Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
133
kinoyani samimiy hazil o‘rnida qabul qilib, kulimsiradi: 
— Qardoshim, men Xongireyning bosh prokuroriman. Hosilni qachon ko‘rganing meni 
juda-juda qiziqtirib qoldi. U bugun yo ertaga Xongireyga juda-juda kerak. Uni qidirib 
topishim shart. Yo tirigini yo o‘ligini, angladingmi? 
— Menga qara, «bosh prokuror», Hosilning jilovi mening emas, xo‘jayiningning qo‘lida. 
Agar «juda-juda qiziqsang», eshit: Maskovdan qaytganimdan keyin uni ko‘rganman. 
— Uyingga o‘zi kelgan, a? — dedi mehmon, «Bundan bizning ham xabarimiz bor», 
degan ma’noda. 
— Ha, uyimga ham kelgan. 
— Oralaringdan gap qochmaganmidi? 
— Hosilning men bilan gap talashishi uchun yana ellik qovun pishig‘i bor. U mening 
oldimda kim, bilasanmi? U — bir laycha! 
— O‘, go‘zal! — dedi mehmon barmog‘ini qarsillatib. — Juda go‘zal! Hosil — laycha. 
Asadbek — o‘q ilon! Xongireyga aytib qo‘yishim shart. Qardosh, sen ayt, agar laycha 
akillab g‘ashini keltirsa, o‘q ilon chaqib o‘ldirishi mumkinmi? 
— Agar o‘q ilon chuvalchang zotidan bo‘lsa, chaqadi. Haqiqiy o‘q ilon bunaqa past 
ketmaydi. 
— Menga yoqyapsan, qardosh! Endi yana bir gap: Xongireyning Kozlov degan yana bir 
ukasi bor. Krasnoyarskda turadi. Eshitganmisan? 
— Eshitganman. 
— O‘sha senikiga mehmonga kelmoqchi ekan, kelmadimi? 
— Yo‘q. 
— Qiziq, senikiga mehmonga kelmoqchi ekan, — deb gapini qaytardi mehmon. — Agar 
bugun-erta kelib qolsa, Xongireyga xabar qil. Kozlovning ozgina qarzi bor, to‘lab qo‘ysin-
u, yuraversin. Ha, aytmoqchi, qardosh, ijozat ber, men Xongireyga telefon qilib olay. 
Chuvrindi turib telefonni oldi-da, uni mehmonning qo‘liga tutqazdi. Mehmon lozim 
raqamlarni tergach, o‘tirganlarga bir-bir sinovchan tikildi. So‘ng, Moskvadan javob 
bo‘lgach, o‘z tilida gapira ketdi. Xongirey bilan gaplashdimi yo boshqasi bilanmi, ular 
tushunishmadi. Asadbekning nomi ikki-uch marta tilga olingani esa ular uchun jumboq 
bo‘lib qolaverdi. 
— Endi menga ruxsat ber, — dedi mehmon go‘shakni joyiga qo‘ygach. 
Sen mehmonsan, — dedi Asadbek, — o‘zbek palov yemagan mehmoniga ijozat 
bermaydi. 
— O‘, tashakkur, jon qardosh, palov yegani kelaman.— U shunday deb o‘rnidan turdi. 
Asadbek Chuvrindi bilan ko‘z urishtirib oldi. Nigohlarning bu uchrashuvi qanday ma’no 
anglatishini uqqanday mehmon ostonada to‘xtab, orqasiga o‘girildi-da: 
— Qardosh, orqamdan odam qo‘yishni o‘ylama. Biz ko‘pchilikmiz, — dedi. 
— Xotirjam bo‘l, mening bunaqa odatim yo‘q, — dedi Asadbek. 
Mehmon ko‘zdan yo‘qolgach, ular o‘z o‘rinlarini egallashdi. 
— Is olibdi-da? — dedi Kesakpolvon sovub qolgan choyini ho‘plab. So‘ng jahl bilan 
Chuvrindiga qaradi: — Mahmud, chaqir bittasini, choyni yangilasin. 
Choy yangilangunicha xonaga sukut hukmronlik qildi. Chuvrindi bunday paytda 
hojasining gapirishini kutadi. Kesakpolvon esa yuragi toshib, betoqatlanadi. Hozir ham 
fikrini bayon qilmoq uchun bir-ikki og‘iz juftladi-yu, Asadbekning xo‘mrayib o‘tirishini 
ko‘rib, shashti qaytdi. 
— Mahmud, Maskovga borib kelishing kerak. G‘ilayni olib bugun uch, — dedi Asadbek. 
Uning gaplari munozaraga o‘rin qoldirilmagan tarzda, amr ohangida aytilgan bo‘lsa-da, 
Kesakpolvon o‘zini tutib tura olmadi: 
— Darrov yuborma. Qo‘rqibdi, bir gap bor, deb gumonsiraydi. 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling