Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
42
sizga?! 
— Bu — qasos, Noila! Axir esingdami, tushlarimga kirib, qasosga undar eding? 
— U men emas edim. 
— Nima uchun bunday deyapsan, tushlarimga kirguchi sen eding! 
— Yo‘q, adashyapsiz, u — qalbingizdagi shayton edi. Mening qiyofamga kirib sizga 
ko‘rinar edi. O‘ylab ko‘rmadingizmi, bir qizni bulg‘ashga men sizni da’vat etishim 
mumkinmidi? Men sizni hech yomonlikka qarab undaganmanmi? Mana bu toptalgan 
chechaklarni ko‘ryapsizmi? Bularning bari bulg‘angan qizlar. Zaynab ham bir kuni shu 
yerga keladi. Men sizni deb bir necha daqiqaga turdim, hademay yana chechakka 
aylanaman. 
— Men keldim, Noila, u dunyoda zurriyodim qolmadi. Yolg‘iz o‘g‘il edim, urug‘imiz quridi. 
— Farzand ko‘rishni o‘zingiz istamadingiz, yoshlikda o‘ynab qolaylik, dedingiz. O‘ynab-
o‘ynab shu martabaga yetdingiz. 
— Gunohlarim ko‘p, bilaman, Noila, endi ilojsizman. Endi biz birga bo‘lamiz. 
— Yo‘q, sizning joyingiz boshqa. Siz izingizga qaytasiz. 
— Noila, meni ota-onam ham haydashdi, sen haydama. Men endi ayriliq azobiga chiday 
olmayman. 
— Sizni haydovchi men emasman. Siz Zaynabga qayting. 
— Unday dema, Noila, qaytmayman. Haydama meni... Bilaman, sening oldingda 
gunohkorman. 
— Siz Olloh oldida gunohkorsiz. Men sizdan roziman, ammo Olloh rozi bo‘ladimi-yo‘qmi, 
bilmayman. Qayting! 
— Haydama, Noila! 
— Sizni haydaguvchi men emasman. 
Shunday deb Noila ko‘zdan yo‘qoldi — chechakka aylandi. Elchin faryodli ovoz bilan 
chaqirdi: 
— Noila! 
Uning nolasi sahro bag‘riga tomgan tomchi kabi samarasiz bo‘ldi. Ko‘kragida alam iloni 
to‘lg‘onib, ingradi. 
Mashinada ketayotgan Chuvrindi ana shu ovozni eshitdi. Yana ucha boshlagan Elchin esa 
tanish ovozni ilg‘adi: 
— Hofiz, ozgina chidang... 
...«Kim bu menga gapirayotgan?» deb atrofga alanglaydi. Tushunuksiz manzaralarda 
inson zoti ko‘rinmaydi. 
— Hofiz, gapimni eshityapsizmi? 
...Yana alanglaydi. «Ha», deb javob beradi. 
Uchdi, uchaverdi... Tikonzorlardan o‘tdi, tikanaklar badanini tildilar. Chayonzordan o‘tdi, 
chayonlar nishlarini sanchdilar. Ilonzorga yetdi, ilonlar chaqdilar. Bu ham kamlik qilib, 
bo‘yniga o‘ralgancha bo‘g‘dilar. 
Elchin azobdan to‘lg‘onar. Kimlardir, qaydadir uning holiga kular, kulaverar. 
Shu azoblar gulxanida kuyayotganida ilonzorda Hosilboyvachcha ko‘rindi. Nechundir 
ilonlar uni chaqmaslar, bo‘g‘maslar. Bir yo‘g‘on ilon esa nozanin kabi uning beliga 
o‘ralar, so‘ng labidan bo‘sa olar. U esa kular, kulaverar. Oxir-oqibat kulgidan charchab, 
Elchinga qarar: 
— Bular hammasi meniki. Men sendan oldinroq keldim. Endi meniki bular. 
— Men... Mening makonim shu yermi? — dedi Elchin. 
— E, yo‘q, bu yer mening mulkim. Senga joy yo‘q. Sen keyin kelasan. Kunduzi ilonlar 
seni chaqadi, go‘shtlaringni yeb tugatadi. Shomgacha quruq suyaging qoladi. Tunda esa 
yana go‘sht o‘sib chiqadi. Ertalabdan yana ilonlarga yem bo‘lasan. 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling