Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
77
Men og‘aynimning ko‘ziga qarab, ichida dardi borligini bilaman. Hali sen meni 
laqillatmoqchi bo‘lasanmi, ayt, nima gap o‘zi? 
— O‘zlaridan so‘ramadingizmi? 
— O‘zi dardini aytadigan odammi? 
— Sizga aytmagan sirlarini menga aytarmidilar. Men ham hayronman, o‘zi. Kennayim 
ketganlaridan beri kayfiyatlari yo‘qroq. 
— Do‘xtirga qaratyapsanmi? Yo‘tali juda xunuk-ku? 
— Do‘xtir dori bergan. Xudo xohlasa yaxshi bo‘lib ketadilar. 
Jalil undan gap ololmasligini bilib, bilagini qo‘yib yubordi. «Bir go‘rsanlar hammang», 
deb ichkari kirdi. Uyga kirgach, Chuvrindi biron ishora qilarmikin, deb kuzatdi. Asadbek 
a’yonining jilmayib salom berishidanoq ish yaxshi bitganini fahmladi. Ortiqcha imo-
ishoraga hojat qolmadi. Chuvrindi avval uyga o‘tgani, so‘ng bu yoqqa tavakkal qilib 
kelaverganini aytib, tanchaning bir tomonini egallab o‘tirdi. 
Jalil ukasinikidan olib chiqqan dasturxonni o‘rtaga qo‘ydi. 
— Jiyan hozir choy olib chiqadi, — dedi u, — ukam ismenda ekan, kelinga aytdim, 
mastavaga unnadi. Bir terlasang, yengil tortasan. 
— Bekor ovora qilibsan, uyga boraqolamiz, — dedi Asadbek. 
— To‘xta endi, mastavani ichib ket. Jiyanlarim aytishdi: hali shu tomonda miltiq 
otilganmishmi? — Jalil shunday deb ikkoviga sinovchan boqdi. 
— Agar sening jiyanlaring eshitishgan bo‘lsa otilgandir. Senga-yu, urug‘laringga Xudo 
jag‘ bilan quloqni ikki normadan qilib bergan. Miltiq ovozini eshitishgan bo‘lsa... bitta-
yarimta qarg‘a otgandir. 
— Gaping to‘g‘ri, — dedi Jalil, — hozir go‘sht qimmat, qarg‘ani otib, qozonga bosgandir. 
O‘zi azaldan shu mahallada qarg‘a otib tirikchilik qilishadi. O‘zing ham qarg‘a go‘shti yeb 
katta bo‘lgansan, esingdami? 
Chuvrindi ikki oshnaning bu ilmoqli gaplaridan kuldi. 
— Gapga ham to‘n kiyg‘izvorasiz-da, ammo aka, — dedi Jalilga, — Eskiroq moshina 
o‘tgan bo‘lsa, paqillagandir. 
— Ha... men ham shunaqa dedim ularga. Miltiq-piltiq degan gaplarni yig‘ishtirlaring, 
senlarga shunaqa tuyulgan, dedim. 
Shu gapdan so‘ng Asadbek Chuvrindiga ma’noli qarab qo‘ydi. Jalil bu qarashda bir sir 
yashiringanini sezib, bu haqda so‘z ochib xato qilganini fahmladi. 
Chuvrindi kelguniga qadar bolalikning mas’ud damlariga qaytib, ko‘ngil g‘ubori 
ko‘tarilayotgan Asadbek yana bugungi kunning zaharli havosidan nafas ola boshladi. 
Go‘yo Chuvrindi bilan birga bu xonaga kunning izg‘irinli tashvishlari ham qaytganday 
bo‘ldi. To‘p tepib, qiyqirib yurishlar, o‘rtog‘ining qo‘li singani, ko‘kragi yong‘oqday bo‘lib 
qolgan hurkak qizlarga tegajoqlik qilishlar... hammasi iziga qaytmas o‘q kabi uchib o‘tib 
ketgani yana bir karra ta’kidlandi go‘yo. Uchinchi odam oraga qo‘shilgach, ikki o‘rtoqning 
surur bulog‘idan suv ichayotgan suhbati loyqalandi. Chuvrindi indamay o‘tirgani bilan 
ular g‘uborsiz bolalik ummonida erkin suza olmas edilar. Suhbat mavzui o‘zi istamagan 
so‘qmoqlarga burilavergach, Asadbek siqila boshladi. Undagi o‘zgarishni sezgan Jalil 
«Qaray-chi, mastava pishdimikin?» deb o‘rnidan turdi. U chiqib ketishi bilan Chuvrindi 
Elchinni qay ahvolda kasalxonaga eltganini ma’lum qildi. 
— Uyga do‘xtir chaqira qolmabsan-da, — dedi Asadbek norozi ohangda 
— Shunaqa qilmoqchiydim... lekin... Zaynab... 
— Nima bo‘ldi? — dedi Asadbek xavotir bilan. 
— Dorining xumori tutgan shekilli. Sal notinchroq edi. Hozir shu kelishimda xabar oldim. 
Inqillab yotibdi. Yolg‘iz qolmasin, deb keliningizga odam yubordim. Ikki-uch kun yonida 
turadi. Xumordan qutulguncha qiynaladi. Balki... 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling