Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
193 tirilsam, so‘ng yana shahid bo‘lsam», deb orzu qilar ekanlar. Bizning orzuimiz nima? Qorin to‘qligi. Tinchlik... Tinchlikni noto‘g‘ri tushunamiz. Ozod, hur, erkin yurtga tinchlik kerak. Istibdoddagi mamlakatga-chi?.. Jihod, jihod kerak. Qaysi bir kitob qahramoni «Ozodlik yoki o‘lim!» degan ekan. «Hurriyat yoki o‘lim!» deydigan zamonlar kelarmi?..» Bu fikrlar Habib Sattorovga og‘ir tuyulib, hazm qila olmadi. Daftarni yopdi. Hovliga chiqib bir aylanib keldi. Onasining uyida chiroq o‘chibdi. Azador xonadonda radio- televizor qo‘yilmagani uchun barvaqt yotishgan edi. Habib Sattorov ham charchaganini his qildi. Uyga kirib yotdi. Uyqu bosib kelsa-da, uxlay olmadi. Ko‘zi ilindi deguncha yuragi hapriqib uyg‘onib ketaverdi. O‘rnidan turib o‘tirdi, yana yotdi. Bo‘lmadi. Yana turdi. Mehmonxonaga chiqib oyog‘i cho‘loq stolga yaqinlashdi. Shunda... Shunda deraza yorishib, nur oqib kirdi. Qulog‘i shang‘illadi. So‘ng mayin ovoz eshitildi: — Bizni kutmaganmiding? Habib Sattorov yuragiga qo‘rquv oralab, atrofiga olazarak boqdi. — Sen bizni ko‘ra olmaysan. — Kimsiz? — deb beixtiyor pichirladi Habib Sattorov. — Qo‘rqma, biz senga faqat yaxshilik istaymiz. — Kimsiz? — deb pichirladi yana Habib Sattorov. — Biz boshqa sayyoradanmiz. — Qaysi sayyoradan? — Sizlar Chayon yulduzlar turkumi, deb ataysizlar. Biz esa Zurru deymiz. Zurru — nur o‘lkasi degani... — Bo‘lishi mumkin emas. — Mumkin. Derazaga qara! Habib Sattorov derazadan oqib kirayotgan nurga qarab ukasini ko‘rdi. Jinnixonadagi so‘nggi tunni bedor o‘tkazayotgan Anvar choyshabni olib yirtdi-da, arqon qilib eshdi. So‘ng eshik tomon yurdi. Ostonaga yetganida iziga qaytdi. Qog‘oz-qalam olib yozdi. Shu onda Habib Sattorov yana o‘sha ovozni eshitdi. — Nima yozganiga qiziqyapsanmi? — Ha. — O‘qib beramiz: «Boshginamga ag‘anagan katta tog‘lar, alvido! Men ketarman hasratlanib, ruhi sog‘lar, alvido! Bu dunyoning sho‘rishiga navnihollar tebraning, Esliroq bog‘boni yo‘q, qoldi bog‘lar, alvido! A s q a r Q o s i m». Ovoz tindi. Anvarning harakati esa davom etdi. Bo‘yniga sirtmoq solayotganda Habib Sattorovning lablari titradi. Osilganicha tipirchilayotgan ukasini ko‘rgach, «Anvar!» deb dodlab yubordi. Kaftlari bilan yuzini to‘sib ho‘ngrab-ho‘ngrab yig‘ladi. Kuni bilan kelmagan yig‘i endi selday bosdi. Yig‘lab-yig‘lab kaftlarini yuzidan olib, yana derazaga qaradi. Nur yo‘qolmabdi. — Nima istaysizlar mendan? — deb pichirladi u. — Ukang bilan gaplashishni xohlaysanmi? — ... Sukut rizolik alomati sifatida qabul etilib, hozirgina tipirchilayotgan ukasi o‘rnida, oppoq |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling