Javob: “Tobutdan tovush”
20. Ingliz ertagi qahramoni momaqaldiroq ovoziga taqlid qilish uchun Ulardan foydalanadi.
Javob: Tegirmon toshlari
30. Korzinka.uz da bir donasi 80 ming so’m atrofida bo’lgan U butun bir oilani to’ydirishi aniq
Javob: Tuyaqush tuxumi
40. BU BO’YICHA rekord Janubiy Koreyalik atlet Li-Shin-Yonga tegishli bo’lib, 612 ni tashkil qiladi
Javob: Turnik tortinish
50. Karikaturalardan birida Ular tinchlik kabutarlariga hujum qilayotgani tasvirlangan. Ularni hozirda 87 millionga yaqin odam kuzatib boradi
Javob: Trampning tvitlari
2-GURUH UCHUN (FULL)
Mavzu: Fransuz adabiyoti
10. Asarda Robert va Meri – Ular edi
Javob: Kapitan Grant bolalari (Jyul Vern)
20. Bu asarning kitob versiyasi Amazon saytida taxminan 25 frank atrofida sotilmoqda
Javob: “99 frank” (Fredirek Begbeder)
30. Bu asarning suvener varianti o’z muqovasi sababli anchagina qimmat sotiladi
Javob: “Sag’ri teri tilsimi” (Balzak. Chunki muqovasi teridan)
40. U Orfevr ko’chasi 36-uyda yashar edi, 221-B da emas
Javob: [Komissar Jyul] Megre
50. Roman qahramoni bo’lgan qiz xuddi o’z onasidek muvaffaqiyatga erishishni xohlagani bois, tez-tez o’rmonga ovga borib turar edi
Javob: “Ikki Diana” (Aleksandr Dyuma. Diana – qadimgi Rimda ov mabudasi)
Mavzu: Opera
10. Ushbu opera vakilasi 1997-yilda Italiyada dunyoning eng kuchli operachilari o’ttizligiga kirishga MUYASSAR bo’lgan
Javob: Muyassar Razzoqova
20. “Urush va tinchlik” operasining muallifi bo’lgan USHBU INSON Stalin bilan bir kunda vafot etgan
Javob: Sergey Prokofeyev
30. Barcelonadan 50 km uzoqlikda joylashgan USHBU TOG’ mashhur opera vakilasiga ham nom bergan. Opera vakilasini ayting
Javob: Montserrat Kabale (“Mount” so’zi yordam berishi kerak)
40. Uning 1990-yil Italiyada bo’lib o’tgan futbol bo’yicha jahon chempionat finalida kuylagan ariyasi o’z vaqtida eng ko’p sotilishi bo’yicha rekord o’rnatgan edi
Do'stlaringiz bilan baham: |