Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
93
qoladi», deydilar. Yaralari yengil ekan. 
Chuvrindi unga bunday demagan edi, Zaynabni tinchlantirish uchun o‘zidan qo‘shdi. 
Ana shu paytda ikki notanish odam kelib, o‘zlarini «Militsiyadanmiz», deb 
tanishtirishgach, Zaynabni so‘roqqa tutishdi. Zaynab o‘zini yengilroq his qilgani bilan, 
boshi garang edi. Shu bois ularning savollariga qisqagina qilib, «Ha», «Yo‘q» yoki 
«Bilmayman», deb javob qildi. Ular Elchinning kecha soat nechada chiqib ketgani
dushmanlari bor yoki yo‘q ekani bilan ko‘proq qiziqishdi. Bittasi «Uydan mashinada 
chiqqanmidilar yo mashinasizmi?» deb so‘raganida darrov javob bera olmadi. Shu 
savoldan so‘ng fikr olami sal yorishganday bo‘ldi. Erining mashinasiz ketgani aniq 
yodida. U «Usta keladi, mashinani ustaxonaga olib boramiz», deb kutib o‘tirganida 
telefon jiringlagan edi. Kim bilandir gaplashib, «Xo‘p», dedi-yu kiyimlarini almashtirdi. 
Keyin «Usta kelsa, kalitni ber, ustaxonaga o‘zi olib boraversin», dedi. Kalitni... televizor 
ustiga qo‘ydi... 
Zaynab shuni eslab, televizor tomonga qarab oldi: kalit joyida turibdi! Zaynab ertalab 
darvozaxonada mashina yo‘qligini bilib, «Usta qachon kelibdi?» deb o‘ylagan edi. Hozir 
esa «Kalitsiz mashinani kim haydab chiqibdi?» deb o‘yladi. Keyin... eng muhimini esladi: 
Elchin chiqar mahalida «Adang chaqirayotganmishlar, borib kelay-chi...» degan edi! 
Zaynabning xayoliga «Adam?!» degan fikr chaqmoq o‘ti kabi bir urildi-yu, ammo darrov 
so‘ndi. «Yo‘q, — dedi u o‘ziga o‘zi, — nega endi... Yo‘q, bo‘lmagan gap!» 
Zaynabga tikilib turgan ikki juft ko‘zlardan biri uning televizor tomon qarab qo‘yganini 
sezdi. U ham qaradi — shoda kalitni ko‘rdi. Ammo sir boy bermay yana so‘radi: 
— Eslay olmayapsizmi? 
Berilgan savolni unutib, xayolning boshqa qorong‘u ko‘chalariga kirib tentiray boshlagan 
Zaynab unga ajablanib qaradi: 
— Nimani? 
— Men sizga savol berdim: eringiz mashinada chiqdimi yo piyoda ketdimi? 
— Nega endi piyoda ketarkanlar? 
— Men ham shuni so‘rayapman. Aniq ayting. 
— Moshinada ketganlar. 
— Biz uyingizni bir qarab chiqishimiz kerak. Mana, prokurorning ruxsatnomasi, — so‘roq 
qilayotganlarning biri cho‘ntagidan to‘rt buklog‘lik qog‘oz chiqarib, uzatdi. 
Zaynab qog‘ozga qarab qo‘ydi-yu, qo‘liga olmadi: 
— Nega? — dedi hayrat bilan.
— Qoidamiz shunaqa: bir qarab chiqishimiz kerak. Guvohlik uchun ikkita qo‘shningizni 
ham chaqiramiz. 
Bu gapdan keyin Zaynab yangasiga qaradi. Chuvrindining xotini suhbatga aralashmog‘i 
lozim ekanini fahmladi: 
— Qoidangiz qiziq ekan-ku?! Otgan odamni qidirmay, otilgan odamning uyini 
titasizlarmi? 
— Siz o‘zi kim bo‘lasiz? — dedi tergovchilardan biri, g‘ashi kelganini yashirmay.
— Men kennayilariman. Hozir akalarini chaqiraman. O‘sha kishi bilan gaplashasiz. Ruxsat 
bersalar tintiysiz, bo‘lmasa yo‘q. 
Biz ruxsatni akalaridan emas, prokurordan olamiz. 
— Prokuroringiz ishxonangizda prokuror. Bu uyning prokurori boshqa, — u shunday deb 
telefon go‘shagini ko‘tardi-da, Asadbekning boloxonasida o‘tirgan yigitlarga qo‘ng‘iroq 
qildi: — Allo, Asadbek akaning uylarimi? Bek akangizga ayting, qizlarinikiga milisa kelib 
o‘tiribdi. O‘zlari kelmasalar ham Mahmudjon akangiz tezda yetib kelsinlar. 
Go‘shakni joyiga qo‘ygach, gaplarim bularga ta’sir qildimi yo yo‘qmi, deb ularga qarab 
qo‘ydi. 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling