Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
64 bahslashardi. Zohid «Ish»ni yana varaqlab, qiziqishi orta bordi. So‘ng Botirovni shahar qamoqxonasiga ko‘chirish, qizni va boshqa guvohlarni tergovga chaqirish xususida kerakli hujjatlarni tayyorlashga kirishdi. Lozim qog‘ozlar taxt bo‘lganida shom qorong‘usi cho‘ka boshlagan edi. Ikki kundan so‘ng uning xonasiga hali yigirmaga to‘lmagan qiz bilan yoshi ellikdan oshgan, odmi kiyingan, qotmadan kelgan ayol kirib keldi. Zohid tergov boshlash uchun qog‘oz-qalamlarini tayyorlayotgan damda qizga zimdan razm soldi. Sho‘xligi, o‘yinqaroqligi bilinib turibdi. Ammo ko‘z qarashlarida buzuqlik alomati sezilmaydi. Sunnatullaevga osilgan xonimchaday g‘arko‘z emas. — Xola, iltimos, siz tashqariga chiqib turing. Avval qizingiz bilan gaplashib olay. Zohid muloyimlik bilan murojaat etgan bo‘lsa-da, ayol zardali ovoz bilan javob qaytardi: — Nima gapingiz bo‘lsa mening oldimda so‘rang. Sizlarni bilaman, sirtmoqni aylantirib kelib qizginamning bo‘yniga tashlaysizlar. Uch yildan beri hali u yoqqa sudrab, hali bu yoqqa sudrab, qizim sho‘rlikni jinni qilib yuboray dedingizlar. — Agar mendan gumonsirayotgan bo‘lsangiz, marhamat, advokat yollang, advokat ishtirokida so‘roq qilay. — Advokatingizga to‘laydigan pulim yo‘q, — dedi ayol zardali ovoziga yana kuch berib. — Advokatingiz nima-yu siz nimasiz... — ayol «bir go‘rsizlar», demoqchi bo‘ldi-yu, tilini tiydi. Zohid uning fikrini uqib: — Oq it, qora it — baribir itmi? — dedi piching bilan. — Unaqa demoqchimasman. — Siz meni birinchi marta ko‘rib turibsiz. Bu «Ish»ni men kavlab chiqarganim yo‘q. Qizingiz sud nohaq, prokuror nohaq, deb katta idoralarga arz qilibdilar. — Ha, arz qildi. Jinoyatni qilganlar ayshini surib yurishibdi. Siz bir sho‘rlikni qamab, adolat bo‘ldi, deb kerilib yuribsiz. — Uni men qamaganim yo‘q shekilli? — Siz bo‘lmasangiz boshqasi. Men siz deb idorangizni aytyapman, — dedi ayol so‘ziga aniqlik kiritib. — Mening idoram ham qamamaydi. Siz jinoyatchilarning ayshini surib yurganlarini qaerdan bilasiz? — Qizimning o‘zi ko‘rgan ularni. Ko‘chada ko‘rgan. Bir sho‘rlik boyaqishning qamalib yotishiga mening vijdonim chidamaydi. — Qizingizni ariza yozishga siz undadingizmi? — Qizim ahmoq emas, unda ham vijdon bor. Sizdaqalarda... — Ayol gap kelganda otasini ayamaydigan toifadan edi. Xonaga kirganida «bu bola g‘idi-bidi desa bir boplay», deb ko‘ngliga tukkan edi. Zohidning muloyim muomalasi uni shashtidan qaytardi. — Bizdaqalarda vijdon yo‘qmi? — dedi Zohid, uning chala qolgan gapini davom ettirib. — Unaqa demoqchimasman... O‘zingiz o‘ylab ko‘ring: qizim bilan katta idoraga bordik. Adolat qiling, bir boyaqishning umri zavol topmasin, dedik. Gaplarimizni eshakka aytsak tushunardi, u odam tushunmadi. Qizim shunda «agar adolat qilmasangiz o‘zimni yoqaman», dedi. U to‘nka nima deb javob qilganini bilasizmi? — Siz aytsangiz bilaman. — U to‘nka, qizimga gugurtini uzatdi. «Mang, yoqsangiz yoqing», dedi baloginaga uchragur. Keyin menga «Siz chiqib turing», dedi. Men merov bo‘lmasam chiqarmidim? Chiqdim. Insofga kirgandir, desam u qirchiningdan qiyilgur qizimga «Kechroq keling, sizni zo‘r joyga ishga kiritib qo‘yaman», debdi. He, idorang boshingdan ordona qolsin- a... — Xolajon, bu gaplarni qo‘ying. Mening ishim boshqa. Mayli, menga ishonmasangiz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling