Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
136
qoplagan xira parda sabab, deb o‘yladi. Aslida esa, Zaynab keyingi kunlar ichi chindan 
ham tanimas darajada o‘zgargan, ozib, husn-latofatini yo‘qota boshlagan edi. 
Chuvrindining xotini uni pardoz qilishga bejiz undamagan edi. Elchin Zaynabga hamroh 
bo‘lib kelgan Chuvrindining xotinini avval ko‘rmagani bois ham uni tanimadi. 
Zaynab eriga sassiz tikilib turgan bo‘lsa-da, Elchinning quloqlari ostida uning alamli 
nidosi jaranglayverdi: 
— Xudo ursin sen iflosni!!! 
O‘sha qorong‘u uyda, nomusi bulg‘angan damda pokiza yurakning alamli nidosi bo‘lib 
uchgan bu faryod so‘zlari Elchinning xotirasiga muhrlangan edi. Hozir, o‘lim bilan 
hayotning qil ko‘prigi ustida turgan mahalda jaranglab, qalbdagi yaralarini tirnab 
tashladi. So‘ng bu so‘zlar o‘zgargan holda, pastroq ohangda, ijro bo‘lgan hukmning 
intihosi sifatida eshitildi: 
— Xudo uribdi-da, oxiri, Xudoga shukr... 
Yo‘q, Zaynab aytmadi bu gapni. Buni Elchinning dili juvon tilidan aytdi. Yaxshiki Zaynab 
bir so‘z aytmadi, uzoq turmadi. Gapirsami edi, uning shirin so‘zlari ham kamon o‘qlariga 
aylanib, dilini yaralardi. Ko‘proq tursami edi, yaralangan qalbi o‘kinchning temir 
tirnoqlari orasida majaqlanib azoblanardi. Zaynabning tez qaytishi uni bu azoblardan 
qutqardi. 
Zaynab chiqib ketgach, uxladimi yo hushini yo‘qotdimi, bilmaydi. Harholda yana yengil 
parvoz etganday bo‘ldi. Avval Noilani ko‘rdi. Uni kirlanib ketgan libosda ko‘rib, ko‘ngli 
kirlandi. 
— Noilam, men senga yangi ko‘ylak olib beray, — dedi Elchin. 
Noila javob bermadi. 
— Noila, nega indamaysan? 
— Sizni... Xudo urgani rost... 
— Noila, unday dema. 
— Xudo urgani rost... 
Elchin hayratlandi: qarshisidagi Noila Zaynabning ovozi bilan gapirardi. 
— Noila, sen unday dema, men qasos olishim kerak edi, qasos olyapman. 
— Zaynabni xorlashingiz qasos emas. 
Tuzalib chiqsam, hammasini o‘ldiraman! 
Bu gapni eshitib, Noila kula boshladi. Zaynabning ovozi bilan kuldi. Xoxolab kuldi. 
Ko‘zlaridan yosh quyilib, o‘ksib-o‘ksib yig‘lab kuldi. Elchin bunaqangi holatni sira 
uchratmagan edi. Shu bois «Kulma», deyishni ham, «Yig‘lama», deyishni ham bilolmay 
kalovlandi. Ovutish uchun qo‘llarini uzatgan edi, Noila uzoqlashdi. Uzoqlasha-uzoqlasha, 
oxiri bir nuqtaga aylanib, so‘ng yo‘q bo‘ldi. Yig‘i aralash kulgisi esa eshitilib turaverdi. 
Xonada bir narsa taraqlab, Elchin cho‘chib tushdi. Ko‘zini ochdi. Xona g‘ira-shira yorug‘. 
Kimsasiz. Jim-jit. Elchin biqinida uyg‘ongan og‘riqqa chidolmay, ingrab qo‘ydi. Ichi kuyib, 
lablari qurib chanqadi. Najot tilab, «Suv», deb pichirladi. Najotkor topilmadi. 
«O‘layotgan odamning yonida bir odam o‘tirib, suv tomizardi, — deb o‘yladi Elchin. — 
Menga... shu ham nasib etmadi. Anvar tirik bo‘lganida yonimda o‘tirardi. Hech kimim 
yo‘q... Atrofim to‘la odam edi. Qo‘l qovushtirib turishardi. Qani ular?.. Hech bo‘lmasa 
bittasi kelib, labimga bir tomchi... bir tomchigina suv tomizsa-chi...» 
Odamlar ko‘p edi, rost. Ammo ular pastda, Elchin esa yuqorida edi. Elchin ularga, 
ayniqsa qamalishidan avval yettinchi osmondan turib qarardi. Har bir odamning 
bolaligida orttirgan do‘stlari og‘ir damlarida suyanishi mumkin bo‘lgan tog‘dir. Elchinning 
«tog‘»larini to‘ylari yemirib, ado qildi. Ayrim do‘stlarini o‘zi nazarga ilmadi. 
Ayrimlarinikiga esa Asadbekka tegishli odamlarning to‘ylari bilan bir vaqtda bo‘lgani 
sababli borolmadi. Do‘st tog‘lari yemirildi. Farzand tog‘i-chi? 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling