Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
61
O‘zingiz esa xalqning bir farzandini beayb qamatib yuborasiz. Mening bilganim faqat 
Sunnatullaev. Siz yana nechta odamning umriga zomin bo‘lgansiz? Hech hisob-kitob 
qilganmisiz? Siz minbarda ko‘pirib aytgan adolat boshqa, biz himoya qilmoqchi bo‘lgan 
adolat boshqami? Adolatning rangi nechta o‘zi? Oddiy odamlar adolati jonsizu sizlarniki 
O‘lmas Kashcheydek davron suraveradimi? O‘sha O‘lmas Kashcheyingizning joni qaysi 
qutichada saqlanadi o‘zi? O‘sha qutichaga bizning qo‘limiz yetmaydimi? Undagi tuxumni 
olib quritishga kim qodir?..» 
Qahramon kampirshoga bo‘lgan qahrini xayolan sochib borayotgan Zohid bir zum 
to‘xtab, o‘zidan-o‘zi nafratlandi. Shartta qaytishga, bu gaplarni uning yuziga tik qarab 
turib aytishga jur’at qilolmagani uchun o‘zidan-o‘zi nafratlandi. Erkakning o‘zini nochor 
sezishi — qalbi uchun og‘ir azobdir. Tan azobidan bir necha hissa ortiqroqdir. Tan 
azobigayu malham em bo‘lar, qalb azobiga-chi? Duradgorning mixi tugasa, bir-ikki kun 
nochor bo‘lar. Ammo adolat mix emaski, bu do‘konda bo‘lmasa, boshqasidan topib ishini 
davom ettiraversa... 
Zohid g‘ashlangan ko‘yi idorasiga yetib bordi. Navbatchi rahbari kutayotganini ma’lum 
qilgach, «Telefondagi gapi chala qolgan ekan-da» degan fikrda uning xonasi tomon 
yurdi. 
Ichkaridan rahbarining baqirib aytayotgan gaplarini eshitib to‘xtagan edi, kotiba 
«kiravering, kutyaptilar», dedi. Zohid eshikni ochib, ichkariga ikki qadam qo‘ydi-yu, 
to‘xtadi. Rahbari qo‘lida bir tutam qog‘ozni ushlab, silkitganicha Zohidning hamkasbiga 
tanbeh berardi. U Zohidning kirib kelganini ko‘rsa ham, e’tibor bermay, dag‘dag‘asini 
davom ettirdi: 
— Siyosiy ko‘rlikdan qachon qutulasanlar o‘zi?! Qachongacha men sen galvarslarni deb 
dakki eshitaman? Sen, qovoqmiya, bularga nima deb ayb qo‘yyapsan? 
— Banditizm... — dedi tergovchi. 
— Ha, banditizm! Ko‘r emasman, o‘qidim, ayblovingni. Endi men shu ahmoqona 
qog‘ozingga qo‘l qo‘yaymi? Senga qo‘shilib men ham partiya siyosatiga qarshi 
chiqayinmi? Seni deb men ham qamoqda chiriyinmi? Sen menga ayt, KPSS yigirma 
birinchi s’ezdi qarorlarini o‘qiganmisan? Ayt, o‘qiganmisan? 
— Esimda yo‘q... 
— Ha, esingda yo‘q. Esning o‘zi bormi, sen galvarsda? Sen uchun men o‘ylashim 
kerakmi, a? Senlar jaraq-jaraq pul ishlayverlaring, boyvachcha bo‘lib kerili-ib 
yuraverlaring. Men esa senlar uchun o‘ylab yuray, eslab yuray... Hozir chiqib, s’ezd 
qarorlarini o‘rganib, keyin kelasan, — u shunday degach, qog‘ozlarni tergovchiga qarab 
otdi. Qog‘ozlar mo‘ljaldagi manzilga yetmay, sochilib ketdi. Tergovchi qog‘ozlarni 
yig‘ishtirayotganida rahbar Zohidga qaradi: 
— Qani, dono yigit, sen bilasanmi, partiya qarorlarini? 
— Partiyaning qarorlari ko‘p, qaysi birini aytyapsiz? 
— Qara-ya, yaxshi eslatding, men ahmoq qarorlarning ko‘pligini bilmas ekanman. S’ezd 
faqatgina banditizm haqida qaror qabul qilgan, deb yurarkanman, — dedi rahbar piching 
bilan. — Qani, nima degan, sen menga ayt! 
Zohid yelka qisdi: yigirma birinchi s’ezd qachon bo‘lganu nima degan, kimning esida 
turibdi? Hatto partiyaning rahbarlari ham unutishgandir bu qarorlarini. Nafsilamrni 
aytganda, o‘zini siyosiy hushyor, bilag‘on qilib, xodimlarini ezayotgan bu rahbar ham 
s’ezdning faqat shu qarorinigina bilardi. 
— Bilmaysanlar! Ha, bilmaysanlar, lekin donolik qilib, osmondan kelasanlar. O‘rgildim, 
sendaqa donolardan! Senlardaqa yuzta dononi yig‘ib kelsa, bir gramm aql topilmaydi-yu, 
yana karillaysanlar-a! Bilib qo‘ylaring: KPSS yigirma birinchi s’ezdi qarorlarida «SSSRda 
banditizm barham topgan», deyilgan! Sen esa, — u tergovchiga barmog‘ini bigiz qildi, — 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling