Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
192 musulmonlarning qoni ila qizarmishdir. Otalarining xato-kamchiliklarini takrorlagan avlod — nodondir. Imonga qaytinglar deyilsa, ayrimlar O‘rta asrga qaytamizmi, deydi. Qani edi, o‘sha asrlarga qaytilsa-yu, xorazmiylar, beruniylar, temurlar yetishib chiqsa. O‘rta asr musulmonchiligi dunyoni nurafshon etdi, aql bilan boyitdi. Agar Beruniy yerning dumaloqligini kashf etmasa, Yevropa buning uddasidan chiqa olarmidi?.. O‘z tarixini buzuvchi kimdir? U o‘z ota-onasini o‘ldirib, pishirib yegan farzand kabidir... Bundaylar qaro yer bag‘riga qaysi yuz bilan borarlar?..» Bu fikrlarni o‘qiy turib, Habib Sattorovning yuragi hapriqib ketdi. U ukasining qalbida shunchalar dard borligini bilmas edi. Bila olmas ham edi, chunki u bunday tuyg‘ulardan ancha uzoq edi. Uning logarifmlar bilan to‘la miyasida bunday fikrlarga o‘rin yo‘q edi. «Savol: — Dunyoda barcha narsadan g‘olib nima? Javob: — Aql. Savol: — Bir narsa borki keladi-ketadi, ammo ko‘rib bo‘lmas, ushlab bo‘lmas, biroq kelib- ketganini bilib turamiz, bu nadir? Javob: — Bu — zamondir! Ha, zamon! Qonli zamon, qotil zamon! O‘zbekning sodda yigitlari harbiyga olinib, temir tobutlarda tantana ila qaytarilyapti. Aql esa jim... Afg‘ondan kelgan tobutlar ko‘p. Musulmon yigitga qurol berib musulmonlarga qarshi urushga tashlarlar. «Doim tayyor!» Endi esa urib o‘ldirilgan yigitlarning murdalari kela boshladi. «Nima qilib qo‘ydim men, evoh... Axir baxtga berdim-ku ozor... Ko‘zlarimdan sachraydi ming oh, Vujudimga ko‘chadi mozor...» O‘z farzandlarining shafqatsizlarcha o‘ldirilishiga befarq qarovchi xalq qanday xalq ekan!!! Hurlik va xo‘rlik... Yozilishda farq birgina harfda. Bu farqni yo‘qotish uchun nelar kerak ekan?.. Xasta ruhni o‘ldirish mumkinmi? Bilmayman. Harholda shunga harakat bor. Eski shahardagi tarixiy joylarning buzilishidan maqsad shu bo‘lishi kerak. Bosqinchi O‘rusiya askarlariga qarshi partizanlik urushi olib borgan azamatlarning markazi bo‘lgan joy buzilib, o‘rniga bahaybat mehmonxona qurilib, unga «Moskva» deb nom berildi. Bu yerlarda qancha musulmonlarning qoni to‘kilgan edi. Nima, bu tasodifmi? Mozorlar ustidan yo‘l solish, mozorlar o‘rniga kinoteatrlar qurish ham tasodifmi? Yoki me’morning kaltabinligimi? Yo‘q, buning zamirida kuchli siyosat bor... Xasta ruhni o‘ldirish siyosati... Biz shahidlar ruhini oyoq osti qilyapmiz...» Shu yerda yana arabcha harflarni o‘qiy olmay, pastki satrlarga ko‘z yugurtirdi: «Bu — «Oli Imron» surasidan. Sobitxon aytib edi, men yozib oldim. Shaharni O‘rusiya askarlaridan himoya etib shahid ketganlar ruhiga mos tuyuldi menga. Ma’nosi «Allohning yo‘lida qatl bo‘lganlarni o‘liklar deb hisoblamanglar. Balki ular tirik. Lekin sizlar sezmaysizlar...» Chindan ham ular tiriklar. Biz esa buni sezmaymiz. Shu darajada befahm avlodmiz. Shahidlar: «Parvardigor yo‘lida shahid bo‘lib, so‘ng tirilsam, yana shahid bo‘lib, yana |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling