Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
72
qursangiz nur alan-nur bo‘lur edi. Ammo, afsus shuki, qizlarimiz sizdan uyalyaptilar. 
Fikri ojizimcha, bu ham ularning bir ajib fazilatlaridur. Said Muzaffarxon janobim, 
qalbimdasiz, siz ayting endi. 
— Ollohdan umidim bisyordir, — dedi sohibbayt,— agarchi xonim afandim rizolik 
bildirsalar, avval nishon to‘yini o‘tkazsak, so‘ngra to‘yga qadarli fursat bo‘lar, qizlar bilan 
suhbat qurarlar... 
Manzura «nishon to‘yi» nima ekanini tushunmasa ham, mezbonlarning ra’yini 
qaytarmaslik uchun bosh irg‘ab qo‘ydi. Tasdiq ishorasini olgan mezbon chehrasi yanada 
yorishdi. 
— Xonim afandim nimani ixtiyor etiyurlar: nishon to‘yi villada bo‘lgani ma’qulmi, yoinki 
restorandami? 
Manzura «Bu savolga men javob bera olmayman», deganday najot izlab doktor 
Xudoyorga qaradi. 
— Restoranni qo‘ying, afandim. Harom ko‘p u yerda. Yaxshi niyat ila qurilajak oila 
binosining poydevorini harom yerda qo‘ymaylik. Shunda, halol luqma ila boshlangani 
Ollohga xush yoqar. Menga ma’lumki, afandim, siz behad saxiy janoblardansiz. Nishon 
to‘yiga ham oz emas, biron ikki-uch yuz mehmon chorlamoqni orzu etajaksiz. Siz bu 
orzularning bahridan o‘ting, janobim. Yigirma, boringki, o‘ttiz chog‘li ko‘ngilga yaqin 
insonlar tashrif buyursalar, basdir. To‘y ham dabdaba ila o‘tmasin, desam ko‘nglingiz 
ranjimasin. Chunki to‘yning dabdaba bilan o‘tishi mutlaqo shart emasdir, bil’aks, 
yoshlarning bundan keyingi hayotlari dabdaba bilan o‘tsin, deb Ollohdan so‘raylik. 
Kelishuvga shu zaylda yakun yasaldi. Nishon to‘yi yaqin kunlarga belgilanib, asosiy 
to‘yni Asadbekning kelishiga qarab o‘tkazadigan bo‘lishdi. 
Kechki ovqatdan so‘ng mezbonlar ketishgach, Manzura Abdulhamiddan so‘radi: 
— Nishon to‘yi deyishdi, u nima degani? 
— Umi... — Abdulhamid kulimsiradi, — bizningcha, unashtirish, degani. Fotiha to‘yi ham 
deyiladi shekilli? Siz hozir nima ish qilib qo‘yganingizni bilasizmi? 
— Nima qibman? 
— Bizni unashtirib chiqdingiz, — Abdulhamid shunday deb mug‘ombirlarcha kuldi. 
Manzura esa kaftlarini yuzlariga bosdi: 
— Voy o‘lmasam!.. Bilmay-netmay, a?.. 
Tashvishlanmang, oyi. Nishon to‘yidan so‘ng qizlar bilan yaxshilab tanishib olasiz. 
Yoqmasa, to‘y bo‘lmaydi, fotiha buziladi. Buning hech qo‘rqinchli joyi yo‘q. 
— Qo‘y, unday dema, sovuq nafas qilma. Men senga qizlar yoqmadi, demadim-ku? 
O‘zlaringga yoqayotgan bo‘lsa, bas-da... 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling