Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
68 — Adanglar yaxshimilar, yo‘tallari qolay dedimi? — Yaxshilar. — Bugun bordingmi, xabar oldingmi? Zaynab javob bera olmadi. Otasini ko‘rganini, qay ahvolda yuzlashganini qanday ayta olardi? — Adanglarni bugun ko‘rdingmi? — Ko‘rdim... — Ering yaxshi yuribdimi? Uyda yo‘qmi yana? — Yo‘qlar. — Men yaxshi yetib keldim. Akalaring bilan gaplashasanmi? — Mayli... Zaynab akalari bilan ham shu tarzda gaplashdi. Sharmandalik balchig‘idan xalos bo‘lmagan, bir qo‘lida sirtmoqni mahkam changallab turgan juvon jigargo‘shalari bilan nima haqda gaplashsin? Abdulhamid go‘shakni onasiga uzata turib: — Kayfiyati chatoqroqmi, gaplashgisi ham kelmadi, — deb qo‘ydi. Manzura yana qayta-qayta hol-ahvol so‘ragach, gapni bas qildi-da, o‘g‘illariga ma’yus boqdi: — Kasal bo‘lib qolganga o‘xshaydi... Bolasi nobud bo‘lganidan beri ezilib ketdi... Manzura bu gapni beixtiyor ravishda aytdi. «Ering yaxshimi, uyda yo‘qmi?» degan gapidan beri o‘g‘illarining ajablanib o‘tirishganini sezmadi. Uning xayoli qizi bilan band, o‘g‘illarining uydagi voqealardan bexabar ekanliklarini unutgan edi. Onasining ma’yus chehrasida g‘am bahrining mavjlarini ko‘rgan Abdulhamid: — Zaynabni... qachon uzatdinglar? — deb so‘radi. Bu savol Manzuraning xayolini qizi bag‘ridan yulib olib, o‘g‘illari huzuriga qaytardi. — Hali bir yil bo‘lgani yo‘q... — Bizga nima uchun aytmadinglar? — dedi Abdusamad ranjiganini yashirmay. — Dadangni bilasan-ku, o‘qishlaridan xayollari chalg‘imasin, dedilar. — Kuyov kim, biz taniymizmi? — deb so‘radi Abdulhamid. — Bilmadim, tanirmikansan? — Manzura kuyovining nomini aytishga qiynaldi. — Ashulachi yigit ekan... Elchin... — Elchin? — Abdusamad o‘rnidan turib ketdi. — Qamalib ketgan otarchimi? Oyi, Zaynabni kimga berganingizni bilasizmi? — Bilaman, jon bolam, bilaman. Taqdir ekan-da... Adangning fe’li o‘zingga ma’lum-ku? — Adam... Zaynab-chi, Zaynabning o‘zi ko‘ndimi? — Ko‘nmasa... tegarmidi?.. Abdusamad otasiga o‘xshash — ba’zan sal narsaga tutab ketadi. Abdulhamid esa onasiga tortgan. Mulohaza bilan ish yuritadi. U onasini qiynayotgan, birovga, hatto o‘z o‘g‘illariga ham ayta olmaydigan dardi borligini sezdi. Shu sababli tutay boshlagan akasiga qarab labini tishlaganicha boshini sarak-sarak qilib qo‘ydi. Abdusamad ukasining maqsadini anglab, boshini egib o‘tirgan onasining yelkasidan quchdi. — Oyijon, yuring, bog‘ni aylanib kelamiz. Manzura istar-istamas o‘rnidan turdi. — Mahmud akangga tilpon qilsak bo‘larkan. O‘zimi, xotinimi xabar olib tursa bo‘lardi. — Hamid, sen buyurtma berib kutib o‘tir, biz aylanib kelamiz. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling