SVOYA IGRA
MUALLIF: SUXROB SHARIPOV
1-GURUH UCHUN (FULL)
Mavzu: Amerika adabiyoti
10. Bu asarda tayyor mahsulotni solish uchun 92 ta ketchup idishi kerak bo’ladi
Javob: “Momaqaymoqdan vino” (Rey Bredberi)
20. Ushbu asarni yozish g’oyasining paydo bo’lishiga Smaki nomli mushukning o’limi sabab bo’lgan
Javob: “Uy hayvonlari qabristoni” (Stiven King)
30. Bu roman rus tiliga 1936-yilda Yevgeniy Kalashnikov tomonidan tarjima qilingan ekan
Javob: “Alvido, qurol” (Kalashnikov ham sovuq qurol axir)
40. Versiyalardan biriga ko’ra, 17-asrda ingliz yozuvchisi Afroy Ben tomonidan yozilgan asar BU ROMAN uchun POYDEVOR vazifasini bajargan ekan
Javob: “Tom tog’aning kulbasi” (Afroy Ben asari ham jamoatchilik ongida qullikka qarshi fikrlarni targ'ib qilgan, poydevor bormi demak kulba ham bor)
50. Aynan ushbu amerikancha asarda jinoyatni ochish uchun ilk bora barmoq izidan foydalaniladi
Javob: “Ovsar Vilson” (Mark Tven)
Mavzu: Ko’llar
10. 1960-yillar oxirida asosan Qozog’istonning Chordara suv omboridan oqib kelgan ortiqcha suvlar hisobidan U paydo bo’lgan
Javob: Aydarko’l
20. Saymaa ko’lida bo’yidagi deyarli barcha villalar U bilan ta’minlangan
Javob: Sauna
30. Nikolay Ozerov aynan shu sport turi bo’yicha SSSR ning ko’pkarra chempioni bo’lgan
Javob: Tennis
40. 1980-yillarda Ular - a’zolaridan birining ajoyib chiqishlari sababli “Shoutaym” laqabini oladi
Javob: Los-Anjeles Laykers (a’zosi – Medjik Jonson)
50. Bodenzee ko’lini ushbu 3 ta mamlakat o’rab turadi
Javob: Germaniya, Shvetsariya va Avstriya
Mavzu: Initsial T-T
10. Savol muallifi ushbu o’zbek komediya asari nomini eshitganida ko’proq triller filmlardagi epizodlar haqida o’ylaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |