Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
88
qolaverar edilar. Kesakpolvon bu holatdan mamnun bo‘ldi. Bir necha soat ilgari ko‘nglini 
bosgan g‘ubor bir oz tarqadi. 
Mashinasiga o‘tirayotganida yigit kelib cho‘ntagiga bir dasta pul soldi. 
Kerakmas, — dedi Kesakpolvon, — bugungi daromading — o‘zingniki. 
— Bu daromadmas, akaxon, happai halol o‘zingizning yutug‘ingiz. 
— Bu joy o‘zingniki, birov g‘ing desa — menga aytasan. 
— Rahmat, akaxon. 
— Oting nima? 
— Ramz. 
— Bo‘pti, ishingni qilaver. 
Mashina uzoqlashgunga qadar ham Ramz qo‘l qovushtirib turdi. 
IX b o b 
I 
Qora xotin o‘sha kech boshqa ko‘rinmadi. 
Zaynab onasi bilan gaplashib bo‘lgach ham go‘shakni ancha mahalgacha joyiga qo‘ymay 
ushlab turdi. Dahshatli, xunuk manzaralar chekinib, ko‘z oldida onasining ma’suma uzori 
paydo bo‘ldi. Xayoli ko‘zgusida gavdalangan onasi unga uzoq tikildi. So‘ng sirtmoqqa 
aylangan, bir shirin jonni olmoqqa shaylangan arqonga qo‘l uzatdi: 
Tashla buni, qizim... bu nima qilganing? 
— Oyijon, endi men chidolmayman. 
— Unday dema, bolam, meni o‘ylamasang ham Xudodan qo‘rq. Xudo kechirmaydi bu 
gunohingni... 
— Xudo nima uchun meni bu azobga soldi? Balki mening o‘limimni Xudoning o‘zi 
istayotgandir? Ha... xohlayapti... «Ota rozi — Xudo rozi», deyishadi-ku? Arqonni adam 
tashlab ketdilar. Adamlardan xafa emasman. To‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatdilar. 
Manzura javob bermay, yerga qaradi. Agar bu suhbat Zaynabning xayolida, g‘oyibda 
emas, haqiqatda, yuzma-yuz ravishda sodir bo‘lgandami edi. Manzura qizining 
aytganlariga raddiya bildirardi. Manzura garchi bu masaladagi shariat yo‘rig‘ini bilmasa-
da, Tangri bandalariga bunday o‘limni ravo ko‘rmasligini tushuntirishga harakat qilardi. 
Hozir esa Zaynab bu masalani anglamagani uchun ham xayolidagi suhbatda onasidan 
javob ololmadi. O‘z fikrini to‘g‘ri, deb hisob qildi. 
— Oyijon, ayollar nima uchun yashaydi o‘zi bu dunyoda? Xor bo‘lib umr kechirish, keyin 
xor bo‘lib o‘lib ketish uchunmi? Siz nima ko‘rdingiz? Siz uchun bu dunyoning rohati 
nimada? 
Bu savol yuzma-yuz holatda berilganida Manzura hech ikkilanmay «Mening rohatim — 
siz, Xudo bergan farzandlarim», degan bo‘lardi. Bu dunyoda ayol zoti uchun Ollohning 
eng ulug‘ marhamatlaridan biri — farzand ekanini Zaynab hali to‘la anglab yetmaydi. 
Agar bolasi nobud bo‘lmay, uni bag‘riga bosa olganida edi, chaqaloq mammasiga 
talpinganida edi, bu rohatni, bu ulug‘ baxtni his etgan bo‘lardi. Hozir bu hisga begonaligi 
uchun onasining baxti nimada ekanini ham aniq bilmaydi. Bilmagani uchun ham 
xayolidagi savolga javob ololmaydi. 
Bir necha soniyalik sukutdan so‘ng ko‘z oldidagi onasining surati yana tilga kirib, endi 
o‘ziga hush yoqadigan so‘zlarni aytdi: 
— Sen bolaligingda Kumush bo‘lishni orzu qilar eding. 
— Orzu qilardim, oyijon... 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling