Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
120 oqqani kabi qon seli bosti-rib keldi. Avval tizza bo‘yi, so‘ng bo‘g‘zigacha chiqdi. So‘ng... tamoman qon ko‘liga g‘arq bo‘ldi. Nafasi qaytdi. Barchasi bir necha soniyada yuz berdi. Asadbekning boshiga urilgan gurzi uning aqlini tamoman shol qildi. Agar ikkinchi qiz ham nozli tarzda ovoz bermaganda Xudo biladi, bu shollik qancha davom etardi. Ana shu nozli ovoz ikkinchi gurzi bo‘lib miyasiga urildi. Ikkinchi gurzi uning aqlini shollikdan qutqardi. Ko‘z oldi ravshanlashdi. Ammo oq harir ko‘ylakdagi qizlar qora libosdagi ajinalar kabi ko‘rinib, ularni siltab tashladi. Bunday zardani kutmagan qizlar qo‘rquv aralash qichqirib yubordilar. Bu chinqirish Asadbekka yulishga shaylangan mushukni eslatib, irg‘ib o‘rnidan turganicha ularni tepib qoldi. Qizlarning chinqirig‘ini eshitib yugurib kirgan Bo‘tqa ko‘zlari kosasidan chiqay deb turgan hojasining ahvolini ko‘rib, qo‘rqib ketdi. Asadbek tepki bilan qanoatlanmay, stol ustida nima bo‘lsa bir-bir ota boshladi. Bo‘tqa soniyalik sarosimasini yengib, hojasi qarshisiga yugurib keldi-da, uni mahkam quchoqlab oldi. — Bek aka, jon Bek aka, sizga nima bo‘ldi? O‘zingizni bosing. Bek akajon, — deb ovuta boshladi. Bo‘tqaning kuchli quchog‘idan chiqa olmagan Asadbek endi og‘ziga kelganini qaytarmay so‘kina boshladi. Keyingi yillar ichi tilga olmay qo‘ygan so‘kishlar ham to‘g‘onni buzgan oqim kabi quyulib kelaverdi. Asadbek so‘kaverdi, Bo‘tqa esa «Bek akajon!» deb uning yelkalarini silab ovutaverdi... Nihoyat hukm yangradi: — Hayda! Hayda qanjiqlarni... Shu yoshdan-a... Qip-yalangoch holicha hayda! — Bek akajon, sovuq-ku? — deb e’tiroz bildirmoqchi bo‘ldi Bo‘tqa. — Hayda! Sovuqda shamollab o‘lsa yana yaxshi. Ikkita shilta kamayadi. — Xo‘p bo‘ladi, Bek aka. Bo‘tqa amrni ijro etmoq uchun hojasini quchog‘idan bo‘shatgani hamon jag‘idan musht yedi. — Sen haromini chotingni yirib osaman! Sen hali qalang‘i-qasang‘i akaxonlaringning nushxo‘rtini menga ravo ko‘rdingmi? — Bek aka, jon xo‘jayin, unaqa demang, ular tegishmadi. Bular svejiylaridan edi, — deb o‘zini oqladi Bo‘tqa. Bu e’tirozi evaziga yana bir musht yegach, «Men bularni chiqarib yuboray», deb chekindi. Asadbek xoli qolgach, divanga cho‘kib o‘tirib boshini changalladi. Hozirgina qiy-chuvga to‘lgan xonani sukunat zabt etdi. Sukunat hukmidan uning quloqlari shang‘illay boshladi. Shu darajada shang‘illadiki, nazarida quloqlariga jon berib turgan tomirlari yorilib ketganday tuyuldi. Ana shu sukunat shovqini orasida Jalilning ovozi eshitilganday bo‘ldi. Asadbek uning ovozini eshitmaslik uchun quloqlarini kafti bilan berkitdi. Lekin bu foyda bermadi. Jalilning ovozi sukunat shovqinini bosib, jaranglab eshitildi: «Xudodan qaytibdi... Sen maishat qilgan qizlarning ham ota-onalari bor edi, ular ham ezilgandir... Xudoga nolalar qilgandir... Xudo kar emas, bu ohlarni eshitgandir?..» «Bo‘ldi, gapirma!» deb pichirladi Asadbek ingrab. «Xudodan qaytibdi...» «Gapirma deyapman, bo‘ldi qil», deb yana pichirladi Asadbek. «Xudo hamma narsani ko‘rib, bilib turadi...» «Bo‘ldi! Bo‘ldi, deyapman!» Bu safar baqirib yubordi. Qizlarni kuzatib qaytgan Bo‘tqa ostonada cho‘chib to‘xtadi. So‘ng tez yurib kelib hojasi qarshisida tiz cho‘kib, bilagidan ushladi. — Xo‘jayin, jon xo‘jayin... Bo‘tqaning ovozi sukunat shovqinini ham, Jalilning aks-sadoli tovushini ham quvib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling