Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
102 qilishadi», dedimmi, demak qilishadi. Yettita yigit seni qiynab qo‘yishi mumkin, bilib qo‘y. Keyin... — Berger zaharli kuldi: — to‘qqiz oydan keyin tuqqan bolangning otasi kimligini bilolmay garangsib yurasan. Lekin... sen o‘zingni nomusli ayol deb bilasan-a? Nomusli bo‘lsang, pulni qaerga yashirganlaringni ayt. Xo‘sh? Hovliga ko‘mib qo‘yganmisanlar? Yo qarindoshlaringnikidami? Ayt! Balki manavi yangi uyingning g‘ishtlari orasiga terib yuborgandirsanlar, a? Agar xohlasam uyingni ham buzib ko‘rishadi. Unda ham ersiz qolasan, ham uysiz. Xo‘sh, aytasanmi? — Pulimiz yo‘q, — dedi Nasiba yig‘lamsirab. — Vlad, vaqtni o‘tkazma, bu to‘nkalarga gap tushuntirib bo‘lmaydi. Eri o‘ziga kelgunicha yechintirib qo‘ya qol. Bir zumda Nasibaning kiyimlari parcha-parcha qilib yirtilib, yarim yalang‘och holga keldi. Ikki qo‘li bilan ko‘kraklarini to‘sib, ayozda qolganday titray boshladi. Bu orada Sharif sal o‘ziga kelib, qaddini rostladi. — Namozov, esingni yig‘, agar olib ketsam, u yoqda battarroq azoblar bor. Ayt, Kozlovdan pul oldingmi? — Yo‘q, tanimayman, unaqa odamni. — Vlad, boshla! Vlad degani astoydil ravishda shimini yecha boshladi. Orqada turgan yigit esa, Sharifning sochlarini changallab tortdi. — To‘xtang! — deb baqirdi Sharif jon holatda. — Aytaman, to‘xtang. Faqat, xotinimga tegmang. — Ha, erkakka o‘xshar ekansan-ku! Vlad, shimingni kiy. Osiyoliklar nomusni hamma narsadan ustun qo‘yishadi, bilib qo‘y. Xo‘sh, Namozov, endi ayt. — Avval xotinim chiqib ketsin. U bilmaydi. — Sen bizga shart qo‘yma, Namozov. — Bunaqa holatda aytolmayman. — Mayli, Namozova, nima, sovqotdingmi? Kiyinib ola qol. Pullarni sanayotganda bunchalik titramagandirsan, a? Xo‘sh, Namozov? — Meni bu yerdan olib keting. Aytsam, meni o‘ldirishadi. Pul menda emas. — Qiz-z-ziq... — Berger shunday deb Sharifga yaqinlashdi-da, tutab tugay boshlagan sigaret cho‘g‘ini uning yuziga bosdi. Sharif ingrab yubordi. Kiyina boshlagan Nasiba esa eriga qarab qoldi. — Sen kiyinaver, — dedi Vlad, uni turtib. — Namozov, o‘tir, yoz, — dedi Berger. — Nimani? — Kozlovdan ikki million rubl olganingni yoz. Qaerdaligini mayli, keyinroq aytasan. Sharif tamoman gangib qolgan edi. Yayrab, o‘ynoqlab yurgan qo‘zi to‘satdan qo‘l-oyoqlari bog‘langanida, tepasida pichog‘ini qayrayotgan qassobga mo‘ltillab qaraganini kuzatganmisiz? Hozir Sharif ana shu javdirash bilan qarardi. U hozir o‘zini o‘ylamas, ahli ayoli bilan farzandlaridan xavotirda edi. Yozda u g‘alati manzaraning guvohi bo‘lgandi: chumchuqning hali uchirma bo‘lmagan bolasi uyasidan tushib ketgan ekan. Mushuk tayyor luqmani ko‘rishi bilan pisib kela boshladi. Chumchuqcha chirillab qochmoqni, uchmoqni ixtiyor etardi. Ammo qora bulut kabi bostirib kelayotgan mushukning muddaoga yetmog‘i ayonroq edi. Mushuk qushchaga yaqin kelgan onida ikki chumchuq paydo bo‘ldi. Ularning biri hech tap tortmay, mushukning yuziga urildi. Ularning «jangi» uzoq davom etmadi. Mushukning panjasi uning hamlasidan kuchliroq chiqdi. Mushuk chalajon chumchuqqa «Sen endi happai halol o‘zimnikisan. Manavi jimirtak biror kavakka kirib g‘oyib bo‘lmasidan yeb |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling