Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
128
— Sen o‘zing kim bo‘libsanki, iltimosing nima bo‘lardi! 
— Bo‘ldi, gapni cho‘zmang. Kelmadimi? 
— Men unga uchrashmadim. 
— Unda haligi gapni qaerdan oldingiz? 
— Odamlar aytishdi. 
— Xo‘p, endi nima qilamiz? Asadni saqlab qolishimiz shart. Kerak bo‘lsa, men jonimni 
beray. 
— Sening joning... Sen joningni pishirib ye! 
Jalil shunday deb so‘kindi-da, eshikni jahl bilan yopib, iziga qaytdi. U nima qilishni 
bilmay garang bo‘lib qolgan edi.
3 
Navbatdagi bedor tunning chekinishi boshlanganiga ishorat qiluvchi azon tovushi 
eshitildi. 
Asadbek tongning qadriga yetmas edi. Xonadoni tun bag‘riga kirib, o‘zining tonggacha 
yetib borolmasligi ham mumkinligi ayon bo‘lganidan keyin har tongni tirik holda, ochiq 
ko‘z bilan qarshilashning o‘zi ulug‘ baxt ekani haqidagi oddiy haqiqatni kashf etdi. 
Avvallari ham azon tovushi eshitilarmidi, yo‘qmi, eslolmaydi. Keyingi tunlari shu 
tovushni orziqib kutadigan bo‘ldi. Uning nazarida aynan shu azon tovushigina qiyomat 
hali boshlanmagani, bu dunyo hayoti davom etayotganidan darak berardi. Nazarida... 
azon tovushi eshitilmasa, qorong‘ulik chekinmas, dunyo zulumot chodirida qolaverar, 
juvonlar alla aytmas, go‘daklar kulmas, hayot so‘nar, tamoman so‘nar edi... 
«Allohu akbar! Allohu akbar!..» 
Demak, zulumot chodiri yirtilgusi, juvonlar allalar aytgusi, go‘daklar esa kulgusi... Hayot 
davom etgusi... 
«...Hayya alal solat...» 
Baxtli odamlargina yetib keladi bu onga. 
«...Hayya alal falah...» 
Najotga kelganlarga Yaratganning o‘zi najot berajak. 
Peshinga, so‘ng... xuftonga, so‘ng tunni yorib chiqib, yana bomdodga yetajak, 
inshoolloh... 
Asadbek najotga yetib kelgani uchun Tangriga hamd aytmoq, muslimlik farzini ado 
etmog‘i lozimligini idrok qilmaydi. Ko‘ngli ibodatni tusaydi. Qotib qolgan dil, qotib qolgan 
til esa shayton hukmidan qutulmoqqa ojiz... 
Tongda... inson ham, jonivor ham uyg‘onadi. Ularning farqi — biri Yaratgan bergan ong 
tufayli Yaratuvchisiga hamd aytar. 
Asadbek tongga yetib kelganidan xursand... 
Osmonni qoplagan bulut tun hukmronligini bir ozgina cho‘zgan bo‘lsa-da, yorug‘likni 
to‘sa olmadi. Yorug‘lik chor atrofga o‘rmalaganicha kirib kelayotgan damda telefon 
qo‘ng‘irog‘i asabiy jiringladi. Dam o‘tmay boloxonadagi yigitlardan biri tushib
«Germaniyadan kennoyi telpon qilayotgani»ni aytdi. 
Asadbek Manzurani sog‘ingan edi. 
Manzurani uyda qoldirib, o‘zi haftalab yurganida ayriliq tuzining bu qadar sho‘r 
bo‘lajagini, yuraklarini kuydirajagini bilmagan edi. Dunyo teskarisiga aylanib, endi o‘zi 
uyda qolib, Manzura uzoqqa ketgach, qalbi o‘rtangandan o‘rtandi. Sog‘inch nima ekanini 
angladi. 
U xotinining tezroq yetib kelishini istardi. Bir ko‘ngli esa... uning o‘g‘illari bilan o‘sha 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling