Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
96 ijozat yo‘q edi. Uni Elchin buzdi. Ya’juj-ma’juj kabi bostirib keldi, buzdi, toptadi. Avvallari bu qo‘rg‘onda mehr va umid gullari parvarish etilardi. Enli bu gullar quridi. Endi unda zulm va adovat tikonlari o‘sgusi... Hozir ayni damda shu zulm va adovat tikonlari ilk nishona mevasini berdi: inson sifatida eriga rahmi kela boshlagan Zaynab birdan o‘zgardi — unga nafrat bilan tikildi. So‘ng... nafrat chekina bordi. Chalajon holdagi mehr nafratning mutlaq g‘olib kelishiga yo‘l bermadi. Oqibatda manfiy va musbat bulutlar to‘qnashuvidan yashin chaqnagani kabi ikki tuyg‘uning olishuvidan ikki alanga hosil bo‘ldi. Tutun aralash, qora tusdagi alanga o‘sha xotinning sharmsiz gaplarini shivirlab aytib, vujudini kuydirdi. Ko‘z oldiga o‘zining sharmandali holati kelib, seskanib ketdi. Nazarida Elchin ko‘zlarini ochganday, «Sen shu darajada sharmandamisan?!» deb baqirganday bo‘ldi. Bu qarashning izidan «Sharmanda! Sharmanda!!» degan hayqiriq devorlarga urilib, aks-sado berganday tuyuldi. Bu hayqiriq Zaynabning nazarida butun kasalxonani ostin-ustun qilib yuborganday bo‘ldi. Yuzlari qizib yona boshladi go‘yo. U kaftlarini yuzlariga bosib, ko‘zlarini yumib oldi. — Kuyunmang, qoqindiq, uch-to‘rt kunda dard ko‘rmaganday turib ketadilar, Xudo xohlasa... Chuvrindining xotini aytgan gapni eshitdi. Koshki edi kuyunsa... Koshki edi, dardiga malham bo‘lish istagi mavjud bo‘lsa... Qora tusdagi alanga insonga xos tuyg‘ularni yamlab-yutishga intiladi. Chuvrindining xotini aytgan gap esa oqish tusli alangaga moy bo‘lib sepiladi. Bu alanga quvvat olib yuqoriga o‘rlaydi. Sharmandalik jari yo‘lini to‘sadi. «Bu ham bir inson-ku? Qancha jabrlar chekdi. Endi bu azob ham bormidi? Krizis davri o‘tgani bilan tuzalib ketmasa-chi? O‘lim oldida o‘ziga kelgan bo‘lsa-chi? Senga bir gapni aytishni istagan bo‘lsa-chi?.. Balki... Seni deb otishgandir?.. Adang... nimaga chaqirtirgan edilar?..» Kaftlarini yuzlariga bosganicha turgan Zaynab bu gaplarni kim shivirlab aytganini bilmadi. Faqat vujudini yondirayotgan alanganing pasayganini sezdi. Ko‘zlarini ochib, barmoqlari orasidan eriga qaradi. Qaradi-yu, o‘rinda qora xotin yotganini ko‘rib yana ko‘zlarini chirt yumdi. Dam o‘tmay ochdi: yana o‘sha manzara! Xotin tirjaydi: — Agar eringga qaramasang, o‘zing shol bo‘lib, azoblanib o‘lasan! — deb baqirdi. Uning baqirig‘i butun kasalxona bo‘ylab aks-sado berganday bo‘ldi. Zaynab shoshib, yangasi bilan hamshiraga qaradi — ular xotirjam edilar. — Kennayi, yuring, — dedi Zaynab yalinchoq ohangda. Unga hamshiraning gapi dalda bo‘ldi: — Ha, boraqolinglar, bu yerda ko‘p turish mumkinmas. Uyga qaytishganda Zaynabni unuta boshlagan ichidagi «ilon»lar yana qo‘zg‘alishdi. Dori ichganidan so‘ng ham yengillik sezilmadi. Mehmonxonaga kirib, divanga behol o‘tirganida Chuvrindining xotini unga nasihat qildi: — Hali o‘n gulingizdan bir gulingiz ochilmagan, qoqindiq. Dardga sira-sira yengilmang. Yosh juvon har qanday dardga uchraganda ham charaqlab turishi kerak. Gaplarimga tushunyapsizmi? Zaynab «Tushunyapman... Lekin, xotin kishi azoblanganida ham tirjayib turishi kerakmi?» degan ma’noda unga qarab oldi. — Xotin zoti eriga bepardoz ko‘rinmasligi kerak. Sizga qarab hayron bo‘lyapman. Yosh narsa uzzu-kun toshoyna oldida o‘tirsa ham aybi yo‘q. Siz sochlaringizga, qoshlaringizga qaramaysiz... — Qoshimga? — Zaynab ajablanib, ixtiyorsiz ravishda barmoqlarini qoshiga tekkizdi. — Qoshimga nima qilibdi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling