Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
85
mavjud degani — bir-birlariga dushman, degan gap emas. Bugun bunday deb to‘ng‘illab, 
ertaga tug‘ishgandan ziyoda ravishda apoq-chapoq bo‘lib yuradiganlar kammi dunyoda? 
— Qani, o‘yladilaringmi, nima deysanlar? — Chuvrindi yigitlardan javob kutib, ularga bir-
bir qaradi. 
— Yur, — dedi Kesakpolvon G‘ilayga, — bir narsa deb qo‘y. 
G‘ilay unga ergashib, to‘daga yaqinlashdi-da, Chuvrindiga qo‘l uzatdi: 
— Gap yo‘q, okaxon, — dedi jilmayishga harakat qilib. — Akam «Bek akalaring bilan 
birga turinglar», deganlar. Boshqacha gap bo‘lishi mumkin emas. To‘g‘rimi? — u 
shunday deb yigitlariga qaradi. 
— Gap yo‘q, — dedi Asadbek bilan birinchi ko‘rishgan yigit. — Boshqalar ham tasdiq 
ishorasini qilib, Chuvrindi bilan ko‘rishib chiqishdi. 
Endi shoshmalaring, bitta-bitta gaplashaman, — dedi Chuvrindi «bitim imzolash» 
marosimi yakunlangach. Asadbek bo‘lajak suhbatda ishtirok etuvi shart bo‘lmagani 
uchun iziga qaytdi. Kesakpolvonga «Yur» ham demadi, «Sen qol», ham demadi. 
Kesakpolvon bundan o‘zicha xulosa chiqarib, Chuvrindining yonida qoldi. Natijada 
«birga-bir» suhbatlashish fikri amalga oshmadi, suhbat «uchga-bir» tarzida bo‘lib o‘tdi. 
Chuvrindi har yigitning zimmasidagi vazifasini so‘rab bildi. Oshiqcha so‘z aytmadi. 
Ko‘rsatma ham bermadi. Kesakpolvonning esa bu suhbatdan ko‘ngli to‘lmadi. O‘ziga 
zarur sir ololmadi. 
«Tomonlar orasidagi muzokara» yakun topgach, Chuvrindi Asadbekning topshirig‘iga 
ko‘ra G‘ilayga «Men bilan yurasan», dedi. G‘ilay bu amrga bo‘ysunmaganday 
Kesakpolvonga qaragan edi, u «Boraver, seni o‘zim topaman», degan ma’noda imlab 
qo‘ydi. 
Hamma tarqaganidan keyin ham Kesakpolvon «Yalta»da bir oz turdi. Bo‘lib o‘tgan 
voqealarni u yana fikr tarozusi pallalariga qo‘ydi. Buzuq tarozida narsa yuz tortilsin
ming tortilsin — bir xil raqamni ko‘rsatib turgani kabi uning aql tarozusi ham yagona 
fikrni ta’kid etardi: Asadbek bilan Chuvrindining harakatlarida o‘ziga qarshi holatni 
ko‘rardi. «Hokimiyat» uzil-kesil Chuvrindi qo‘liga o‘tib, o‘zi chetlatilganday, hokimlik 
martabasi emas, mulozimlik balchig‘i tomon pasayayotganday tuyulardi. 
«Osonlik bilan jon beradigan ahmoq yo‘q!» 
Kesakpolvon shu qat’iy qaror bilan iziga qaytmoqchi bo‘lib shart burildi-yu, ikki-uch 
qadam qo‘ygach, katta it yetaklab kelayotgan yigitni ko‘rib, sekinlashdi. Kechasi bir 
sidra qor yog‘ib o‘tgan bo‘lsa-da, hali qishning hukm o‘tkazishiga fursat bor, demak, it 
urushtirish mavsumiga hali sal ertaroq edi. Bo‘ribosarning kattaligidan egasi qayish yoki 
arqonga emas, zanjirga bog‘labdi. Yigit maydon o‘rtasidan kelayotgan Kesakpolvonni sal 
chetlab: 
— Aka, sal ehtiyot bo‘ling, odamga tashlab qoladigan odati bor, — dedi uzrli ohangda. 
— Rosa yetkazibsan-ku, a? — dedi Kesakpolvon itga tikilib. 
— Ko‘z tegmasin, deb qo‘ying, aka, — dedi yigit. 
— Ha, ha, ko‘z tegmasin. Hali yoshga o‘xshaydi, a? Bu yil birinchi marta qo‘yasanmi? 
— Bultur ikki marta qo‘yganman. 
— Yutganmidi? 
— Yo‘q, juda yosh edi. 
— Hozir zo‘ri kimniki? 
— Ahmadboy akamniki. Chempion-da. 
— Bulturgi gapmi bu? 
— Bu yil ham zo‘r. O‘tgan oddix qo‘yishdi. 
— Vaqtli boshlabsanlarmi bu yil? 
— Odamlar sog‘inib qolishgan-da. 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling