Javob: Odinaning otasi
40. Ushbu bahaybat to’rtko’zli it o’liklar dunyosini qo’riqlaydi
Javob: Garm
50. Uning ovozi Ragnaryokning boshlanishidan xabar beradi
Javob: Gyallarxorn
Mavzu: AQSh prezidentlari
10. U burger va brokollini sevib tanovul qiladi, xorazmliklarning sevimli taomi esa - U
Javob: Barak [Obama]
20. Bu prezident ikkinchi muddatga saylangani sharofati bilan bal uyushtirgan, balki SHOU ham tashkil qilgandir
Javob: Garri Trumen (“Trumen shousi” yordam berishi kerak)
30. Vikipediyaga ko’ra, 1901-yilning boshlarida bu prezident o’z qudratining CHO’QQISIDA bo’lgan
Javob: Uilyam Mak-Kinli (Cho’qqi Mak-Kinli cho’qqisiga ishora)
40. U deyarli 3 yil davomida Filippinning jazirama quyoshi TAFTIDA gubernator lavozimida faoliyat olib borgan
Javob: Uilyam Govard Taft
50. Prezidentlik qasamyodi uchun BU PREZIDENT Bibliyadan emas, diniy marosimlarni o’tkazish tartibi haqidagi risoladan foydalangan yagona prezident hisoblanadi
Javob: Lindon Jonson (Sababi Kennedining o’limidan keyin shoshilinch qasamyod qilish zarur edi)
Zapas mavzular:
1. O’zbekiston – jahon rejissyorlari nigohida
10. 1987-yilgi ekranizatsiya voqealari Italiya, Leningrad, Riga, Tallin, Parij, Marsel va Buxoroda bo’lib o’tadi. Film nomini ayting
Javob: “If qal’asining mahbusi” (Qabul: “Graf Monte Kristo”)
20. УЯ-64/си-7 obyektiga borishni hech kim xohlamasligi tabiiy, ammo BU FILMDA Troshkin bunga rozi bo’ladi.
Javob: “Omadli jentelmenlar”. Izoh: Bu obyekt Kattaqo’rg’ondagi qamoqxona bo’lib, u yerga Yevgeniy Troshkin maxsus topshiriq yuzasidan borishga rozi bo’ladi
30. Rejissyor Gotfrid Koldits keng panoramasi va landshafti sababli 1974-yilda Chiuaua cho’li o’rnida BU FILM UCHUN Alisher Navoiy kolxozidan foydalanadi.
Javob: “Apachi”. Izoh: Kolxoz – Urgutda joylashgan, cho’l esa Meksikada
40. 1967-yilda eng yaxshi xorijiy film yo’nalishi bo’yicha “Oskar” olgan ushbu film to’qima obraz bo’lgan Ramzes XIII hayotiga bag’ishlanadi. Voqealar Misrda, Polshadagi Blendov cho’lida va Qizilqumda sur’atga olingan
Do'stlaringiz bilan baham: |