Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
50
ishlab ketish», ikkinchisiniki esa mulkka ega chiqish. Iblis ularni o‘z chodiriga shu qadar 
o‘rab-chirmab tashlaganki, G‘ilay ham, Kesakpolvon, Bo‘tqa, haydovchi yigit ham 
«bizning taqdirimiz yukxonadagi boyvachchanikiga o‘xshasa-chi, go‘rga yetisholmay 
yukxonada ikki buklanib yotsak-chi?» deb fikr qilishmaydi. Yaratganning o‘zi «Kallaa, 
innal insana lo yatg‘o. An roa xus tag‘no»*, deganda shu toifa bandalar nazarda 
tutilmadimi ekan, vallohi a’lam? 
Tangrining emas, erining qudratiga ishonib qolgan, «Bu dunyo faqat yaxshi yeb-ichish, 
yaxshi kiyinish, to‘y-hashamlarda zeb-ziynatlarni ko‘z-ko‘z qilib o‘tirish uchungina 
yaratilgan», deb fikr qiluvchi, «Yashamoqdan maqsad nima?» deb so‘ralguday bo‘lsa, eri 
bilan bir xilda «Yashamoqdan maqsad — mazza qilib yashamoqdir», degan javobni 
qaytaruvchi, husn ila aqlning nomutanosibligini o‘zida mujassam etgan bu ayol 
G‘ilayning gapiga darrov ishona qoladi. Xavotir hissi ko‘nglini zirillatmaydi. Ollohning 
emas, erining quliga aylangan bu juvondan yana nimani kutish mumkin? Zanglagan 
temir qafasda o‘tirgan qul bilan tilla qafasdagi qulning farqi bormi? Aslida-ku, ikkovi ham 
bir — qul! Ikkovi ozodlikdan mahrum. Ammo temir qafasdagisi ozodlikni qo‘msaydi, tilla 
qafasdagisi esa bu fazilatdan mahrum. Agar unga ozodlik berilsa ham qafasni o‘zi bilan 
ola ketishni o‘ylaydi. 
Shu toifaga mansub bu juvon bir necha qadam narida erining xorlangan holda yotgani, 
G‘ilay aytgan «safar» indamaslar yurtiga ekani, adoqsiz ekani, oradan oylar o‘tib, 
haqiqat bulog‘idan suv ichuvchi «mish-mishlar»ga ishonishni ham, ishonmasligini ham; 
aza ochishni ham, ochmasligini ham bilmay garang yurajagini hozir bilmaydi. 
G‘ilay aytadiganini aytib, orqasiga xotirjam qaytdi. U «Endi bu xonadonga 
qaytmasman», deb o‘yladi. Kesakpolvonning xohishi bilan, yanada aniqroq aytilsa
Asadbekning buyrug‘iga ko‘ra hojasi «safardan qaytgunicha» hech narsa bo‘lmaganday 
har kuni shu yerda yurishi mumkinligi xayoliga ham kelmadi. 
Mashina o‘rnidan jilgach, Kesakpolvon G‘ilayning yelkasiga urib qo‘ydi. 
— Qoyilman, erkak degani shunaqa bo‘ladi. Endi, okasi ko‘zidan, sen ham charchading, 
men ham ezilib ketdim. Bi-ir maishat qilmasak yorilib o‘lamiz. Bugungi maishat sendan. 
Diding zo‘r, deb eshitganman. Qani, marjalaringning mazasini biz ham bir totib ko‘raylik-
chi... 
— Gap yo‘q, okaxon, — dedi G‘ilay. 
G‘ilayning «okaxon» deyishi Kesakpolvonga moydek yoqdi. G‘ilay qaysi tomonga yurish 
lozimligini aytgan edi, Kesakpolvon uning gapini bo‘ldi: 
— To‘xta, avval akaxoningni joyiga tashlab ketaylik, orqada dimiqib ketgandir, — dedi. 
Keyin haydovchi yigitga qaysi qabristonga borilajagini tushuntirdi. Yo‘l-yo‘lakay 
go‘rkovning uyi qarshisida to‘xtab, Bo‘tqa shirakayf bir kishini boshlab chiqdi. G‘ilay 
yonidan joy olgan eski choponli go‘rkovdan irganib yuzini burdi. Ajab hol: odam 
o‘ldirishdan irganmagan G‘ilay odam ko‘muvchidan irgansa?.. 
Mashina zulmat qo‘ynidagi qabriston yonida to‘xtagach, Kesakpolvon G‘ilayga qaradi: 
— Tush, akaxoningni kuzatib qo‘y, harholda qadrdon edinglar, yana narigi dunyoda 
sendan xafa bo‘lib, arazlab yurmasin. 
G‘ilay bu buyruqqa ham itoat etdi. 
Yo‘lga chiqishgan onda Kesakpolvon murdaning qaysi qabristonga eltilganini G‘ilay 
bilmay qo‘ya qolsin, deb o‘ylagan edi. Keyin «Bilsin, o‘zi ko‘tarib kirsin, «g‘ing» desa 
akaxoni yonidan joy olishini ham bilib qo‘ysin» degan qarorga keldi. G‘ilay mashinaga 
qaytgach, pisanda qildi: 
— Bu yerda ancha bo‘sh joylar bor. 
G‘ilay uning nima demoqchi bo‘lganini fahmladi. Garchi ichida «o‘zingga buyursin», deb 
o‘ylasa-da, tilidan boshqa gap uchdi: 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling