rahmli Olloh nomi bilan (boshlayman). 
(Ey Muhammad) aytingki: «Men barcha insonlarning Parvardigoridan, barcha 
insonlarning Ilohidan (menga) o‘zi jin va insonlardan bo‘lgan, insonlarning dillariga 
vasvasa soladigan (qachon Ollohning nomi zikr qilinganida) yashirinib oladigan 
vasvasachi (shayton)ning yomonligidan panoh berishini so‘rab iltijo qilurman». («An-
nos» surasi. Alouddin Mansur ma’no tarjimasi).

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling