Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
90
xayrlashmagan. Bo‘yi yetib qolganidan so‘ng otasiga erkalik qilganini ham eslamaydi. 
Har qancha erkaligi, har qancha injiqligi bo‘lsa onasiga qilardi. Onasi ko‘tarardi. 
Hozir Manzuraning yo‘qligi Zaynabga ham, Asadbekka ham bilindi. Indamaygina uy 
ishlari bilan mashg‘ul yuruvchi bu ma’sumaning o‘rni sezildi. Manzura ikkovi ham 
suyanadigan tog‘ ekan. Tog‘ o‘rnidan jilib, ikkovi ham yiqilish xavfida tebranib qoldi. 
Yaratganning qudratini qarangki, ayni chog‘da uch qalb hamohang ravishda bezovta 
tepardi. Uzoq Olmon yeridagi behalovat yurak bu xonadagi ikki poralangan dil orasida 
vositachi edi. Bu ikki qalbning faryodini Manzuraning yuragi eshitardi. Ammo oraliq 
masofa uni chorasizlik jari naryog‘ida ushlab turardi. Dillar so‘zlamoq imkoniga ega 
bo‘lganlaridami edi, bu ondagi nolalardan zamin erib ketarmi edi. 
Bolaligi, yoshligida qalb nolalaridan charchagan Asadbek bir necha sana rohat bulog‘idan 
suv ichdi. Ko‘pdan beri nolaning achchiq suvidan totib ko‘rmagan edi. U boshqa 
qalblarning nolalarini eshitmasdi. Aniqrog‘i, tinglashni xohlamas edi. Hozir, o‘zi azob 
chekib turgan paytda «Men qancha odamlarni shu dardga giriftor etdim. Qancha odam 
shu dard bilan bu dunyoni tark etib ketdi», deb o‘ylamadi. Ayni damda qizini tirik ko‘rib 
Tangriga shukur ham qilmadi. Iziga qaytayotganida — xayolan ming bir ko‘chaga kirib 
chiqar chog‘ida Xudoni eslagan edi. Qizini tirik ko‘rgan taqdirda unga aytadigan gaplarini 
xayolida pishitgan edi. Ostona hatlab, bir qo‘lida sirtmoq, bir qo‘lida telefon go‘shagini 
ushlab turgan qizini ko‘rgani zamon hammasini unutdi. Nimadir demoqchi bo‘ldi — 
gapirolmadi. Tili shishib, og‘zini to‘ldirib turganday qimirlamadi. 
Otasining qaytishini sira kutmagan, yo‘qlik dunyosi sari uchishga hozirlanayotgan 
Zaynab ham bir nima demoqqa ojiz edi. Ammo bu jonsiz sukunat uzoq davom etishi 
mumkin emasdi. Zaynab otasining ko‘zlariga boqishga botinmagan holda, yerga 
qaraganicha: 
Oyim telpon qildilar, — dedi. 
Uning pichirlab aytgan gaplari Asadbekning qulog‘iga «Ada, men tirikman!» degan 
ma’noda jaranglab urilib, bir seskandi. Shu gapdan keyingina «Xayriyat, Xudoga shukr», 
deb qo‘ydi. So‘ng: 
— Yur uyga, — dedi. Uning ovozida amr emas, uzrli yalinish ohangi bor edi. Zaynab 
uchun bu ohang mutlaqo yangilik edi. Otasiga bir qarab olib, go‘shakni joyiga ildi. 
Asadbek qizini ovutish uchun nimadir deyishga o‘zida majburiyat sezdi. O‘sha 
«nimanidir»ni aytdi: 
— Men hammasining qonini ichaman. 
Bu so‘zlarni Asadbekka xos ohangda aytdi. Bu ahdni eshitgan Zaynab yalt etib otasiga 
qaradi. 
— Yo‘q, o‘ldirmang, — dedi. So‘ng ovozini bir parda ko‘targan holda izoh berdi: — O‘lim 
ular uchun xaloskor... 
Asadbek qizining gapidan ajablandi. To‘g‘rirog‘i, titroq ovozning ohangi u uchun yangilik 
bo‘ldi. Zaynabning keyingi ahdi esa uni yanada hayron qoldirdi: 
— Ularni o‘zimga qo‘yib bering! 
Kim aytyapti bu gaplarni? Ma’suma qizimi? Bu qanday ahd? Bir necha daqiqalik alam 
tutunimi yoinki qasos o‘timi? Asadbek «Nima qilmoqchisan?» deb so‘ramadi. Qizining 
ahdi unga shunchaki alam tutuni bo‘lib tuyuldi. U bir necha daqiqa muqaddam bu uyda 
pokiza Kumush osilganidan bexabar, Zaynab o‘zini emas, dilidagi Kumushni, unga 
qo‘shib ishonchini, gardsiz e’tiqodini osganini bilmas edi. Buni his ham qilolmasdi. 
Chunki qizining ruhiy olami ota uchun begona edi. Kumush osilgach, bu xonada boshqa 
Zaynab dunyoga keldi. Iblis uning qalbidagi sururni siqib chiqarib, zulm nafasini ufurdi. 
Hayotning shafqatsiz panjalari oldida Zaynabning tuyg‘ulari, umidlari taslim bo‘ldi. Sho‘r 
yerda sunbul bitmaganidek, yovuzlik olamiga umid urug‘ini ekib bo‘lmaydi. Zaynab 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling