Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
53
Yetakchining urushga jo‘natilganidan dahshatga tushdi. U urushning nima ekanini, el 
boshiga qanday kulfatlar keltirishini bilmas edi. U urushning sovuq nafasidan emas, 
sharmandalikning vujudni kuydiruvchi olovidan titrar edi. «Fashist zang‘arni bir-ikki oyda 
enasinikiga kiritib qaytib kelishadi», degan umidli gaplarga ishonib, kutishdan o‘zga 
chorasi yo‘q edi. 
Ikki oy o‘tdi, uch oy... «Fashist zang‘ar enasinikiga kirishga» shoshilmadi. Umidli gaplar 
o‘rnini vahimali mish-mishlar egalladi. Bu orada mish-mishlardan ham vahimaliroq, 
dahshatliroq voqea yuz berdi— ko‘ngli aynib, holsizlanib yurgan Mohichehra yukli ekanini 
fahmladi. Fahmladi-yu, qishloqdan ketishdan o‘zga chorasi yo‘qligini bildi. 
Haydar — Kesakpolvon shaharda tug‘ildi. U urushdan titrayotgan dunyoni tezroq 
ko‘rishga shoshildimi yo onasining sharmandali yukdan tezroq holi qilishni istadimi, 
harholda muddatidan ertaroq tug‘ildi. Kattaroq telpakka sig‘ishi mumkin bo‘lgan 
darajadagi mitti chaqaloqning bu dunyoda yashab qolishi gumon edi. Lekin bu valadi 
zinoning jussasi kichik bo‘lsa ham umri qisqa emas ekan. U yoshiga to‘lmay turib, hali 
erga tegmagan onasining «tug‘ib qo‘ygani» haqidagi xabar qishloqqa yetib bordi. Bu 
sharmandali xabar qishloqqa bordi-yu, o‘rniga Yetakchining halok bo‘lgani haqidagi 
shum xabar qaytdi. Mohichehra sharmandali yukni ko‘tarib yurishga chidamadimi yo 
chindan ham «fashistdan o‘ch olmoq» qasdidami, harholda urushga jo‘navordi. Hatto 
ijarada turgan uy bekasiga ham aytmadi. Ijara pulini to‘larmikin, deb kutayotgan ayolga 
shu bola qoldi. Ayol taqdirga tan berib bir necha oy boqdi. Keyin... bolalar uyiga 
topshirdi... 
Kesakpolvonning tili bolalar uyida chiqdi. Bolalar uyida atak-chechak qildi. Bolalar uyida 
esini tanidi. Asosiy hunari — o‘g‘irlikni ham shu yerda o‘rgandi. 
Urush oyoqlab bo‘lgan, ammo dunyo tashvishlari ozaymagan edi. «Urush tamom bo‘lsa 
ota-onam kelib, meni olib ketadi», degan umid bilan ulg‘ayayotgan bolalar, tushlarida 
ota-onalarini ko‘rib, tongda ko‘z yoshi bilan ulg‘ayayotgan dili poralarning yorug‘lik 
kunidan esa darak yo‘q. Yoshi kattaroq bolalar «Ota-onalarimiz urush asoratlarini 
tugatish uchun uzoqlarda mehnat qilishyapti» yoki «Bizni qidirishyapti» deb o‘zlariga 
o‘zlari tasalli berishardi. Urush nima ekanini, uning asorati ne ekanini bilmaydigan, 
tasavvur ham qila olmaydigan Haydar — bo‘lajak Kesakpolvon esa ularga qo‘shilib umid 
quyoshidan bahra olardi. U otasining o‘g‘il farzandli ekanidan, o‘zidan haromi bo‘lsa-da, 
zurriyod qolayotganidan bexabar hayotdan ko‘z yumganini, onasining esa behush holda 
asirga tushganini, urush tugab, asirlikdan qutulib, «Vatan xoini» degan la’nat tamg‘asi 
bilan tumanli, sovuq o‘lkalarda azob chekayotganini, Haydar deb ism qo‘yib, begonalar 
qo‘liga tashlab kelgan bolasini sog‘inayotganini, tonglarni ko‘z yoshlari bilan 
qarshilayotganini bilmas edi. 
Bolalar umid quyoshiga sig‘inib yurgan kezlarida ularning saflariga sakkiz-to‘qqiz 
yoshlardagi bir bola qo‘shildi. Nonushta chog‘ida u Kesakpolvonning yonida o‘tirdi. 
Berilgan nondan bir-ikki tishlagach, qolganini cho‘ntagiga yashirdi. 
— Noningni nimaga yemading? — deb so‘radi Kesakpolvon. 
Bola javob bermadi. 
Kesakpolvon uning biqiniga turtib yana so‘ragach, bola yon-atrofga bir olazarak bo‘lib 
olib, so‘ng past ovozda dedi: 
— Oyimlarga beraman. 
Bu gap Kesakpolvonni xayratga soldi: 
— Hali oying bormi? 
— O‘zingniki yo‘qmi? 
— Mening oyim urushda. 
— Urush tamom bo‘lgan. 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling