Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
61 O‘zingiz esa xalqning bir farzandini beayb qamatib yuborasiz. Mening bilganim faqat Sunnatullaev. Siz yana nechta odamning umriga zomin bo‘lgansiz? Hech hisob-kitob qilganmisiz? Siz minbarda ko‘pirib aytgan adolat boshqa, biz himoya qilmoqchi bo‘lgan adolat boshqami? Adolatning rangi nechta o‘zi? Oddiy odamlar adolati jonsizu sizlarniki O‘lmas Kashcheydek davron suraveradimi? O‘sha O‘lmas Kashcheyingizning joni qaysi qutichada saqlanadi o‘zi? O‘sha qutichaga bizning qo‘limiz yetmaydimi? Undagi tuxumni olib quritishga kim qodir?..» Qahramon kampirshoga bo‘lgan qahrini xayolan sochib borayotgan Zohid bir zum to‘xtab, o‘zidan-o‘zi nafratlandi. Shartta qaytishga, bu gaplarni uning yuziga tik qarab turib aytishga jur’at qilolmagani uchun o‘zidan-o‘zi nafratlandi. Erkakning o‘zini nochor sezishi — qalbi uchun og‘ir azobdir. Tan azobidan bir necha hissa ortiqroqdir. Tan azobigayu malham em bo‘lar, qalb azobiga-chi? Duradgorning mixi tugasa, bir-ikki kun nochor bo‘lar. Ammo adolat mix emaski, bu do‘konda bo‘lmasa, boshqasidan topib ishini davom ettiraversa... Zohid g‘ashlangan ko‘yi idorasiga yetib bordi. Navbatchi rahbari kutayotganini ma’lum qilgach, «Telefondagi gapi chala qolgan ekan-da» degan fikrda uning xonasi tomon yurdi. Ichkaridan rahbarining baqirib aytayotgan gaplarini eshitib to‘xtagan edi, kotiba «kiravering, kutyaptilar», dedi. Zohid eshikni ochib, ichkariga ikki qadam qo‘ydi-yu, to‘xtadi. Rahbari qo‘lida bir tutam qog‘ozni ushlab, silkitganicha Zohidning hamkasbiga tanbeh berardi. U Zohidning kirib kelganini ko‘rsa ham, e’tibor bermay, dag‘dag‘asini davom ettirdi: — Siyosiy ko‘rlikdan qachon qutulasanlar o‘zi?! Qachongacha men sen galvarslarni deb dakki eshitaman? Sen, qovoqmiya, bularga nima deb ayb qo‘yyapsan? — Banditizm... — dedi tergovchi. — Ha, banditizm! Ko‘r emasman, o‘qidim, ayblovingni. Endi men shu ahmoqona qog‘ozingga qo‘l qo‘yaymi? Senga qo‘shilib men ham partiya siyosatiga qarshi chiqayinmi? Seni deb men ham qamoqda chiriyinmi? Sen menga ayt, KPSS yigirma birinchi s’ezdi qarorlarini o‘qiganmisan? Ayt, o‘qiganmisan? — Esimda yo‘q... — Ha, esingda yo‘q. Esning o‘zi bormi, sen galvarsda? Sen uchun men o‘ylashim kerakmi, a? Senlar jaraq-jaraq pul ishlayverlaring, boyvachcha bo‘lib kerili-ib yuraverlaring. Men esa senlar uchun o‘ylab yuray, eslab yuray... Hozir chiqib, s’ezd qarorlarini o‘rganib, keyin kelasan, — u shunday degach, qog‘ozlarni tergovchiga qarab otdi. Qog‘ozlar mo‘ljaldagi manzilga yetmay, sochilib ketdi. Tergovchi qog‘ozlarni yig‘ishtirayotganida rahbar Zohidga qaradi: — Qani, dono yigit, sen bilasanmi, partiya qarorlarini? — Partiyaning qarorlari ko‘p, qaysi birini aytyapsiz? — Qara-ya, yaxshi eslatding, men ahmoq qarorlarning ko‘pligini bilmas ekanman. S’ezd faqatgina banditizm haqida qaror qabul qilgan, deb yurarkanman, — dedi rahbar piching bilan. — Qani, nima degan, sen menga ayt! Zohid yelka qisdi: yigirma birinchi s’ezd qachon bo‘lganu nima degan, kimning esida turibdi? Hatto partiyaning rahbarlari ham unutishgandir bu qarorlarini. Nafsilamrni aytganda, o‘zini siyosiy hushyor, bilag‘on qilib, xodimlarini ezayotgan bu rahbar ham s’ezdning faqat shu qarorinigina bilardi. — Bilmaysanlar! Ha, bilmaysanlar, lekin donolik qilib, osmondan kelasanlar. O‘rgildim, sendaqa donolardan! Senlardaqa yuzta dononi yig‘ib kelsa, bir gramm aql topilmaydi-yu, yana karillaysanlar-a! Bilib qo‘ylaring: KPSS yigirma birinchi s’ezdi qarorlarida «SSSRda banditizm barham topgan», deyilgan! Sen esa, — u tergovchiga barmog‘ini bigiz qildi, — |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling