Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
98 — Qanaqa omonat? — dedi Sharif ajablanib. — Ie, paxan? — yigit og‘zining tanobi qochdi. — Pamyatning bir chekkasini qurt yeganmi, a? Kennayashkaga ikki marta salomxatni kim yozuvdi? Bir marta besh kusok, keyingi safar o‘ttizta. Ikkalasini qo‘shsak o‘ttiz beshmi? Qachon berishing kerak edi? Yanvarda, a? O‘n bir oy o‘tdimi? Har oyga yana beshdan qo‘shsak qancha bo‘ladi? Ellik beshmi? Optom hisoblasak, ellik beshga o‘ttiz besh — to‘qsonmi? Mening chiqib kelishim o‘ntaga tushdi. Endi okruglyat qilsak yuztagina kusok bo‘larkan. Yigitning ishshaygan holda hisob-kitob qilishi Sharifning sabr kosasini to‘ldirdi, beixtiyor jerkib yubordi: — Nima deb valdirayapsan, kallang bormi o‘zi? Ishshayib turgan lablar yana joyiga yig‘ildi, ammo g‘azabdan titramadi. G‘azab cho‘g‘lari ko‘zlariga ko‘chdi. Yigitning o‘tli nazari Sharifning ko‘kragini teshib o‘tganday bo‘ldi. — Mening kallam yo‘q! — dedi u tahdidli ohangda. — Menga kallaning nima keragi bor? Menga pul kerak! Yuz mingni topib, sanab berish uchun kalla senga kerak! — Menda buncha pul yo‘q, — dedi Sharif sal bo‘shashib. — Vinzavod direktorida yuz ming topilmas ekan, degan anekdotni eshitsa, odamlar baldet qilib qolishadi. Bo‘pti, sen «Valdirama!» deding, gapni rezinka qilmayman. Eski oshnachiligimiz hurmati, senga kechgacha vaqt beraman. Kechqurun oltida kelaman. To‘qqizda joyimda bo‘lishim kerak. Yo pulni olib boraman... — Yo kallamni olasanmi? — Vey, paxan, sening bu durnoy bashkang kimga kerak? Sen mening mazgamni taqillatma, nima qilishni o‘zim bilaman. Bolalaring ko‘rinishmaydi, maktabda shekilli, a? Hozir ko‘rib qoldim ketishayotganini... Kattangga yangi palto olib beribsan,a? Sendaqa dobriy papashkalarni yaxshi ko‘raman. Sharif uning nimaga sha’ma qilayotganini anglab, qo‘rqib ketdi: — Bolalarimga tegma! — Umnitsa! Bunisi endi o‘zingga bog‘liq. Xayr, soat oltida kelaman. — Yigit shunday deb sigaretini chuqur-chuqur tortdi-da, tutunini Sharifga qarab puflab, sigaret qoldig‘ini uning oyog‘i yoniga tashladi. O‘girilib, bir-ikki qadam qo‘ygach, to‘xtadi. Boshini burib, taxtadek qotib qolgan Sharifga qaradi: — Kurortdaligingda yuvoshgina bola eding. Endi sal qo‘rsroq bo‘lib qolibsan. Asadbek vospitaniyangni buzibdi. Senga maslahatim: Bek akangni bu ishlarga putat qilma. Bu dunyoda undan qo‘rqmaydigan odamlar ham bor, bilib qo‘y! Ha, xotining sutga chiqqan ekan. Odam ko‘p. Navbatda turibdi. Paxan, xotin deganni ehtiyot qilish kerak. Hech qaysi davlatda vinzavod direktorining xotini azonlab sutga yugurmaydi. Mazgangni ishlat, he so‘tak! Yigit shunday degach, tez-tez yurganicha chiqib ketdi. Sharif esa ikki-uch daqiqagina davom etgan bu suhbat tushimi yo o‘ngida sodir bo‘ldimi — farqlamay, gangigan holda turib qoldi. G‘ofilvash banda... Boshi toshdevorga urilgach, «Bu devor qaydan paydo bo‘ldi?» deb hayratlanadi. Boshqalar ko‘rgan devorni ko‘rmaydi. Shayton ko‘zlarini boylik pardasi bilan to‘sgan bo‘lsa na qilsin? Johil banda... Yaratganning «Ya bani Adama! Iza roayta-l-g‘ina muqbilan a’layka faqul zanbun a’jilatun uqubatuhu»* deb ogohlantirganini bilmasa, kim aybdor? Chorasiz banda... «Yashamoqning lazzati ilmda», deb yurgan odam «Dunyoning poydevori boylikda», degan fitnali qarorga kelgan ekan, endi nima qilsin? Yaqindagina haromdan hazar qilib yurgan odam haromsiz yashay olmaslik darajasiga yetgan bo‘lsa-chi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling