Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
44
Chuvrindi foydalandi:
— Ie, Haydar aka, qayoqda yuribsiz, qidiraverib enka-tinkamiz chiqib ketdi-ku? 
— Yuribman qarichlab o‘lcha-ab, — dedi Kesakpolvon yana zarda bilan. Keyin ichida 
«Qidirasan-a, qidirasan, yo‘q bo‘lib ketsam, do‘ppingni osmonga otarsan!» deb g‘ijindi. 
Shu bois so‘rog‘i yanada zardaliroq chiqdi: — Asad qaerda?! 
— Bilmayman... — Chuvrindi shunday deb tin oldi.— Arkda bo‘lsalar kerak. Yigitlarda 
gapim bor. 
Kesakpolvon tushundi. Ayrim hollarda, ayniqsa telefonda gaplashilganda Asadbekning 
qaerdaligini aytish mumkin emas edi. Shu bois faqat eng yaqin odamlargina 
tushunadigan tarzda uning qaerdaligiga ishora qilinardi. Hozir Chuvrindi «Bilmayman... 
arkda bo‘lsalar kerak», dedimi, demak, u eski shahardagi ota hovlisida. 
Kesakpolvon go‘shakni yigitga bergach, «U yerda nima qiladi? Tez-tez boradigan bo‘lib 
qoldi. Yo bir baloni boshlamoqchimi?..» deb o‘ylandi. 
Chuvrindining gapi qisqa bo‘ldi. Yigit «Xo‘p bo‘ladi, akaxon», deb go‘shakni joyiga qo‘ydi. 
Kesakpolvon ijirg‘anibroq so‘radi: 
— Akaxoning nima dedi? 
— Otarchining... — Yigit Chuvrindining buyrug‘ini so‘zma-so‘z takrorlamoqchi bo‘ldi-yu, 
ammo «otarchi»ning Bek akasiga kuyov ekanini eslab boshqacharoq ohangda aytdi: — 
Hofiz akamning moshinalarini yangi kasalxona yo‘liga haydab borarkanmiz... 
— Nimaga? 
Yigit «bilmayman» deganday yelka qisdi. 
— Mashinasi Asadning mahallasidami? 
Yigit bosh irg‘ab tasdiq ishorasini qildi. 
— Otarchining o‘zi qaerda ekan? 
— Bilmayman. 
— Telpon qil-chi? 
Go‘shakni u tomondan hech kim ko‘tarmagach, Kesakpolvon ikki yigitga ijozat berdi. O‘zi 
boloxonada bir necha nafas o‘tirib, nima qilish lozimligini fikrladi. Ko‘ngli g‘alamislikni 
sezib, yigitlarning izidan bormoqchi bo‘ldi. «Hoynahoy u yerda Mahmud kutib turgandir, 
poylab borganimni bilsa, xitlanadi», degan fikrga kelib, shashtidan qaytdi. «Asad 
yolg‘izdir, borib gaplashay-chi», degan qarorda o‘rnidan turdi. Katta ko‘chadan eski 
mahallaga burilishda Xumkallaning kulrang «Jiguli»sini ko‘rib, mashinani to‘xtatdi. 
Barmoqlarida kalitni o‘ynab turgan Xumkalla yangi hojasini ko‘rdi-yu, pildirab yurib kelib 
uning qarshisida paydo bo‘ldi. 
— Nima qilib turibsan? — deb so‘radi Kesakpolvon o‘tirgan yerida. 
— Xizmatdamiz, akaxon, — dedi Xumkalla atrofga bir alanglab olgach.
— Qachondan beri? 
— Ertalabdan. 
— Kim bor? 
— Hozir kim borligini bilmayman. 
— Akaxoning shu yerdami? 
— Shu yerda edilar. Bir soatcha bo‘ldimi... 
— O‘zi kelib, o‘zi ketdimi? 
— O‘zlari keldilar... Ketishda... orqada Hofiz akamni ko‘rganday bo‘ldim... yana Xudo 
biladi. Sizdan sal oldinroq bolalar kelishib moshinasini haydab ketishdi. 
— Ro‘lda akaxoningmidi? 
— Yo‘q... Halim. 
— Otarchining kelganini ko‘ruvmiding? 
— Ko‘ruvdim.


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling