Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
45
— Yana kim keldi? 
— Bu tomondan boshqa hech kim. Balki narigi tomondan... 
Kesakpolvon «tushunarli» deb eshikni yopmoqchi edi, Xumkalla uni to‘xtatdi. 
— Akaxon, bir gap: ko‘chaning narigi betida boyvachchaning bollari g‘imirlab yurishibdi. 
Ular ham peshindan beri shu yerda. 
— Boyvachchaning o‘zi ko‘rinmadimi? 
— Bir ko‘ringanday bo‘ldi... Yana Xudo biladi. 
«Bular nimadan is olgan bo‘lishlari mumkin?» 
Xayoliga kelgan bu savolga javob topish uchun fursati yo‘q edi. Shu bois ko‘p o‘ylab 
o‘tirmay, haydovchining yelkasiga turtib, «hayda» dedi. 
Mashinaning chirog‘i Asadbekning eshigi og‘zida turgan Bo‘tqani yoritgach, chindan ham 
«bir balo bo‘lganini» fahmladi. Shu sababli eski uy qarshisida to‘xtamay o‘tib ketdi. 
Kesakpolvonning mashinasini tanib peshvoz chiqmoqchi bo‘lgan Bo‘tqa taraddudlangan 
yerida ajablanganicha qolaverdi. 
Kesakpolvon mahallaning narigi biqinidagi katta ko‘chada ham Chuvrindining yigitlarini 
ko‘rgach, «bir balo bo‘lganiga» aniq ishonib, iziga qaytdi. Hozir uni birov to‘xtatib, 
«Hosilboyvachcha shu uyda o‘ldirildi» desa, ishonmay, «bor toshingni ter», deb jerkib 
tashlagan bo‘lardi. Uning ko‘nglida vahm ilonini qo‘zg‘otgan fikr boshqa: Asadbekka bir 
narsa bo‘lgan-u Chuvrindi otni qamchilab qolgan. Shuning uchun atrofni yigitlari o‘rab 
turibdi! 
Shu fikrga bandi bo‘lgan holda mashinadan tushib, Bo‘tqaning salomiga alik ham olmay, 
eshikni zarb bilan ochib, ichkariga qadam qo‘ydi. Qadam qo‘ydi-yu, hovlida cho‘zilib 
yotgan ikki odam qorasini ko‘rib, taqqa to‘xtadi. U «bir balo bo‘lganini» sezgan edi
ammo hovliga qadam qo‘yib, ikki o‘lik ustidan chiqaman, deb xayol qilmagandi. Cho‘zilib 
yotganlarni ko‘rib, ikkovini ham o‘lik deb o‘yladi. G‘ira-shirada avvaliga ularni tanimadi. 
Shu sababli eshikka yaqinroq yotganiga engashib qarab, G‘ilayni tanidi. Qo‘l-oyog‘i 
bog‘langanidan uning hali tirikligini fahmladi. Keyin yuziga eski qog‘oz parchasi 
tashlangan Hosilboyvachchani tanib, bir seskandi. Dovon oshib kelayotganida 
Hosilboyvachcha bilan hufyona uchrashmoqni, gap gapga qovushsa, vaqtinchalik ittifoq 
tuzmoqni xayol qilgandi. Chuvrindini yo‘ldan supurib tashlash uchun shu ittifoq zarur 
deb topgan edi. Chunki Asadbekning umr shami o‘chib borayotganidan darak topgan 
Hosilboyvachcha ham tek turmas, bir tomondan Chuvrindi, ikkinchi tomondan 
Hosilboyvachcha yurish qilsa, orada xarob bo‘lishiga aqli yetardi. U xaroblikdan qutulish 
chorasi deb g‘anim tomonni ko‘zladi. Ko‘zladi-yu, oradan bir necha soat o‘tib, peshonasi 
tosh devorga urildi. 
U o‘zicha reja oshi masallig‘ini tayyorlab kelayotganida bu yerda Asadbek bilan Chuvrindi 
ish oshini pishirib qo‘yishga ulgurishgan edi. 
Murdani tanigani hamon «Nega o‘ldirishdi?» degan savol miyasiga urildi. So‘ng «Nega 
men bilmay qoldim, nega mendan yashirishdi?» degan savol gumonlar po‘rtanasini 
qo‘zg‘adi. Shundan so‘nggina ko‘p yillik do‘sti, ajralmas sherigi yodiga tushib, atrofga 
alangladi: ichkarida chiroq o‘chiq. Hovlida odam qorasi ko‘rinmaydi. 
Kesakpolvon xavotirga tushib, atrofni yigitlar qo‘riqlayotganini unutdi. Panjasi biqiniga 
botib turgan to‘pponcha sari yugurdi. So‘ng beixtiyor ravishda baqirdi: 
— Asad! 
Nazarida bu ovozdan atrof guldurab ketganday tuyuldi. 
— Asad! 
— Bo‘kirma, bu yoqqa kel. 
Qiya ochiq derazadan chiqib kelgan Asadbekning ovozi undagi xavotir alangasini o‘chirdi. 
Qo‘lini to‘pponchadan olib, uy tomon yurdi. 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling