Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
59
qoshlarini chimirdi: 
— Kim dedingiz? Eslolmayapman? 
— Nahotki?— Zohid ajablanganday unga tikildi.— Sizni zo‘rlamoqchi bo‘lgan yigit... 
Qamalib ketgan. 
— Ha, umi... ancha yil bo‘ldi. Esimdanam chiqibdi. 
— Qiziq? 
— Nimasi qiziq? 
— Bunaqa voqea esdan chiqmasa kerak deb o‘ylarkanman. 
— Yana nimalarni o‘ylaysiz? — dedi Muovin piching aralash zarda bilan. — Yoshligimda 
bunaqa yigitlardan mingtasi atrofimda ilakishib yurardi. 
— Buni bilmadim... Balki mingtadan ham ko‘proqdir. Lekin ularning hammasi 
qamalmagandir? Bunaqasi bittadir? 
— Balki bittadir... Qani, gapni aylantirmay, maqsadingizni ayting. 
— Sunnatullaevni oxirgi marta qachon ko‘rgan edingiz? 
— Beting qurg‘urni o‘sha suddan keyin ko‘rmadim. 
— Keyin... qamoqdan chiqqanidan keyin ilakishmadimi? 
— Keyin ko‘rganim yo‘q. 
— Siz uning taqdiri bilan qiziqmadingizmi? 
— Nimaga qiziqishim kerak ekan? 
— Axir... otasi bilan birga ishlar edingiz? 
— Ishlar edik. U odam ishdan bo‘shab ketgan. 
— U odam hozir og‘ir kasal emish? 
— Bo‘lsa bordir. Issiq jon... 
— Ha, issiq jon... Sunnatullaevni o‘ldirib ketishibdi, eshitmadingizmi? 
— Men o‘ldirmabmanmi, ishqilib? 
— Yo‘q, sizmasdirsiz. 
— «Sizmasdirsiz?» Nima demoqchisiz? 
Zohid ko‘mirga aylangan murda suratini cho‘ntagidan olib, unga uzatdi: 
— Bunaqa ish sizning qo‘lingizdan kelmasa kerak, demoqchiydim. 
Muovin Jamshidning o‘lganini eshitgan, ammo bunday vahshiylik sodir bo‘lganini 
bilmagan edi. Suratni ko‘rib bir cho‘chib tushdi. Uni bu noqulay ahvoldan mo‘’jaz 
reproduktordan kelgan ovoz qutqardi: 
— Markazkomdan shoshirishyapti, xat tayyor bo‘ldimi? 
Muovin shoshib mikrofonga engashdi: 
— Yo‘q, opajon. 
— Nimaga cho‘zyapsiz? Bu masala plenumga qo‘yilishini aytdim-ku sizga! 
— Prokuraturadan bir o‘rtoq kelib, meni so‘roq qilyapti. 
— Huzurimga kiring. Tez bo‘ling. 
Muovin «eshitdingizmi?» deganday qoshlarini chimirdi-da, betakalluf tarzda xonadan 
chiqdi. Bir necha daqiqadan so‘ng ancha dadillashgan holda qaytib, joyiga o‘tirdi. 
— Yana nimani so‘rab bilmoqchisiz? 
— Sunnatullaev sizni zo‘rlamoqchi bo‘lgan o‘sha ishda siz tergovchiga «Undan 
qochaman, deb o‘zimni derazadan tashladim», degansiz. Sudda esa «Derazadan itarib 
yubordi», degansiz. Qaysi biri to‘g‘ri? 
— Bu odamning o‘limiga mening ko‘rsatmalarimning nima dahli bor? Siz qotilni 
qidiryapsizmi yo eski go‘ngni tityapsizmi? Maqsadingiz nima? 
— Siz savolimga javob bermadingiz? 
— Javob bermayman ham. Qandaydir tergovchining bema’ni savollariga javob 
qaytarishga toqatim ham, vaqtim ham yo‘q. 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling