Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   231
Murod Mansur 
ASADBEKLAR FOJIASI 
O‘zlaridan ajoyib iforlar taratib, yuzlaridan nur yog‘ilib turadigan, halimdan-halim 
taqvodor bir pochchamiz bo‘lar edilar. Qodiriy domla Yusufbek hojining fe’lini u kishidan 
olganmidilar yo o‘zlari shunaqamidilar — hech ajrata olmasdim. Ishqilib, shunaqa 
xushfe’l, chiroyli mo‘ysafid edilar. 
Men u kishi haqda na oldilarida, na orqalaridan yomon gap eshitganman. Faqat fazilat 
axtarishar edi, hayratlanib charchashmasdi. 
Yaxshi asar ham shunaqa bo‘larkan! Fazilat axtarib charchamas ekansiz. Xuddi Qodiriy 
asarlaridan hanuz fazilat axtarib tolmaganimizdek, har gal yangi-yangi javohirlar 
topganimiz kabi!.. 
«Shaytanat»ni o‘qib ham shu o‘ylarga bordim: «Qani edi, hammamizning Yusufbek 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
224
hojidek otamizu O‘zbek oyimdek onalarimiz bo‘lsa, o‘shalarning qanotida er yetishsak! 
Asadbeklar shu ko‘ylarga tushmasmi edi?!» Va shunda butun fojia tag zamiri ila ko‘rinib 
ketgandek bo‘ldi! Bekorga otalarimizdan ayirmagan ekanlar bizni!.. 
Mulla buvalari omon qolgan bolakaylar baxtli ekanlar! Issiq bag‘irlaridan chiqarmadilar. 
Nima yaxshi, nima yomon, nima harom, nima harish, harqalay, ajratadigan qildilar. 
Ammo mulla buvalari, opoqdodalari sovuq o‘lkalarga surgun etilib, otalari urushda, 
qamoqlarda qolib ketganlar-chi? Ularning yozug‘i ne edi? Murg‘ak yuragiga yovuzlik 
urug‘i tuxum qo‘yib ulgurgan bolakaylar, yetimxonalarni to‘ldirgan «zumrasha»larning 
gunohini kim yelkasiga olgay? Qaysi jamiyatning sud kitobiga yozgaymiz? Asadbeklar 
shu imonsiz jamiyatning mevalari, uning qasos o‘ti ko‘zini ko‘r qilgan «o‘g‘lon»lari 
emasmi? 
«Shaytanat» muallifining eng birinchi yutug‘i shundaki, u zulmning o‘q ildizini topib, 
asarga qo‘l uribdi. Tohir ba’zilar o‘ylagandek oldi-qochdi, shunchaki sarguzasht asar 
yozish uchun qo‘liga qalam olmagan. U ko‘p yillar yashab qoladigan va qancha kishilarni 
sergak torttirib, shaytanat olamiga kirib qolishdan qaytaradigan chinakam badiiy asar 
yaratibdi! 
«Shaytanat» Tohir Malikning baland asari. Qoladigan asari. Har satri, sahifasidan 
iste’dod nafasi (chuqur badiiy tadqiq ruhi) ufurib turibdi. Kimdir ilgarigi asarlariga 
o‘xshata olmayotgan bo‘lsa, uni oxiriga qadar o‘qishga sabri yetmabdi. Yo‘nalishini 
anglamabdi, mag‘zini chaqolmabdi. 
Asar nainki Asadbeklar fojiasi haqida, balki u yaratgan shaytanat olami odamlarining 
achchiq kechmishi, har bittasining oxiri voy bo‘lguchi taqdirlari haqida o‘ziga xos 
betakror qissalar hamdir. So‘ng bari jamlanib, yaxlit bir ro‘monni tashkil etayotir... 
Holisanilloh ayting: Chuvrindining taqdiri, boshiga tushgan achchiq qismat 
Asadbeknikidan kammi?! Yoki bo‘lmasa, Anvarning fojiasi-chi, boshiga tushgan 
ko‘rgiliklar-chi? Kimni, qaysi yurakni titratmaydi? Qolaversa, Asadbekning qizi 
Zaynabning boshiga tushgan jafo toshi, abri balolar-chi? U ko‘rgan zulm, yovuzliklar qiz 
bolaniki muhabbat ko‘chasidan chiqarib, qasos ko‘chasiga boshlasa, qaysi jamiyat, 
tuzumni ayblash kerak? Shariat man etib qo‘ygan hadlarni lang «ochib qo‘ygan» 
tuzumnimi va yo uni qaytarolmagan, o‘zi qaysi boshi berk ko‘chalarda shayton yetovida 
ketayotgan Asadbekdek otalarnimi, qasos o‘tida yonib, yo‘lini yo‘qotgan va ustma-ust 
gunohga botayotgan eri Elchinnimi? Yolg‘iz onaizor Manzura boshini qaysi toshlarga 
ursin?! 
Men Tohirning ko‘p asarlarini birinchi bo‘lib qo‘lyozmadan o‘qiganman. Hammasining o‘z 
o‘rni, salmog‘i bor. Vaqtida voqea bo‘lgan asarlar. «Chorrahada qolgan odamlar» ham, 
«So‘nggi o‘q» ham. Lekin bu galgi asari «Shaytanat»ni alohida bir intiqlik bilan kutdik. 
Alohida bir titroq-la o‘qib chiqdik. Va men yashirmay ayta qolay. Uchinchi kitobi 
qo‘lyozmasini ham hayajon-la o‘qib chiqib, qoniqish ila so‘nggi sahifasini yopar 
ekanman, Yaratganga beadad shukrlar aytdim. Negaki yozuvchini Ollohning o‘zi qo‘llab, 
o‘zi ilhom ato etibdi. Shaytanat olami fuqarolarining adashuvlarini ochmoqqa o‘zi izn 
beribdi. Aksincha, bu zo‘ravonlikka qurilgan, yovuzlik barq urib unib-o‘sayotgan o‘ziga 
xos xufiya saltanat olamini bunchalik tag-zamiri bilan tasvirlab bo‘lmas edi. Adashuvning 
ildizi ochilmay-da qolishi mumkin edi. Bu qorong‘ilik — zulmat saltanatini chok-chokidan 
so‘kib yuborguvchi nurni Tohir ko‘ra olibdi va o‘sha nur — chiroq yordamida uning qo‘l 
yetmas puchmoqlarigacha qarangki, kirib boribdi. Bu nur iymon bo‘lib chiqdi! Agar 
yozuvchi ko‘ksida shunday bir nur — toza iymon bo‘lmasa edi, uning shaytanat olamiga 
safari besamar chiqmog‘i ham mumkin edi. 
Men sal ilgarilab ketdim, chog‘i. Asli bir boshdan so‘zlamoqchi edim, asarning fazilatlarini 
ta’min etgan tugunlardan so‘z ochmoqchi edim. Qirq to‘qqizinchi yilning so‘nggi kuni. 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling