Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
58
aka» de», deb o‘zini tanishtirdi. O‘z onasini «ona» deya olmaydigan odam begonani 
«dada» dermidi? «Toshmat aka», deyaverdi. Toshmat aka deganlari juda injiq ekan. 
Kesakpolvonning har qadamini kuzatadi. «Unday qilma, bunday qil», deb aql 
o‘rgataveradi. Bu ham yetmaganday, kechalari baqirib, kimlarnidir jangga boshlaydi. 
Xullas, bu hayoti joniga tegib, uydagi qo‘lga ilinarli narsalarni o‘mardi-yu, g‘oyib bo‘ldi. 
Kesakpolvon onasini tushunmadi. Tushunishi mumkin ham emasdi. Onasi esa g‘olib 
nafsning lahzalik rohati uchun bu dunyodagi umrini qurbon qilganini anglab yetdi. Shu 
bois o‘g‘lini boshqa qidirmadi... 
VI b o b 
1 
Zohid «Yoshligida Jamshid Sunnatullaevga oshiq bo‘lgan bu xonim kim ekan?» degan 
qiziqish bilan muovinning eshigini asta taqillatdi. Ichkaridan «Bandman!» degan ingichka 
ovoz eshitildi. Zohid odob yuzasidan picha kutdi. So‘ng yana taqillatdi. Ichkaridan bu 
safar «Bandman!» degan ovoz zardali ohangda keldi. Zohid bu zardaga parvo qilmay 
eshikni qiya ochdi-da «Mumkinmi?» dedi. 
— Bandman, kuting, — dedi muovin jahl bilan. 
Zohid bu gapni ham eshitmaganday eshikni kattaroq ochib, ostona hatladi. Xona 
to‘ridagi katta stolga tirsagini tirab o‘tirgan jikkakkina, qaldirg‘och qanotiday qayrilma 
qosh ostidagi dumaloq ko‘zlaridan qahr yog‘ilib turgan ayol «Bu bezbet yigit kim bo‘ldi 
ekan?» deb o‘ylab ham o‘tirmadi. 
Uning huzuriga turli yumush bilan turli toifa odam kelib turardi. Bular orasida 
muloyimlari ham, bezbetlari ham, shirinso‘zlari ham, to‘nkamijozlari ham bo‘lardi. U 
barchani bir tarzda — qoshlarini chimirgan holda qabul qilardi. Faqatgina gap orasida 
husnini maqtab o‘tuvchi erkaklargagina bir jilmayish hadya etib qo‘yar edi. 
Agar Zohid shoirtabiat bo‘lganidami, «Bu ohu ko‘zlarga g‘azab emas, kulib turish 
yarashadi», degan gaplar bilan ko‘nglini ovlardi. Zohid shoirtabiat ham emas, bu 
ayolning ko‘nglini ovlash niyati ham yo‘q. Bundan tashqari xonasiga kiruvchini it kabi 
qopadigan rahbaru rahbarchalarga azaldan tobu toqati yo‘q. U ichkariga bir qadam 
qo‘yishi bilan muovin jahl bilan o‘rnidan turdi: 
— Sizga «Bandman!» dedim?! 
— Eshitdim, — dedi Zohid. — Afsuski mening vaqtim ziqroq, boshqa kutolmayman. 
— Mening ham vaqtim ziq. Sizni qabul qila olmayman. 
— Vaqtingiz bo‘lmasa ham bostirib kirishga majburman. Xizmatim shunaqa. — Zohid 
shunday deb unga yaqinlashdi-da, hujjatini uzatdi. Muovin guvohnoma bilan tanishgach, 
shashtidan qaytdi. O‘rniga o‘tirdi. Ammo jiddiyligini yo‘qotmadi, qoshlarini chimirgan 
holda: 
— Xizmat? Biz nima gunoh qilibmiz? — dedi. 
— Gunohingiz yo‘q. Bir ishga aniqlik kiritishda yordam bersangiz? 
Marhamat, so‘rang. Faqat imillamang, vaqtim ziq. 
— Siz... Jamshid Sunnatullaev degan yigitni tanirmidingiz? 
«Tanirmidingiz?» degan so‘z muovinga «o‘sha voqeani eslaysizmi?» degan pisandaday 
tuyulib, yuragi shuv etib ketdi. Chimirlagan qoshlari asl holiga qaytdi. «Shuncha yildan 
keyin nimaga kavlashtirib keldi?» degan o‘y uni muovinlik shohsupasidan oddiy 
gunohkor banda holiga bir zumgina tushirdi. Yillar bo‘yi vujudini boshqarib kelayotgan 
kibr bu oniy chekinishdan g‘olib chiqib, uni yana o‘sha shohsupaga ko‘tardi. U yana 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling