Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
141
Bekor qilibsiz, — dedi Habib Sattorov istehzo bilan kulib. 
— Nega bekor bo‘larkan? Men kadrlarni qadrlashni bilaman. Siz esa men haqimda 
noto‘g‘ri fikrlarda yurasiz. Partbilet, azizim, siyosiy masala. Siyosiy masala esa — hazil 
gap emas! Uchib ketishingiz hech gap emas! 
— Baribir bekor qilibsiz. Men partbiletni stolga qo‘ymasdim, — Habib Sattorov shunday 
deb mug‘ombirlarcha kuldi-da, yana qo‘shib qo‘ydi: — ikki dunyoda ham qo‘ymasdim. 
— Siz... katta ketyapsiz. Siz ularni bilmaysiz. Ular shundayki... qo‘yishga majbur 
bo‘lardingiz baribir. 
— Qo‘ymasdim, — dedi Habib Sattorov o‘jarlik bilan. 
— Nega? 
— Chunki menda partbiletning o‘zi yo‘q. Partiyasizman. 
Sohib Po‘latov joyida bir qimirlab oldi. 
— Bo‘lar ish bo‘libdi, — dedi Habib Sattorov g‘olib odamning ovozi bilan. — O‘zim ham 
«Bo‘shasammikin», deb yuruvdim. Buyruq uchun rahmat. Endi men kompyuterimni olib 
ketsam. 
— Qanaqa kompyuter? 
— Bilmaysizmi? Nahotki? Buyuk Britaniya qirollik akademiyasi Habib Sattorovga beshta 
kompyuter sovg‘a qilgan edi. Bittasi shaxsan o‘zimga sovg‘a, qirolichaning dastxati ham 
bor. Bilishimcha, kompyuterning uchtasi Moskvada qolgan. Ikkitasi shu yerda. Mayli, 
men faqat dastxat bitilganini olay. Bittasi institutda qolsin. 
—E, yo‘q, azizim, — Sohib Po‘latov shunday deb jilmaydi. — Sizga berolmaymiz uni. 
Bular institutning mulki. Siz esa bizda ishlamaysiz. Sizga faqat bir yaxshilik qilishim 
mumkin: istagan paytingizda kelib foydalanishga ijozat etaman. 
Shunisi ortiqcha bo‘ldi. Habib Sattorov shunisiga chiday olmasdan chapanichasiga so‘kib 
yubordi. Shu so‘kish bahonasida har ikki tomon aytadiganini aytib, yuragini g‘uborday 
bosib turgan alamlardan forig‘ bo‘ldi. G‘azab toshlari tugagach, Sohib Po‘latov: 
— Akademik Xolidiy domla ukangni jinni, devdilar. To‘g‘ri aytgan ekanlar. O‘zi 
urug‘laringda bor ekan jinnilik, — deb bahsga yakun yasadi. 
Habib Sattorov bu yakunga qarshi bir gap aytmadi. Sohib Po‘latovning fikrini 
ma’qullaganidan emas, aksincha, aytilgan gapning naqadar tuban, naqadar puch ekani 
sababli unga javob qaytarishni lozim topmadi. U o‘z ko‘nglida sukut saqlab, harifidan 
baland keldi, g‘oliblik shohsupasini egalladi. Sohib Po‘latov esa so‘nggi gapi bilan uni 
«tamoman majaqlab tashlaganiga» amin edi. 
Habib Sattorov ko‘chaga chiqib bir oz yurgach, to‘xtadi. «Yana bir-ikki og‘iz gapni 
aytsam bo‘lar ekan», degan fikrda afsuslandi. So‘ng «Shu odamga gap ta’sir qilarmidi», 
degan fikr bilan o‘zini o‘zi ovutdi. Agar uning yonida Sobitxonga o‘xshash ilm 
sohiblaridan biri bo‘lganida, ayni bir haqiqatni aytib, ko‘ngliga taskin berardi. Afsus 
shuki, yonida bunday aqli rasolardan yo‘q. Yana bir afsus shuki, o‘zi shu yoshga yetib 
ahli donishlar suhbatiga intilmadi. Xudo bergan aql xazinasini karra jadvaldan tortib, 
turli formulalar bilan to‘ldirdi. Agar ruhoniy ilmga ozginagina joy bergandami edi «As-
sinatuhum ahla minal asal va qulubahum qulubuz-ziaab»* — hadisi sharifining neni 
anglatishini bilgan bo‘lardi. Sohib Po‘latovning qiliqlarini shunda tushunib yetardi. Bo‘ri 
qo‘yxonaga oralasa, bir necha jonivorni bo‘g‘izlaydi. Holbuki, bittagina qo‘yni olib ketadi. 
Sohib Po‘latov ham shunday. U hozircha Habib Sattorovni ishdan bo‘shatdi. Hali 
shogirdlar, tarafdorlar... turishibdi. Habib Sattorov hozircha bu haqda o‘ylamaydi... 
U avtobus bekatiga qadar bo‘lgan yarim chaqirimlik yo‘lda xayolini hozirgi 
noxushliklardan tozalamoqchi bo‘ldi. Bu — uning hamishalik odati. Biron nohaqlikka 
duch kelsa, ko‘ngli g‘ashlansa, janjalli holatda o‘zini tutib, hatto buni uzoq o‘ylamay, 
xayolidan chiqarishga harakat qiladi. Buning uchun u ko‘ngliga huzur baxsh etuvchi 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling