Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
111 gunohga botar edik. — Qo‘rqitish-chi? — Pulsiz oila zo‘ravon bo‘larmikin? Uni kim qo‘rqitadi? Onammi? Siz... onamni ko‘rdingizmi? Bir ko‘ring... Gaplashing... Akam bilan ham gaplashing... Akam... Agar qo‘llarini chivin chaqib turganini ko‘rsalar, avval: «Shu chivinni o‘ldirish mumkinmi?» deb domladan so‘rab oladilar. Shunday odam qizni qo‘rqitarmikin? — Unda sabab nima? — Xudoning o‘zi qizni to‘g‘ri yo‘lga solgan, vallohi a’lam. Tuhmat tufayli qanday gunoh botqog‘iga botayotganini bilgandir. Siz uning o‘zi bilan gaplashdingizmi? — Gaplashdim. — Nima dedi? Zohid unga «Tergovchi menmanmi yo sizmisiz?» deganday savol nazari bilan qaradi. Botirov bu qarashning ma’nosini uqib, boshini egdi. — Voqea sodir bo‘lgan kuni, ya’ni 1986 yilning yigirma birinchi dekabrida qaerda edingiz? — Uch marta sud bo‘ldi. Ungacha necha marta so‘rashdi. Yaxshilik bilan ham so‘rashdi, yomonlik bilan ham so‘roq qilishdi. Har safar to‘g‘risini aytdim. Ikkinchi sudda gapimga ishonib oqlashdi. Lekin adolat qilgan sud yana buzildi. Uchinchisi yana qo‘shib berdi. Men hech qachon iqror bo‘lmaganman. Qiz ham ayblovni rad etdi. Lekin... Siz yana so‘rayapsiz. Hammasi qog‘ozlaringizga yozilgan-ku? — Yozilgan bo‘lsa ham savolimga javob bering. — O‘sha kuni ustozimni Ollohning huzuriga kuzatgan edik. — Aniqroq ayting. Botirov boshini ko‘tarib, Zohidga norozi qiyofada boqdi. — Ustozimning janozalari bo‘lgan edi, — dedi sal qo‘polroq ohangda. — Ustozingiz kim? — Ne’matilloh alloma. — Qaysi qabristonga qo‘ygansizlar? — Qabristonning nomi esimda yo‘q. — Janozani qaysi masjidda o‘qidinglar? — Janoza hovlida o‘qilgan. — Nima uchun masjidda o‘qilmadi? — Jamoat ko‘p edi... Undan tashqari... o‘shanda masjid berkitilgan ekan. — Ustozingizning uyi qaerda edi? — Bu shaharda emas... Botirov aytdi. Zohid daftarchasiga yozib oldi. — Havo qanday edi o‘sha kuni? — Sovuq edi. Maydalab qor yoqqan edi. — Janozani kim o‘qigan edi? — Abdunabi qori. Ustozning eng yaqin shogirdlari. — U sizni ko‘rganmi? — Ko‘rgan. Uch kun birga bo‘lganmiz. — Bularni nima uchun tergovda aytmagansiz? — Aytganman. E’tibor berishmadi. Sudda ham Abdunabi qorini chaqiringlar, dedim. Xo‘p, deyishdi-yu, chaqirishmadi. — O‘sha kuni ustingizdagi kiyim qanday edi? — Ustimda... palto, oyog‘imda mahsi-kalish. Boshimda telpak. Qo‘ng‘ir quyon terisidan. Ust-boshim sizlarda... uyda emas. — Qabristonni eslang-chi. Qaysi ko‘chalardan yurib boriladi? Jasad qaerga qo‘yilgan? Yo‘l |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling