Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
99 Xotini «Shu dang‘illama imoratdan ko‘ra o‘zimizning kulbamiz durust, dadasi. Moyli nondan qora nonimiz a’loroq. O‘ylab ish qiling, ular bizga boshpana qurishmayapti, xuddi kafan bichishyapti-ya?» deganida qanday javob qilib edi-ya? «Davlating ilm qadriga yetmadi. Mana shular yetishdi. Ilmimni kimga, qanchaga, qanaqa tarzda sotaman — bu mening ishim...» Shunday imorat solib bergan valine’matlar yana yuz ming topib berishga yoki o‘sha muttahamning kekirdagini uzib olishga qodirmasmilar? Undan battarini-da qilish qo‘llaridan keladi. Lekin gap bunda emas. Gap... bolalarda... U hammasini kuzatibdi! Maktab yo‘lini... Xotinining sutga navbatda turganini... Beixtiyor turmadagi voqea yodiga tushdi: Qarzini vaqtida to‘lolmagan odamning boshi xuddi tarvuz tanlayotganday qattiq siqildi. Og‘riqqa chidolmay dodlaganida ikki barmoq burniga tiqilib, pastki jag‘i bosildi. So‘ng... yapaloq ombur bilan tilla tishlar bir-bir sug‘urib olindi. Og‘zi qonga to‘lgan odam vovaylo aytganicha qolaverdi... Sharifning o‘zi shu holga tushsa mayliga. Bir boshga — bir o‘lim. Lekin bolalari... «Qochirish kerak! Yashirish kerak! Hoziroq!» Xayoliga kelgan bu fikr uni joyidan qo‘zg‘atdi. Shoshilinch ravishda darvoza tomon yurdi. Ammo ostona hatladi-yu, ketma- ket kelib to‘xtagan ikki «Volga»ni ko‘rib, ajablandi. Oldindagi «Volga»dan birinchi bo‘lib tushgan kalta kurtkali malla soch ayol tez-tez yurganicha Sharifga yaqinlashdi-da, ko‘zlariga tikilganicha: — Namozov Sharif? — deb ruschalab so‘radi. Kulrang jinsi shimi sonlariga yopishib turgan, yurganida ayollik nazokatiga nisbatan erkaklik shahdamligi ustunroq bo‘lgan xipchabel xonimni Sharif avvaliga Portugaliyadan kelgan vakilmikin, deb faraz qildi. Shu bois umidli bir ohangda: — Menman, — dedi. — Namozov, tez ichkariga kir! — Mallasochning tahdidli buyrug‘i Sharifdagi umidli o‘yni mahf etdi-yu, notinch gumonlar eshigini lang ochdi. — Nima gap, tinchlikmi? — dedi Sharif bir oz dovdiragan holda. — Kir degandan keyin, kir! — Ayol shunday deb uni yelkasidan ushlab, yengil siltadi. Sharif «Kimsan o‘zing, nimaga turtasan?» deyishga og‘iz juftladi-yu, mashinalardan tushib kelayotgan yigitlarni ko‘rib, itoat etishdan boshqa chorasi yo‘qligini angladi. — Kir, deganda kira qolmaysizmi? — dedi yetib kelgan yigitlardan biri o‘zbekchalab. — Kirishga kiraman, nima gapligini tushuntirsanglar-chi axir? — dedi Sharif yalinchoq ohangda. — Gapga tushunmaydigan eshshakmisan, nima balo?! — Haligi yigit shunday deb bilagidan ushlab, qo‘lini qayirdi. Og‘riqqa chidolmagan Sharif shartta orqasiga o‘girilganini o‘zi ham sezmay qoldi. Gardaniga bir musht tushgach, o‘zini hovlida ko‘rdi. — Uyda kim bor? — deb so‘radi mallasoch. — Hech kim yo‘q, — dedi Sharif yana bir musht tushib qolishidan cho‘chib. — Bolalarim maktabda. Xotinim sutga ketgan. — O‘zing qayoqqa ketmoqchiyding? — Ishga. — Ishga yayov borasanmi? — Yo‘q, mashina kelib qolishi kerak. Dastlabki so‘roqdan ko‘ngli to‘lgan mallasoch kurtkasining cho‘ntagidan sigaret chiqarib lablariga qistirdi. Sharifning qo‘lini qayirib, gardaniga musht urgan yigit chaqqonlik bilan yoqqichni yoqib, alangasini xonimga tutdi. — Hammayoqni qarab chiqinglar, — dedi xonim sigaretni tutatgach. — Bironta ham |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling