Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
76
o‘rtog‘ining ko‘nglini og‘ritib qo‘yishi mumkinligini fahmlab, sukut saqladi. Jalil bu 
sukutni mag‘lublik alomati deb o‘ylab, g‘oliblarga xos qarash bilan oshnasidan yana so‘z 
kutdi. 
— Nima qilasan, bolalarni yig‘asanmi? — dedi nihoyat Asadbek, avvalgi mavzuga qaytib. 
Aytdim-ku, senga... — dedi Jalil o‘sha qaysarlik bilan. 
— Menikiga kelmasa, uyingga chaqir. Bo‘lmasa... choyxona bor. Bitta osh mendan. 
— O‘h-ho‘... juda kattaga tushasan-ku, a? Oshnam, hamyoning ko‘tara olarmikin buncha 
xarajatni? — dedi Jalil piching bilan. Asadbek unga bir sapchimoqchi bo‘ldi-yu, uning 
quvlik bilan jilmayganini ko‘rib, shashti pasaydi. «Ponani pona bilan chiqaradi», 
deganlariday o‘zi ham piching bilan javob qaytardi: 
— Hamyonim ko‘tarmasa Jalilboyvachcha degan oshnam bor, qarab turmas axir. 
Suhbat shu zaylda davom etaverdi. Dam kinoya, dam g‘azab, dam po‘pisa ohanglari bir-
birlariga iltifot qilib, suhbat maromiga hojalik qildilar. Jalil ketishga shoshilmadi. Asadbek 
esa uni quvmadi. 
Asadbek so‘zni asosiy maqsadga burishga qanchalik urinmasin, shu gapga kelganida tili 
aylanmay qolaverdi. Yo‘q, u oshnasiga qizi fojiasi yoki bugungi otishmani aytishni niyat 
qilmagan. Uning maqsadi boshqa. 
Qizini sharmandali holda ko‘rib, iziga qaytayotganida xayoliga «nima uchun meni Xudo 
yomon ko‘rib qoldi?» degan savol urildi. Bu savolni keyinroq ham tez-tez esladi. Elchinni 
tirik ko‘rganida ham xayolini shu savol bir yoritib o‘tdi. Bu savolga o‘zi javob topa olmas 
edi. Jalil kelganida undan so‘ramoqchi bo‘ldi. Lekin o‘zi bilmagan qandaydir kuch uni 
to‘xtatdi. Sukutga berilgan onlari xayolan Jalilga shu savolni berdi. Jalil esa unga: 
— Avval Xudo seni yaxshi ko‘rarmidi? — deb javob qiladi. 
— Avval hamma ishlarim silliq edi. Boshimga bunchalik balo toshlari yog‘ilmagandi. 
— Xudo seni sinayotgan edi. Sen boshqalarning boshiga ofat toshlari yog‘dirib kun 
ko‘rding. Endi bu toshlarni o‘zing ham bir totib ko‘r-chi? «Pichoqni oldin o‘zingga ur, 
og‘rimasa birovga ur», degan hikmatni eshitmaganmisan? Sen bu hikmatga amal 
qilmading. Pichoqni avval birovlarga urib, lazzatlanding. Endi esa pichoq etingni sal tilib 
ketsa, voy-voylab o‘tiribsan... 
Asadbek do‘sti bilan xayolan shunday bahs yuritib «Bu odamdan faqat shunaqa sassiq 
gap olasan» degan qaror bilan savolini tiliga chiqarmadi. 
Jalil «shunday so‘rrayib o‘tiraveramizmi, ul-bul olib chiqay», deb ukasinikiga yo‘l 
olganida uning izidan yana shu savolni xayolan berib ko‘rib, bu safar lo‘ndaroq javob 
oldi: 
— Xudo seni nima uchun yaxshi ko‘rishi kerak?..
2 
Jalil ukasinikidan qaytayotganida Chuvrindiga yo‘liqdi. Mashinadan tushiboq xush 
kayfiyat bilan ko‘rishgan Chuvrindi eshikni ochmoqchi bo‘lganida Jalil uni to‘xtatdi: 
— Akangga nima bo‘ldi? 
— Nima bo‘pti? Bilmasam... Uyga borsam yo‘qlar, hoynahoy shu yerdadirlar, deb 
kelayotganim. 
— Shunaqami?... — Jalil achchiqlanib «it ham egasiga bunchalik vafodormasdir», deb 
o‘yladi, so‘ng Chuvrindining bilagidan ushlab, o‘ziga qaratdi: — menga yaxshiroq qara-
chi, ahmoqqa o‘xsharmikinman? 
— Ie, Jalilxon aka, nimaga unday deysiz? 
— Men akang bilan ko‘cha changitib yurganimda sen adangning belida ham yo‘q eding. 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling