Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
49 bo‘lmasa bir harakat bilan o‘ch olishga intilar edi. Hovliga bog‘lab qo‘yilgan it hech mahal «Hojam o‘lsa shu uyga xo‘jayin bo‘laman», deb orzu qilmagani kabi Shomil g‘ilay ham «Hosilboyvachchadan keyin uning mulki menga qoladi», deb fikrlamagandi. Agar birov «Hojang yaqinda itday o‘lim topadi, tayyorgarligingni ko‘rib qo‘y», deb bashorat qilsami, bir oyli chaqaloqning kallasiday keladigan mushtdan tatib ko‘rishi tayin edi. G‘ilayning shu xayolda yurmagani ham Kesakpolvonning baxtidan. Agar mulkka egalik hissi uyg‘onsami, bu tuyg‘u jon achchig‘iga nisbatan qudratliroq bo‘lar, oqibatda uni uncha-buncha zanjir jilovlay olmas edi. G‘ilay qo‘l-oyog‘i bog‘langan holda, gardanidagi og‘riqdan azoblanib yotganida hojasini ko‘z qiri bilan ko‘rib, nima qilishini fikrlagan, o‘zining chorasizligiga amin bo‘lgan edi. Keyingi kunlar ichi Hosilboyvachcha g‘olib odamning qadamlari bilan odimlay boshlaganida G‘ilayning shum ko‘ngli bir noxushlikni sezgan, uni yo‘ldan qaytarishni xayol ham qilgan, ammo hojasi o‘zgalarning maslahatiga yurmasligini bilgani uchun tilini tiygan edi. U buyruqni bajaruvchi so‘qir jangchi edi, uzoqni ko‘ra oladigan basir sarkarda emasdi. Mashina Hosilboyvachchaning darvozasi qarshisida to‘xtaganida Kesakpolvon «Tushaver» degan ma’noda G‘ilayga qaradi. G‘ilay o‘rnidan darrov jilmadi. Bir necha soat ilgari bu ostonadan mag‘rur holda bosib chiqqan odamning endi bu uyga mutlaq qaytmasligi uning qalbini eza boshladi, demak yolg‘ondir. Qalbi ezilmasa-da, bu uyning hojasiz qolgani uning uchun noxush edi. Hozir mashinadan tushishi kerak. Hovliga kirib «kennayi!» deb chaqiradi. (Hosilboyvachcha ham, xotini ham o‘zidan ancha kichik bo‘lishsa-da, hojasining hurmatini qilib, «kelin» emas, «kennayi» derdi). Hojasining (endi sobiq hojasining) zavjasi chiqqach, «Akam safarga ketdilar», deydi. Bunaqa hol ko‘p bo‘lgan. Shu sababli ayol «qayoqqa ketdilar, qachon keladilar?» deb so‘ramaydi. G‘ilay uchun shunisi durust. Kesakpolvon bir necha nafasgina taraddudlangan G‘ilayning yelkasiga «tusha qol» degan ma’noda asta turtdi. G‘ilay unga bir qaragach, mashina eshigini ochdi. Kesakpolvon qo‘liga to‘pponchani oldi. Mashina bilan uy orasidagi masofaga qil ko‘prik tortilgan, G‘ilay shu qil ko‘prik ustidan, langar cho‘psiz borardi. Sal og‘sa o‘lim jariga qulaydi. Kesakpolvon gardaniga urib o‘tirmaydi, tepkini bosa qoladi. G‘ilay buni bilgani uchun ham oshiqcha harakatdan o‘zini tiydi. Hojasi qonga belangan, ikki bukilgan holda mashina yukxonasida yotibdi. Asadbekning mulkiga ega chiqqan holda mag‘rur qaytmoqni xayol qilgan odam chorasiz, bir janozaga, bir kafanga, ikki quloch yerga zor yotibdi. Kafansiz, janozasiz ketishi aniq, ikki quloch yerga ega bo‘lishi esa Kesakpolvonning «marhamati»ga bog‘liq. U marhamat qilsa, qabristonga tashlab o‘tadi. Go‘rkov egalari unutgan biron eski qabrga joylaydi. Oqibatda biron kampirmi yo cholningmi suyaklari yonida uning jasadi ham chiriydi. Qutlug‘ tabiatli shoh Jamshid bir buloq boshidagi toshga shunday bitik yozdirgan ekan: Bul chashmaga bizdek baso lab urdilar, Keldilar bir lahza, so‘ng ko‘z yumdilar. Oldilar dunyoni mardlik, zo‘r bilan, Eltmadilar, qoldilar bir go‘r bilan... Haqiqat shulkim, hech kim mulkini orqalab o‘zi bilan u dunyoga olib ketmagan. Shoh Jamshidday zot mulkini go‘riga elta olmaganidan keyin Hosilboyvachchaga yo‘l bo‘lsin! Shohning-ku, o‘z go‘ri bor edi. Hosilboyvachchada shu ham yo‘q. Birovning qabridan joy tekkaniga ham shukr qilsa bo‘lar. Qil ko‘prikdan borayotgan G‘ilay ham, uning har bir harakatini kuzatayotgan Kesakpolvon ham bularni o‘ylashmaydi. Birining maqsadi yangi hojalari bilan «yaxshi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling