Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
51
— Bu yer menbop emas ekan... 
G‘ilay boshlab kelgan maishatxonaga kirib borishayotganda Kesakpolvon uni to‘xtatib, 
so‘radi: 
— Do‘xtirning oldiga sen boruvmiding? 
— Qaysi do‘xtir? 
— O‘zingni go‘llikka solma, Asadni ko‘rgan do‘xtirni aytyapman. 
— Ha, umi... boruvdim. 
— O‘ladi, dedimi? 
— Shundoq dedi. 
— Sen shu gapni akaxoningga aytibmiding? 
— Aytuvdim. 
— Akaxoning Asadnikiga shuning uchun boruvdimi? 
— Yo‘q, bir nima ko‘rsatmoqchiydi. 
— Nima? 
— Qizi shalava bo‘lib ketgan. Shuni vidikka oldirgan edi. 
— Quloqqa tepma. 
— O‘zim organizovat qilganman. 
Kesakpolvon uning kekirdagiga chang soldi: 
— Ovozingni o‘chir. Agar akaxoningga ergashishni istamasang, bu gapni esingdan 
chiqar. Do‘xtirning aytganini ham unut. Asad o‘lmaydi. Do‘xtirning zo‘ri bilan 
gaplashdim. Davolaydigan bo‘ldi. Akaxoning ahmoq edi. Asad o‘ladigan bo‘lsa, bu yerda 
men turibman! 
Kesakpolvon shunday deb bir qadam tashladi-yu, to‘xtadi: 
Kasseta kimda, sendami? 
— O‘zida edi... 
— Voy ahmoq... 
Kesakpolvon orqasiga qaytib Bo‘tqani imlab chaqirdi-da, qabristonga qaytib borib 
murdaning kiyimlarini tintib ko‘rishni tayinladi. Bo‘tqa eshik tirqishidan qarab 
Chuvrindining tintiganini, nimalarnidir olganini ko‘rgan edi. Shunday bo‘lsa ham, 
Kesakpolvonga gap qaytarmay «xo‘p» deganicha mashinaga o‘tirdi. 
Kesakpolvonning «bu yerda men borman!» degan gapiga G‘ilay yaxshi tushundi. Yangi 
hojasi bir qanotini ko‘tardimi, bas, issiq pinjiga kirishi kerak. U ahmoq jo‘ja emaski, 
jonsiz tovuqning qanotida umr kechirsa! Shu bois Kesakpolvonga yoqadigan yana bir 
gap aytdi: 
— Hadeb «akaxoning» deyavermang, mening akaxonim — sizsiz! 
_________________ 
*M a z m u n b u d i r: «Darhaqiqat inson o‘zini boy-behojat ko‘rgach, albatta tug‘yonga 
tushar yo haddidan oshar». («Alaq» surasi, 6-7-oyatlar. Alouddin Mansurning ma’no 
tarjimasidan.)
2 
Abdurahmon tabib garchi «sen... valadi zinoga o‘xshaysan», degan gapni jahl ustida 
bilib-bilmay aytib yuborgan bo‘lsa-da, yanglishmagan edi. Kesakpolvon «valadi zino» 
nima ekanini bilmasdi, shu sababli cholning gapiga tushunmadi, «Bu nima degani 
ekan?» deb boshini qotirib ham o‘tirmadi. Tushungan taqdirda buni haqorat fahmlab
cholning kekirdagidan olgan bo‘lardi. Abdurahmon tabib tiliga kelib qolgani uchun shu 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling