Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
92 Zaynab bemajol qo‘li bilan go‘shakni ko‘tarib qulog‘iga tutdi-da, xasta ovozda «alyo», dedi. Qo‘ng‘iroq qiluvchining ovozini eshitgach, bir titradi-yu, go‘shakni qo‘lidan tushirib yubordi. — Voy qoqindiq, nima bo‘ldi? — dedi Chuvrindining xotini jon holatda. Zaynab javob bermadi. Lablari titrab, gapirolmadi. Chuvrindining xotini go‘shakni qulog‘iga tutib: — Alyo, kimsiz, nima gapingiz bor? — dedi. Qisqa du-dudutlashni eshitib, go‘shakka pufladi. Har ehtimolga qarshi: — Gapiring, — dedi-yu, so‘ng go‘shakni joyiga ildi, — Zaynabxon, kim ekan, nima dedi? — Elchin akamni... — Nima bo‘pti? — Kimdir otib ketibdi. — Voy o‘lmasam... — U shunday deb bir oz gangib turdi-da, keyin telefon go‘shagini ko‘tarib, uyiga qo‘ng‘iroq qildi. O‘g‘lidan «Adang keldilarmi?» deb so‘radi. «Yo‘q», degan javobni eshitgach, Asadbekning boloxonasidagi yigitlarga qo‘ng‘iroq qilib, ularga «yangilik»ni bildirdi. «Akangizni qaerdan bo‘lsa ham toping», deb topshirdi. Noxush xabar Zaynabning ichidagi ilonlarni yana uyg‘otib, harakatga keltirdi. Azobga chiday olmay, g‘ujanak bo‘lib oldi. Xotin nima qilishini bilmay hayron turganida eri kirib keldi. Chuvrindi xotinining «vahimali» xabarini xotirjam tarzda eshitib, Zaynabga achchiq-achchiq famil choy berishni tayinladi-da, chiqib ketdi. Shu ketganicha ertalab tabibni boshlab keldi. Sochlari jingalak, rangi oq-sariqqa moyil, ko‘zlari o‘tkir boquvchi tabib yigit «Nima gap? Qaeringiz og‘riyapti?» deb ham o‘tirmay avval Zaynabning ikki kaftini ko‘rdi, tirnoqlarini ohista ezdi, so‘ng bilak tomirini ushlab, boshini quyi egganicha, nimanidir ziyraklik bilan tinglayotganday jim qoldi. Ikki daqiqa shunday o‘tirib, so‘ng tilga kirdi: — Yaqinda farzandlari nobud bo‘libdi. Bu gapni eshitib, er-xotin bir-birlariga ajablangan holda qarab qo‘yishdi. Chuvrindi tabibga bu haqda gapirmagan edi, shu sababli ham hayratlandi. O‘zicha «Buni bekorga maqtashmagan ekan», deb qo‘ydi. — Yurak charchabdi, — deb davom qildi tabib, — qonga begona moddalar aralashgan. Ammo... ko‘p emas, xavotirli joyi yo‘q. Yaqinda boshlabdilar. Qonni tozalash mumkin. Tabib qo‘ygan tashxis Chuvrindiga ma’qul tushdi. «Bek akamni ham shunga ko‘rsatsam bo‘lar ekan», deb o‘yladi. Tabib sumkasini ochib undagi xaltachalardan bir chimdim-bir chimdim quritilgan giyohlar olib, qog‘oz ustiga to‘kdi-da, Chuvrindining xotiniga uzatdi. — Yanga, shuni uch litrli suvda qaynatib, so‘ng damlab qo‘ying. Keyin suzib, yuz grammdan to‘rt mahal ichirasiz. Bugun-erta dard qo‘zg‘aladi. Uchinchi kuni og‘riq pasayib, yo‘q bo‘ladi. Sut-qatiq bermay turasiz,— shunday degach, Zaynabga o‘girildi: — Qani, singlim, turing-chi... Zaynab zo‘rg‘a o‘rnidan turib, tabib ko‘rsatgan kursiga o‘tirdi. Orqa tomonda turgan tabibning nima qilayotganini bilmadi, ammo yelkalari qiziy boshlaganini sezdi. Dam o‘tmay, butun badani qizidi. Xuddi yoz chillasida quyosh nuriga orqa qilib o‘tirgan kabi terlay boshladi. Shu alpozda og‘riqdan xalos bo‘layotganday tuyuldi. Tabibning «Yengillashdingizmi?» degan savolini eshitib, bosh irg‘ab tasdiq ishorasini qildi. Keyin tabibning amri bilan joyiga yotdi. Tabib chakkalariga, bilaklariga, ko‘kraklariga soch tolasiday ingichka tilla ignalar qadagach, yanada yengillashib, uyquga ketganini o‘zi ham sezmay qoldi. Uyg‘ongach, Chuvrindining xotini bir piyoladagi taxir ichimlikni ichirdi. Ko‘ngli bir ag‘darilib o‘qchidi, ammo qayt qilmadi. — Akangiz kasalxonaga borib kelibdilar. Elchin akangiz ancha tuzuk ekanlar. Xavotir olmang. Sal tuzalib oling, keyin ko‘rgani boramiz. Akangiz «Bir-ikki kunda tuzalib, chiqib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling