Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
108
tushgan boladay shoshilib qoldi. 
— Musulmonman... 
Alhamdulillah, musulmonsiz, — deb to‘ldirdi Botirov. 
— Ha, alhamdulillah, musulmonman, — deb kamchiligini tuzatdi Zohid, — lekin... 
ochig‘ini aytsam, namoz o‘qimayman. 
— Olloh sizni va siz kabilarni o‘zi isloh etsin. Siz «Bu qanaqa tentakki, qamoqda o‘tirib 
shukr qilsa», deb fikr qilayotgan bo‘lsangiz ajab emas. Sizdan «musulmonmisiz» deb 
so‘raganimning boisi shundan iboratki, har bir muslim har nafasida Yaratganga shukrlar 
qilmog‘i farzdir. Siz tongda uyg‘onganingizda Rabbimga shukr qilasizmi? 
— Yo‘-o‘q, — deb tan oldi Zohid. 
— Shunisi yomon-da. Axir bir o‘ylab ko‘ring: agar Olloh iroda etmasa uyg‘onmaysiz-ku? 
Uyqu — yarim o‘lim demak. Qanchadan-qancha insonlar tunda uyquga ketadilar, ammo 
uyg‘onmaydilar. Buni o‘ylab ko‘rmagandirsiz, a? Necha yuz yoki ming inson ertalab 
xizmatiga ketadi. Uyiga esa qaytmaydi. Ko‘chadami yo xizmat joyidami omonatini 
topshiradi. Siz bilan gaplashib turgan shu damda qancha odam nafas oldi-yu, nafasga 
qo‘shib jonini ham chiqardi. Shunday ekan, yolg‘iz Ollohga shukr qiling. Qamoq esa... Bu 
Rabbimning sinovlaridan biri. Rabbim Haq-taolo aytadiki: «Ey, bandalarim, men 
bandalarim ichidan bir mo‘’min kishini biron musibat yetkazib imtihon qilsam, u menga 
hamd aytib, mening imtihonimga sabr qilsa, u o‘sha joyidan turganida gunohlaridan 
onasi tuqqan kunidek pok bo‘lib turadi». Bu kalomning ma’nosini angladingizmi? To‘g‘ri, 
menga zulm qildilar. Lekin ular qiyomatda shunga yarasha o‘z ajrlarini oladilar. Men 
ulardan nolimayman. Ularni qarg‘amayman. Olloh menga shu qamoqni lozim ko‘ribdimi, 
shunisiga shukr. Chunki bundan battar zulmga ro‘baro‘ bo‘lganlar bor. 
Zohid uning gaplarini diqqat bilan eshitib, o‘ylandi. Nazarida Botirov hali o‘ttizga 
kirmagan yigit emas, oltmish yoki yetmish yillik umr yo‘lini bosib o‘tgan, oq-qorani 
yaxshi ajrata oladigan donishmand bir mo‘ysafidday tuyuldi. 
— Uzrliman, birodar, men sizni asl maqsadingizdan bir oz chalg‘itdim. So‘raydiganingizni 
so‘rayvering. Har ikkimizni Haq yo‘lidan adashtirmaslikni yolg‘iz Ollohdan so‘raylik. 
Mahbusni so‘roq qilgani kelgan tergovchi bu gaplardan so‘ng noqulay ahvolga tushdi. 
So‘roqni boshlagisi kelmadi. Buni sezgan Botirov yana: 
— So‘rayvering, birodar, — deb qo‘ydi. 
Zohid xayolini jamlash uchun qog‘ozlariga tikildi. Bir oz fursat shu zaylda o‘tgach, 
boshini ko‘tarib Botirovga qaradi: 
— Botirov, birinchi marta nima uchun qamalgan edingiz? 
— Birinchi martami?.. Bu juda eski gap-ku, birodar? 
— Eski bo‘lsa ham bilishim kerak. 
— Qog‘ozda yozilganlari to‘g‘ri. Men o‘shanda zulm qilganman. O‘sha yigitning biqiniga 
mixburagichni sanchib olganman. Yosh edim, tezlik qilganman. 
— Dastlabki tergovda «Bu yigitlar yomon haqorat qildilar», degansiz. Batafsilroq aytib 
bera olasizmi? 
— Batafsilmi?.. Shartmi shu? 
— Shart. 
Botirov boshini quyi egdi. Uning bu holatidan o‘tmishini eslashga mayli yo‘qligi sezildi. 
Zohid «Mayli, xayolini jamlab olsin», degan fikrda unga boshqa gap qo‘shmadi. Bir-ikki 
daqiqalik sukutdan so‘ng Botirov boshini ko‘tardi. Ana shunda Zohid uning ko‘zlarida 
beg‘uborlikni, yuzlarida esa ajib nurni ko‘rdi. 
— O‘smirlikning cho‘qqisiga yetganimda o‘zimga yarasha qaysar edim. Xudo meni kuch-
quvvatdan qismagan edi. Shayton alayhila’na esa meni kibr bulog‘i suvidan sug‘orib 
turar edi. U paytlarda men bularni anglamas edim. O‘zimga bino qo‘yib yuraverardim. 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling