Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
78 — Nima demoqchisan, aytaver. — Balki kasalxonada davolatsakmikin? — Kallang joyidami?! Boshmi bu yoki tomosha qovoqmi? Kim u, bilasanmi? Asadbekning qizimi yo ko‘chada it ham, bit ham tepib o‘tadigan odammi? Bir marta kasalxonaga yotqizganing kamlik qildimi? — Men bilib o‘tiribmanmi?.. — Bilishing kerak edi. Og‘zingga pashsha o‘tirib ketsa ham lallayib yotaver, «bilibmanmi...» deb. Jalil qaytib kirguniga qadar ham Asadbekning g‘azab o‘qlari tugamadi. Chuvrindi esa ertakdagi bahodirlarday ko‘kragini bu o‘qlarga tutib, chidam bilan turaverdi. Mastava sho‘r tuyulib, Asadbek uch-to‘rt qoshiqdan ortiq icholmadi. Chuvrindi esa irimiga lab tekkizib qo‘ydi. Jalil ularga e’tibor bermay mastavani xo‘rillatib ichib, kosani bo‘shatdi. — Endi uyga boramiz, — dedi Asadbek, labini sochiqqa artayotgan o‘rtog‘iga qarab. — Hamma uy-uyigami? — deb aniqlashtirdi Jalil. — Yo‘q, sen menikiga borasan. Gaplashib yotamiz. — Boring, akaxon, — deb hojasini quvvatladi Chuvrindi, — bir kun ming kun bo‘larmidi, bi-ir otamlashib yotasizlar. — Borsam boraveraman-da, uyda emizikli bolam qolib ketarmidi, — Jalil shunday deb kosalarni yig‘ishtirdi-da, tashqariga yo‘l oldi. Asadbek ham o‘rnidan turib hovliga chiqdi. — Odamlaringga tayinla. Pashsha ham uchib o‘tmasin bu hovliga. Kun yorishganda qon tekkan yerni qirib tashlashsin. Jalilning gaplarini eshitding-a, isi chiqmasin. — Bolalarni?.. — Ularga tega ko‘rma. Lekin shu atrofdagilarning og‘zi mahkam bo‘lishi kerak. Nima qilish kerakligini o‘ylab ko‘r. «O‘ylab ko‘r», deyish oson. Ammo o‘ylab, eng ma’qul yo‘lni topishning o‘zi bo‘larmi ekan? «Ikkita, uchta o‘q ovozi bo‘lsa edi, eshitganlar unga e’tibor berishmasa,— deb o‘yladi Chuvrindi. — O‘likka shuncha o‘q uzish shartmidi?..» Shart emas edi. Bu Asadbekka ham ma’lum narsa. Ammo o‘shanda unga hokimlik qilgan g‘oyib kuchi shunga majbur etdi. Chuvrindining bu holni his qilishi mushkul. Ayni chog‘da og‘ir tuyulgan bu masalaning yechimini Chuvrindi tongda topdi. Hosilboyvachchaning yigitlari bilan bo‘lgan uchrashuvdan keyin Halimjon Chuvrindining topshirig‘iga ko‘ra tergovchi qiyofasida qo‘ni-qo‘shnilarnikiga bir-bir kirib chiqdi. Ajoyibotni qarangki, ularning birontasi ham o‘q ovozini eshitishmabdi. Hatto Jalilning jiyanlari ham «O‘q ovozini eshitdinglarmi?» degan savolga «Qanaqa o‘q?» deganlaricha bezrayib turaverishdi. Bu manzara ertaning ishi. Bu kech esa Asadbek topshiriqni berib mashinaga o‘tirdi. Chuvrindi ikki oshnani kuzatgach, uyiga qaytishga otlandi. Yo‘l-yo‘lakay yana Zaynabdan xabar oldi. Xotini yetib kelgan, o‘qchiyotgan Zaynabga choy tutib, «iching, aylanay, terlasangiz o‘tib ketadi», deb zo‘rlayotgan edi. — Qanaqa choy beryapsan? — deb so‘radi Chuvrindi, ostona og‘zida to‘xtab. — Ko‘k, — dedi xotini. — Famil damla. Rosa achchiq bo‘lsin. Shunday deb yana bir oz turgach, iziga qaytdi. 3 Tong g‘alati manzara bilan otdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling