Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
100 tirqish qolmasin, — u shunday deb hali bo‘yoqdan chiqmagani uchun ko‘chib kirilmagan uyga sinchiklab razm soldi-da, Sharifga: — qani, Xiva xoni, uyingga boshla, — deb buyurdi. Eski uyga kirgach, urinib qolgan xona anjomlariga ajablanib qaradi. O‘rtadagi eski dumaloq stolni aylanib o‘tdi-da, xona to‘ridagi divanga o‘tirdi. Keyin yon cho‘ntagidan qizil rangdagi guvohnomasini chiqarib: — Arina Berger, SSSR prokuraturasidanman, — dedi-da, Sharifga ko‘z-ko‘z qilgach, joyiga solib qo‘ydi. So‘ng sigaret kulini gilam ustiga qoqib, Sharifga savol nazari bilan qaradi: — xo‘sh, o‘zing ko‘rsatasanmi yo bizni qiynaysanmi? Bilib qo‘y, bizni qiynasang, o‘zingga yomon. — Nimani ko‘rsatay? — Ovsarmisan? Qani, o‘ylab ko‘r-chi? SSSR prokuraturasiga nimani ko‘rsatish mumkin? Erkakligingning isbotinimi? — Berger masxaraomuz tirjaydi. Ayol kishidan bunaqa gap chiqishi mumkinligini o‘ylamagan Sharif sal dovdiradi: — Unaqa deganim yo‘q... Aniqroq ayting-da... — Anig‘imi? To‘plagan boyligingni ko‘rsat menga! — To‘plagan boyligim... Yo‘q... — Yo‘qmi? Bu uyni qaysi pulga qurding? — Uynimi... oshna-og‘aynilarim... — O‘chir! Men senga cho‘pchakka ishonadigan qizcha emasman. Sibirga vinolarni tekinga yubordingmi? — Sibirga?.. Yo‘q, davlat belgilagan narxda yuboriladi. — Namozov! Seni olim deyishuvdi. Olimmisan, ahmoqmisan — ayt! Yo‘q, aytma. Shu turishingdan ma’lum — to‘nkasan sen! — U shunday deb Sharif tomonga qarab «chirt» etib tupurdi. — Sen sassiq hayvonni deb men ikki qit’ani bosib, uchib keldimmi? Shu payt hovlida Nasibaning «Kimsizlar, nima qilyapsizlar?» degan ovozi keldi. — Kim u? — deb so‘radi Berger. — Xotinim... — Vlad, olib kir uni. Sharifning orqasida turgan yigit tashqariga chiqib, Nasibani boshlab kirdi. — Voy, dadasi, nima bo‘ldi? — dedi Nasiba ostona hatlamay turib. — Jim! — deb baqirdi Berger. — Faqat ruscha gaplashilsin! Namozovamisan? Yaqinroq kel. Demak, sen bu nusxaning xotinisan? — Ha, — dedi Nasiba bosh irg‘ib. U ruschaga no‘noq edi. Shunday bo‘lsa ham eplashtirib so‘radi: — nima kerak? — Savolni men beraman, Namozova! — Berger sigaret tutatib, kulini gilam ustiga qoqdi: — Nechta bolang bor? — To‘rtta... uch o‘g‘il, bir qiz. — Ha... bolalaringga ota zarur ekan. Menga qara, Namozova, agar senga er kerak bo‘lsa, aytasan: ering pullarni qaerga yashirgan? — Pul? Qanaqa pul? — Nasiba shunday deb eriga qaradi. Sharif «O‘zim ham hayronman?» deganday yelka qisdi. — Ko‘zimga qara! — deb baqirdi Berger. — Aytsang— er seniki. Aytmasang olib ketaman. Suyaklari qamoqda chiriydi. — Arina Iosifovna, qo‘shnilarni chaqiraymi? — deb so‘radi yigitlardan biri. — Yo‘q, avval aytishsin. — Yigit «tushunarli» deganday iziga qaytgach, Berger Sharifga qaradi: — Namozov, Kozlov bergan ikki millionni qaerga qo‘yding? Yaxshilikcha ayt. Bergerga Moskvada berilgan ma’lumotda «Kozlov bir million yuborgan», deyilgan bo‘lsa- da, u «To‘plab qo‘ygani ham bor», degan ishonchda «ikki million»dan gap ochgan edi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling