Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
55 — Mening oyim do‘xtirlar, dushman emaslar! — dedi ovozini bir oz ko‘tarib. — O‘chir! — dedi Homiy rasta ovozda. — Buni nega o‘ldirmoqchisan? — Nonimni o‘g‘irladi. — Qanaqa non? — Dushman oyisiga yig‘ayatuvdi, yo‘qotib qo‘yibdi, — dedi Kesakpolvon, «dushman» so‘ziga urg‘u berib. — Bu dushmanning ishi! Sen yetimlarning haqini dushman onangga bermoqchi bo‘ldingmi?! Seni bolshevikchasiga tarbiyalashimiz kerak. — Homiy qanday tarbiya qilishni bir oz o‘ylab olgach, qat’iy tarzda hukm chiqardi: — Har kuni noningning yarmini menga berasan! — Bermayman, — dedi bola. — Bermasang — o‘lasan! — O‘lsam ham bermayman. Sen — tekinxo‘rsan! Homiysi oldida botirlashgan Kesakpolvon bolaning kekirdagiga chang soldi. Xulosa shuki, bola nonining yarmini bolshevikcha tarbiya uchun qurbon qilishga majbur bo‘ldi. Yarmini esa... onasining haqiga xiyonat qilmadi, o‘zi yemay, yig‘averdi. Kunlar o‘tgani sayin u holdan toyib, ranglari sarg‘ayaverdi. Bir kuni oshxonaga kiraverishda boshi aylanib, yiqildi. Uni kasalxonaga olib ketdilar. Bolani boshqa ko‘rmadilar. Uning ahvoli, taqdiri bilan qiziqmadilar... Vaqt o‘tib, qorin nonga to‘yadigan kunlar ham keldi. Voyaga yetib, bolalar uyidan uchirma bo‘lgan bir Zo‘rning o‘rnini ikkinchisi egallayverdi. Shu zaylda Kesakpolvonning homiylari ham o‘zgaraverdi. Yozilmagan qonun asosida yangi Zo‘r salafining ishini risoladagiday davom ettirardi. Yosh ulg‘ayishi yoki Zo‘rning xohishi bilan ayrim bolalarning vazifalari o‘zgarardi. Boshqalar ayg‘oqchilikni durust eplasha olmasmidi, yo bu «vazifa»dan hazar qilisharmidi, harholda Kesakpolvon bu kasbidan uzoqlashmadi. U ba’zan martabasi ko‘tarilmayotganidan afsuslanardi. Ammo boshqa vazifalarga nisbatan aynan uning — ayg‘oqchining Zo‘rga yaqinligi tasalli berardi. Aynan shu yaqinlik tufayli bir kunmas bir kun Zo‘rning o‘rnini egallashi mumkinligiga aqli yetib turardi. Muddaosi sari yaqinlashayotgan damda kimningdir istagi bilan bu bolalar uyi yopildi. Ular turli bolalar uylariga tarqatildilar. Kesakpolvon katta shaharga shu zaylda keldi. Asadbek bilan ham shu bahonada tanishdi. Aniqrog‘i, Asadbek o‘qiydigan sinfga kelib, eng oxirgi partaga, bo‘yi boshqalarnikidan uzunroq bo‘lgan bola yoniga o‘tirdi. Qovog‘ini solib, tumshayib o‘tiradigan bu bolaning ismi Asad edi. Kesakpolvon uning bo‘yiga, avzoyiga qarab, «Zo‘ri shu bo‘lsa kerak», deb o‘ylab yanglishmadi. Asadbek boshqalarni huda- behuda urmasa ham, so‘kmasa ham yoshi kattaroq bo‘lgani uchun undan hayiqishardi. Kesakpolvon uning maktabga kechroq chiqqanini, otasi qamalgan yili esa sinfda qolganini dastlabki kezlar bilmasdi. Bir kuni sinf rahbari kirib Asadbek bilan Kesakpolvonni o‘rinlaridan turg‘izdi. — Turdialievning perosini qaysi biring o‘g‘irlading? — dedi g‘azabli ko‘zlarini ularga tikib. Bu davrga kelib Kesakpolvon ko‘zlarini lo‘q qilib qarashning ustasi bo‘lib qolgan edi — o‘qituvchiga «Bunaqa gapdan xabarim yo‘q», deganday bezrayib qarab turaverdi. O‘g‘irlikni or deb bilgan Asadbek esa bunday qila olmadi. Gumonning o‘ziyoq uni uyatdan bosh egishga majbur etdi. — Men o‘g‘ri emasman, — dedi u o‘qituvchiga tik qaray olmay. Shu zahoti uning yuziga shapaloq tushdi: — Sen, unsurning bolasi, menga to‘ng‘illama. Dars tugaguncha peroni joyiga qo‘ymasang — qamalasan! Endi hamma turib, xalq dushmanining o‘g‘liga, o‘g‘riga o‘z nafratini izhor qilsin! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling