Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
95 ishorasi bo‘lgach, telefon go‘shagini ko‘tarib Asadbekning boloxonasidagi yigitlarga maqsadlarini bayon qildi. Mashina kelguniga qadar yuvinib, taranib olish uchun Zaynab o‘rnidan turdi. Hammomdagi toshoynada o‘z aksini ko‘rib, hayratdan qotdi. Kim bu? Ko‘zlari kirtaygan, sochlari pahmoq, nigohida hayot nishonasi bo‘lmish — cho‘g‘ qolmagan, yuzlari somon rangini olgan, kampirlik chegarasiga yaqinlashgan bu ayol kim? Nahot shu ayol Zaynab bo‘lsa?! Hali yigirma beshga yetmagan juvon deb kim aytadi? Tim qora ko‘zlarining soqchilari bo‘lmish uzun kipriklari kamon o‘qlariga aylanib, sevgi yog‘ida qovrilayotgan yigitlar qalbini vayron qilardi, desa birov ishonarmikin? Uzoq emas, bir yilgina muqaddam o‘zini toshoynaga solib «Kumush chiroyli bo‘lganmikin yo menmi?» deb o‘ylagan, o‘z Otabegiga yetishmoqni orzu qilgan qiz shumi? Qarashidagi suluvlik qani? Nahot, ko‘zlaridagi surur nurini zulm pardasi batamom to‘sgan bo‘lsa? Nahot bu parda umrining so‘ngiga qadar g‘olib qolsa? Zaynab «Shunchalik o‘zgarib ketdimmi?» degan ajablanish bilan toshoyna oldida uzoq turdi. Yuvinib chiqqach, yotog‘idagi toshoyna qarshisiga o‘tirib sochlarini taradi. Zaynabning husniga to‘ymay «O‘g‘lim kattaroq bo‘lganida shu qizni kelin qilardim», degan armonda yuruvchi Chuvrindining xotini ham undagi o‘zgarishni ko‘rib, «Bechoragina, so‘lib qoldi-ya...» deb achindi. Hamshira ularni avvaldan taniganday iliq kutib olib, «Elchin aka bugun ancha yaxshilar», deganicha uzun dahliz bo‘ylab yurib, yo‘l boshladi. Dahlizning adog‘idagi eshikka yetishganida Chuvrindining xotini «Voy o‘lmasam!» deb qo‘ydi. Zaynab «Nima bo‘ldi?» deganday unga qaradi. — Yozuvini o‘qing, voy o‘lmasam... O‘z xayollariga bandi bo‘lib kelayotgan Zaynab yozuvni o‘qidi: «O‘liklarni tiriltirish xonasi». Hamshira ayollarning ajablanganini sezib, kulimsiragan holda izoh berdi: — Bir kuyunchak do‘xtir akamiz borlar. Hamma yozuvlarni o‘zbekchalashtirib chiqqanlar. «Reanimatsiya»ni shunaqa tarjima qilibdilar. Sal qo‘polrog‘-a? Ko‘pchilikka g‘alati tuyulyapti. Zaynab hozir bu tarjimaning qo‘pol yoki to‘g‘ri ekanini mulohaza qiladigan holatda emas edi. Shu bois «Eshikni oching», deganday hamshiraga qaradi. Hamshira «o‘liklarni tiriltirish xonasi» bekasiga ularni ro‘para qilib, o‘zi iziga qaytdi. Burniga naycha ulangan Elchin ko‘zlari yumuq holda yotardi. Unda hayot nishonasi sezilmas edi. — Kechasi o‘zlariga keldilar. Hozir yana uyquga ketdilar. Krizis vaqti o‘tdi shekilli. Bu gapni eshitib, Chuvrindining xotini: — Hayriyat-e, Xudoning o‘zi saqlasin-ey, — deb qo‘ydi. Zaynab esa indamadi. «...Xudo uni shol qilib qo‘ysin. Onasi o‘pmagan quling o‘rgilsin bir yigitni olib kelib, «qaytar dunyo» qilaman...» Zaynab unutib yuborgan o‘sha voqeani, o‘sha xotinning gaplarini shu damda, o‘zi uchun ham kutilmagan bir holda esladi. Esladi-yu, badaniga muz yugurdi. Ro‘parada yotgan, yuzlaridan qon qochgan, burniga ichakcha ulangan, ko‘rinishidan tirikmi yo o‘lik ekani bilinmayotgan odam — uning tan mahrami. Bir yostiqqa bosh qo‘yganidan beri qalbini zarracha bo‘lsin isita olmagan inson. Eng muhimi... Eng muhimi... Bir yil muqaddam Zaynabning dunyosi bir qo‘rg‘on kabi edi. Bu qo‘rg‘onga o‘zga kishilarning kirmog‘i mumkin emasdi. Kirish nima ekan, hatto mo‘ralab qaramog‘iga ham |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling