Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
119
ma’lum bo‘lsami, bir-ikki musht bilan qutulolmasligini u yaxshi biladi. U hojasiga yolg‘on 
gapirish mutlaqo mumkin emasligini yodida saqlasa ham ba’zan shunaqa aldovlardan 
foydalanishga majbur bo‘lardi. Xayriyatki, bu safargi yolg‘oni uni malomatdan qutqardi. 
Asadbek to‘g‘riga, ish yuritadigan xonasiga emas, chapdagi xos xonaga kirib, divanga 
yonboshladi-da, ostonada buyruqqa mahtal turgan Bo‘tqaga qarab: 
Nimang bor, olib kel, — dedi. 
Bo‘tqa shu turishida egasining ko‘ziga mo‘ltillab qarab, dumini likillatayotgan ko‘ppak 
holatida edi. U hojasining ko‘ngli nima tusayotganini bilganday videoga xorij filmini 
qo‘ygach, dasturxon tuzash tadorigini boshladi. O‘zi oshxonada masalliqlarni tayyorlab 
turdi. Olib qolgan ikki «qushcha»si esa xizmatda bo‘ldi. Oq harir ko‘ylakdagi 
«qushcha»lar xonaga go‘yo suzib kirdilar. Ichimlik, yemaklarni karashma bilan qo‘yib, 
karashma bilan chiqdilar. 
Asadbek bu yoqqa kelayotganida qizlar bilan maishat qilishni o‘ylamagan edi. Uning 
maqsadi uyidan sal chetroqda bo‘lish, ko‘z oldiga keltirgani — lahadda yotish 
manzarasidan uzoqlashish, biror piyola aroqni simirib sarxush bo‘lish edi. Qizlarni 
ko‘rgach vujudida shahvat uyg‘ona boshladi. Yaqindagina lahadda yotishdan qo‘rqqan 
odam bu dunyoning jannatida huzur qilishni a’loroq deb bildi. 
Adashgan bandagina hayotning lazzati sharob va zinoda deb biladi. Buning aldamchi 
lazzat ekaniga aqli qosir bandaning fahmi yetmaydi. Sharob va zino lazzati danak ustini 
yalamoq kabidir. Chin lazzat esa danak ustida emas, mag‘zida ekanini anglamoq shu 
qadar mushkulmi? Bu danak aql bilan chaqiladi. Aql shu darajada zaifmi? Chin lazzat — 
ruh lazzati ekanini Asadbek ham bilmaydi. U aroqni quyib ichib, televizorga tikilgach, 
vujudida o‘t alanga oldi. Qizlar kirgach, birini yoniga chaqirdi. Qizlardan biri chaqirilgan 
bo‘lsa-da, ikkinchisi noumid chiqib ketmay, dugonasiga ergashib yaqinlashdi. Bo‘tqadan 
aniq ko‘rsatma olgan «qushcha»lar bu kasalmand, behol odamning ko‘nglini ovlashga 
tushdilar. «Bu odam xastaga o‘xshaydi, kasali yuqib qolmasmikin?» deb mulohaza ham 
qilib o‘tirmadilar. Yaxshi xizmat uchun yaxshi haq olishlari ularni bunday mulohazalardan 
benasib etardi. 
Qizlardan birining labiga labini bosib, so‘ng noz bilan «Oh!» deb qo‘yishi Asadbekning 
boshiga gurzi kabi urildi — u go‘yo qizi Zaynabning ovozini eshitganday bo‘ldi. 
O‘sha sharmandali kunda, uchinchi qavatda, eshik o‘rniga tutilgan parda ortidan 
Zaynabning shunday ovozi kelgan edi. Oradan kunlar o‘tganiga qaramay Asadbekni bu 
ovoz holi qo‘ymasdi. Dam-badam eslab, yuragi zirillardi. 
Hozir yana o‘sha ovoz... 
Faqat... 
Faqat hozir boshqacha ohangda eshitilganday bo‘ldi. 
Hozir... 
Hozir nechundir unda shahvat ohangi yo‘q edi. 
Hozir... «Oh, otajon!» deganday nola bor edi. 
Asadbekning ko‘z oldi qorong‘ulashdi. 
Avval... 
Avval chiroq o‘chganday bo‘ldi. 
Zim-ziyo tun... 
Sukunat... 
Yo‘q, qora tun emas. 
Qora tun chekindi. 
Uning o‘rniga... qonli tun bosdi. 
O‘sha sharmandali kunda, qalbiga o‘lim baytlari yozilganini bilmay eshik o‘rniga parda 
tortilgan xonada ayshini surayotgan yigit tanasidan sachragan qon devordan sizib 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling